Ызбекистон республикаси олий ва


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 1.41 Mb.
bet41/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Hamzaning tarbiyachilik faoliyati, «O’qi», «Maktab», «Birinchi sinf bolasining so’zi», «Engil adabiyot», «O’qish kitobi», «Ilm ista» she’ri, «Qiroat kitobi»
Mavzuga oid muammolar:
1. Hamza «Ilm ista» she’rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko’zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilmning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini o’rganishga da’vat qiladi.
Sizningcha, ilm-fanning kuch-qudrati nimada, ilmli kishi bilan ilmsiz kishining farqi nimada? Ilmni quruq o’rganib olish kerak deb o’ylaysizmi?
2. Hamza «Oq gul» va «Sariq gul» to’plamlariga kirgan ba’zi turkum she’rlarida oxirigacha ziyrak va ilg’or qarashli shoir sifatida namoyon bo’lmadi. Nega? Hamzaning bu milliy she’rlarida olg’a surilgan g’oya haqida fikringizni bildiring.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarni Hamzaning mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o’qitish va tarbiyalash borasidagi xizmatlari bilan tanishtirish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Hamzaning o’qituvchilik faoliyati haqida so’zlaydi.

  2. Shoirning maktablar uchun yozgan darslik va qo’llanmalarini aniqlaydi.

  3. Hamza xalq ommasini madaniyatli va ma’rifatli qilish ishiga o’zining butun umrini bag’ishlaganligini izohlaydi.



1- asosiy savol bo’yicha darsning bayoni:
Hamzaning pedagoglik faoliyati 1911 yilda boshlanadi. U dastlab Qo’qon shahrining Hojibek guzarida kambag’allarning farzandlari va etim –esir bolalar uchun maktab ochdi. Hamza mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o’qitish va tarbiyalash maqsadida, ularni moddiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutib, «Yordam jamiyati» tashkil qildi. Shu jamiyat orqali o’quvchilarni o’quv qurollari, kiyim-kechak va oziq - ovqat bilan ta’minlab turdi.
Hamza 1915 yilda Marg’ilonga borib, kambag’al bolalar uchun maktab ochadi. 1918 yilda esa Farg’onaga borib o’qituvchilikni davom ettiradi va u erdagi yosh san’atkor – ixlosmandlarini to’plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. 1919 yilning boshlarida Hamza Qo’qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir bo’lib tayinlanadi. Bu erda u uch sinfli maktab ochib, o’zi o’qituvchilik qiladi. 1922-1924 yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xo’jayli rayonidagi 1-bolalar uyi mudiri va o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1925 yilda esa u Farg’onaning Avval qishlog’ida o’qituvchi qilib tayinlanadi va g’oyat og’ir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi badiiy ijodini davom ettiradi. Shoir 1028-1929 yillarda Shohimardonga borib o’qituvchilik qiladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling