Ызбекистон республикаси олий ва


Mustaqil ish topshiriqlari


Download 1.41 Mb.
bet48/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Mustaqil ish topshiriqlari:
6-topshiriq.
1.1.«Pandnoma», «Nasihatnoma», «Axloq» kitoblari singari didaktik adabiyot namunalarini o’rganing. (Q.ad. 1.42-131 b.)
1.2. «Turkiy Guliston» da yaxshi va yomon xulqlar to’g’risidagi fikrlarning umuminsoniyligining ahamiyati haqida fikr bildiring. (2. 5-18 b.)
Asosiy adabiyotlar:

  1. M.Jumaboev. O’zbek bolalar adabiyoti. T. 2002y 72-84 betlar.

  2. R.Barakaev. O’zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi. «Fan» nashriyoti. T. 2004y.

  3. I.Ahmedov va boshqalar. Bolalar adabiyoti. Majmua 40-43 betlar.T. 1993y.

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Abdulla Avloniy «O’son millat» «Sharq» nashriyoti. T. 1993y. 42-131 betlar

  2. Mamajonov S. T: Adabiyot va san’at, 1981y 103-116 b.

  3. Kaykovus. «Qobusnoma» (Ogahiy tarjimasi) T. 1986y. 28-32 b.



2-modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot.

  1. Alisher Navoiyning besh yirik dostondan iborat «Xamsa», to’rt devonni o’z tarkibiga olgan «Hazoyinul maoniy» asari unga jahonshumul shuhrat keltirdi.

  2. Muhammadsharif Gulxaniyning «Zarbulmasal» asari o’zbek bolalar kitobxonligining benazir namunalaridandir.

  3. Hamza Hakimzoda Niyoziyning «Engil adabiyot» (1914) «O’qish kitobi» (1914) «Qiroat kitobi» (1915) singari alifbo va o’qish kitoblari adabiyotshunoslikda «O’zbek bolalar adabiyotining durdonalari» hisoblanadi.

  4. A.Avloniyning «Birinchi muallim» (1912) «Ikkinchi muallim» (1912) «Turkiy guliston yohud axloq» (1913), «Maktab gulistoni» «Adabiyot yohud milliy she’rlar» i (1909-1916) o’zbek bolalar adabiyotining XX asr boshlaridagi eng yorqin sahifalarini tashkil etadi.



Nazorat savollari:
Mavzu: Alisher Navoiy va bolalar adabiyoti:

  1. Navoiy yoshlik chog’larida qaysi asarni qayta-qayta o’qib yod olgan?

A. Fariddin Attor «Mantiqut tayr»
B. Nizomiy Ganjaviy «Hamsa».
V. Sa’diy «Guliston».
G. Dehlaviy «Hamsa».
D. A va G javoblar.

  1. Alisher Navoiy Astrabodda bo’lgan vaqtida hukmdorlardan qaysi biriga yozgan xatida o’g’il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgan?

A. Abusaidga.
B. Husayn Boyqaroga.
V. Abulqosim Boburga.
G. Umarshayx Mirzoga
D. To’g’ri javob yo’q.

  1. Alisher Navoiy ilm-ma’rifat haqida qanday fikrlarni olg’a surdi?

  2. Navoiy o’z ijodida xalq ertaklari, xalq qo’shiqlari va rivoyatlarini qanday qo’llaganini izohlab bering.

  3. «Yoshligingda yig’gil bilimni,

Qarigach sarf qilg’il ani», misralari mazmunini tushuntiring.
6. Navoyning maktab va maorif masalalariga e’tibori qanday bo’lganligini misollar keltirib bayon eting.
7. Yuksak ma’naviyatning birinchi sharti nima?
8. «Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg’uz ovchidan kim eshitmish sado?…» baytning mazmunini tushuntiring. Navoiy xalq og’zaki ijodiga qanday qaragan? Yuqoridagi baytga o’xshash xalq maqollaridan ayting.
9. «Hayratul-abror» qanday doston?
A. Fantastik.
B. Didaktik.
V.Falsafiy-ta’limiy.
G. Ilmiy.
D. Tasavvufiy.
10. «Boshni fido ayla ato qoshig’a,…
Jismni qil sadqa ano boshig’a…»
Ushbu bayt «Xamsa»ning qaysi dostonidan olingan?
A. «Farhod va Shirin»
B. «Hayratul-abror».
V. «Sab’ai- sayyor».
G. «Layli va Majnun».
D. «Saddi Iskandariy».
11. Shoir yolg’on so’zlashning yomon oqibatini qaysi masalida hikoya qiladi?
12. Navoiy «Hayratul-abror» dostonining nechanchi bobida takabbur va odobsiz kishilarni qoralaydi?
Mavzu: Gulxaniy.

  1. «Zarbulmasal» qanday asar?

  2. «Zarbulmasal» ning g’oyaviy mazmunini gapiring.

  3. Gulxaniy qaysi masalida hunar va hunar ahlini ulug’laydi?

A. «Maymun bilan Najjor».
B. «Tuya bilan bo’taloq».
V. «Toshbaqa bilan chayon».
G. To’g’ri javob ko’rsatilmagan.

  1. Gulxaniy nechanchi asrda yashab ajod etgan?

A. XIX asrning oxiri XX asrlarda
B.XV asrda
V.XVII asrning boshida
G. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida.

  1. Gulxaniy qanday taxallus bilan she’r yozdi?

  2. Shoir «Zarbulmasal» da qanday masalaga ahamiyat beradi?

  3. Gulxaniy zamonidagi adolatsizliklar haqida gapiring.

  4. Gulxaniy «Maymun bilan Najjor» masalida qanday fikrni olg’a surdi?

  5. «Zarbulmasal» da uchraydigan «Irsolul masal» badiiy san’ati namunalarini yozib oling.

  6. Gulxaniy adabiy merosining nazm va nasr bidiiyatini muqoyasa qilish orqali o’rganishga e’tibor bering.

Mavzu: Hamza Hakimzoda Niyoziy.

  1. Hamza ijodining boshlanish davrini aniqlang.

  2. Hamza o’zi tashkil etgan maktablar uchun qanday asarlar yozgan?

  3. Hamza hayoti va faoliyati qanday kino asarlarida tasvir etilgan?

  4. Hamza kuyiga va so’ziga yozilgan qanday qo’shiqlarni bilasiz?

  5. Revolyutsiyagacha Hamzaning bolalar uchun yozgan asarlari bor edimi?

  6. Hamzaning tarbiyaviy mavzuda yozgan she’rlari haqida fikringizni bildiring.

  7. Hamza «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini nechanchi yil yozdi?

A.1915 y
B.1918 y
V.1925 y
G. 1926 y

  1. Shoir nechanchi yillarda Shohimardonga borib o’qituvchilik qiladi?

A. 1916-1917
B. 1920-1921
V.1923-1924
G.1928-1929

  1. Hamza 1914 yilda «Sadoi Turkiston» ro’znomasida bosilgan she’rida xalq ahvolini qanday ta’riflaydi?

  2. Hamzaning ijodida etakchi o’rin tutadigan kitob qaysi?




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling