Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet22/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Dars shakli: ma’ruza.
Vositalar: kompyuter, proektsiya, taqdimot, tarqatma materiallar.
Metod va usullar: aqliy hujum, amaliy topshiriq, klaster, taqdimot.

O’qituvchi
Talaba

25 daqiqa

3-bosqich

Guruhda ishlash
Kuzatuv, natijani aniqlash.

O’qituvchi
Talaba

30 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash va baholash uchun savollar:

  1. Aytishuv qo’shiqlari bolalarni nimaga da’vat etadi?

  2. O’zbek, qirg’iz, rus ayoli aytgan allalar orasidagi o’xshashlik sababi nimada deb o’ylaysiz?

  3. Qanday qo’shiqlar kenja alod kamolotida o’ziga xos tarbiya rolini o’ynaydi?

4. «Oq terakmi, ko’k terak», «Ramazon» qo’shiqlari sizning vohangizda (Viloyat, tuman, shahar) qanday aytiladi?

O’qituvchi-
Talaba
O’qituvchi-
Talaba

15 daqiqa

5-bosqich

Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish:
Maqsad va vazifalar bajarilganligini tahlil qilinadi, kerakli maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.

O’qituvchi

10 daqiqa



Asosiy savollar:

  1. Beshik qo’shig’i alla haqida.

  2. Xalq qo’shiqlarida rasm-rusmlar.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:


Alla, erkalatma, ovutmachoq, «Chittigul» tukumiga kiradigan qo’shiqlar, aytishuv qo’shiqlari, ramazon qo’shiqlari.


Mavzuga oid muammolar:





  1. Allada yaxshi tarbiya ko’rgan bola jamoat o’rtasida, to’y -tomoshalarda ota-onaning obro’yi, uning shuhrati sifatida ta’riflanadi. Sizningcha, alla bolaga qanday ozuqa beradi.? Alla ba’zan otalar tomonidan ham ijro etiladimi? Ona va ota aytgan allalarning farqi nimada, deb o’ylaysiz?

  2. Erkalash qo’shiqlari xalq pedagogik dahosining namunasi bo’lib, «bola podsho» degan aforistik gaplar bejiz aytilmagan. Siz, «bola podsho» degan naqlga qanday qaraysiz? Sizningcha, erkalash qo’shiqlari qanday so’zlar yordamida ifodalanadi.

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Bolalar folklorining o’ziga xos xususiyatlari haqida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1. Bolalarning to’g’ri tarbiyalanishda ota-onaning roli katta ekanligi, onaning alla aytish paytidagi holati haqida so’zlaydi.
2. Folklorda «alla», «erkalatma», «ovutmachoq», «qiziqmachoq», «aytim olqishlar» muhim o’rin egallashini tushuntiradi.

  1. Erkalash poeziyasiga mansub qo’shiqlarning turlari va turli davrlarda aytiladigan allalar haqida ma’lumot beradi.

1-asosiy savolning bayoni:


Bola tarbiyasida qo’shiqning roli juda katta. Qo’shiq xalq og’zaki ijodining eng ko’p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, alla qo’shig’i etakchi o’rinda turadi. Beshik qo’shig’i-allada kichkintoyning dastlabki tabassumi, ilk bor qo’l-oyoqlarini qimirlatishi, imo-ishorani tushunishi kuylanadi. Ona o’z allasida atrofni qurshab turgan olamni qo’shib aytadi.
Ovuntirish-allani hamma onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Olloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa- dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to’rtlikdan bilib olish qiyin emas.
Taka- tuqi gavora bo’lsin,
Dushmani ovora bo’lsin.
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin.
Beshik qo’shig’ida, avvalo, beshikka ta’rif-tavsif beriladi. Aslida beshik yog’och –taxta. Par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qanday murg’akka huzur baxsh joy bo’lishi har bir beshik qo’shig’ida chiroyli ifodaga ega.
Ona uchun bolaning ovunishi, tinchligi tabassumi kerak. Alla asta-sekin ommaviy qo’shiqqa aylanadi va bu qo’shiqlar uzoq yillar mobaynida davom etadi. Beshik qo’shiqlari kenja avlod kamolotida o’ziga xos tarbiya rolini o’taydi.


Muhokama uchun savollar:
1. Aytishuv qo’shiqlari bolalarni nimaga da’vat etadi?
2.O’zbek, qirg’iz, rus ayoli aytgan allalar orasidagi o’xshashlik sababi nimada deb o’ylaysiz?

2- asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:


Xalq qo’shiqlarida rasm-rusmlarning rang-barangligi, mavzu doirasi keng ekanligi haqida talabalarga tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. «Chittigul» turkumiga kiradigan qo’shiqlar mavzu doirasi rang-barangligi haqida fikr yuritadi.

  2. Qo’shiqlar bolalarning nafosatini o’stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, insonparavarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam berishi haqida so’zlaydi.

2-asosiy savolning bayoni:


Xalq qo’shiqlarida rasm-rusmlar - rang-barang. Hammasi o’rinli va zarur. Masalan, qizaloqning sochini yuvib –taraganda aytiladigan qo’shiqlarni oladigan bo’lsak, bunday qo’shiqlarda sochning uzunligi, qalinligi, katta-kichikning havasini keltiradigan darajada ko’rkamligi obdon maqtaladi. Baquvvat sochning uzunligi cho’zsa oy va quyoshga ham etib borishi quvnoq misralarda ifodalanadi:
Oyda - quloch
Kunda – tutam.
Senga – kuyov,
Menga – palov.
«Chittigul»da mavzu nihoyatda rang-barang va juda jozibali. Chunonchi;
Oq sholiga ko’k sholi,
Oq sholini oqlaylik,
Ko’k sholini ko’klaylik
Yaxshi kunga saqlaylik,
Hayu, chittigul.
Hayu, chittigul singari misralariga nazar soladigan bo’lsak, bu qo’shiqda asosan g’alla-sholi to’g’risida gap ketadi. Sholining turi, rangini eslatish orqali uning juda mo’l bo’lganligini; bu mo’l-ko’l sholini pala partish qilib eb-tamomlamasdan, balki uni ehtiyotlab, tejamkorlik bilan ishlatish darkorligi bolalar tilidan chiroyli tasvirlangan. Qarang, bugungi kunda tejamkorlik, iqtisod haqida bolalarga ko’p gapiramiz.
Yuqoridagi qo’shiqdan ayon bo’lishicha, ota-bobolarimiz azaldan har bir narsani tejab-tergab ishlatishni o’z farzandlariga qattiq o’rgatib kelishgan.
Bolalarning aytishuv-oq terakmi, ko’k terak qo’shiqlari ham hamma zamonlarda katta shuhrat qozonib kelgan. Bu qo’shiqda ko’pincha o’ziga xos obro’-e’tiborga muyassar bo’lgan bolalar tilga olinadi. Ularning ibratomuz jihatlari bolalar o’rtasida ta’kidlanishi qo’shiqning yanada mazmunli chiqishini ta’minlaydi.
Aytishuv qo’shiqlari bolalarni mehnatkash, odob-axloqli, o’qimishli bo’lib kamol topishiga da’vat etaveradi. Bunday qo’shiqlar qanotida o’sgan har bir bola sog’lom fikrli, el sevar bo’lishiga hech shubha yo’q. Ayniqsa, mana bunday hazil-mutoyibali qo’shiqlar kichkintoylarga olam-olam quvonch bag’ishlaydi:
1-bola. Qayrag’och! Chandisha olmasang, yo’qol,qoch!
2-bola. Tut, javob bera olmasang, damingni tot!
Qadimda ota-bobolarimiz shamol yordami bilan tegirmon yurgizishgan, shamol yordami bilan g’allalarini tozalashgan.
Ramazon qo’shiqlari ham dillarga huzur bag’ishlaydi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, qo’shiqlar bolalarning nafosatini o’stirishga, ularni hayot va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, do’stlik, qahramonlik, insonparvarlik kabi olijanob fazilatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi.


Muhokama uchun savollar:

  1. Qanday qo’shiqlar kenja alod kamolotida o’ziga xos tarbiya rolini o’ynaydi?

  2. «Oq terakmi, ko’k terak», «Ramazon» qo’shiqlari sizning vohangizda (Viloyat, tuman, shahar) qanday aytiladi?

Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:



  1. Bugungi kunda bolalarga tejamkorlik iqtisod haqida(qo’shiqlar orqali) qanday ma’lumotlar berish kerakligini ilmiy asoslarini ishlab chiqish.

  2. Qadimgi Turon zamin yurtimizda ota-bobolarimiz tomonidan aytilgan mehnat marosim qo’shiqlarini qayta tiklash yo’llarini aniqlash.

3-Mavzu: Maqollar








Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling