Muhokama uchun savollar.
Avloniy tashkil qilgan maktab va gazeta haqida gapiring.
Avloniyning tarjimonlik faoliyati haqida fikringizni bildiring.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
Avloniy qo’llanmalari o’z davrida yoshlarni yangicha yo’nalishda o’qitish va milliy ruh asosida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Shoirning ma’rifatparvarlik va milliy uyg’onish ruhi bilan sug’orilgan asarlari haqida fikr bildiradi.
XX asr boshlari o’zbek badiiy adabiyotidagi maktab darsliklari yo’nalishi haqida so’zlaydi.
2- asosiy savolning bayoni:
O’sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Alifbo», «Ikkinchi muallim», «O’qish» kitoblari katta rol o’ynadi.
Bu kitoblarda Avloniy o’tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi.
«Birinchi muallim»da Avloniy dastavval 32 harfni yolg’iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifni so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini ko’rsatgan, so’ng alifni barcha bosh harflarga qo’shib bo’g’inlar hosil qilgan.
«Ikkinchi muallim»da bolalarning axloq, odobiga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalangan.
Kitob «Maktab» she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o’qisa, savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi juda chiroyli ta’riflanadi:
Maktab duru gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon!
Darslikda ko’plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniy 1904 yildan umrining oxiriga qadar o’qituvchi bo’lib ishladi. U o’nlab she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy Guliston yohud axloq» kabi darsliklari bilan hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |