Tajriba qurilmasining
Simob tomchilarini yig’ish:
dastaki vakuum nasosini gazli termometrga ulang va termometrni shunday ushlangki, uning ochiq uchi pastga qarab yo’nalgan bo’lsin (8.2-rasm);
dastaki vakuum nasosi yordamida maksimum ortiqcha bosimni Δp yuzaga keltiring va tomchi shaklidagi simobni qavariq joyga (a) to’plang;
dastaki vakuum nasosining manometri ortiqcha bosimni ΔP manfiy qiymat tarzida ko’rsatadi;
agarda hali ham simobning tomchilari kapillyarda qolsa, kapillyarni sekin turtkilab, ularni qavariq joyga (a) siljiting.
Gaz hajmini V0 o’rnatish:
gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga siljisin;
dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini (b) sekin oching va ΔP bosimni sekin nolgacha shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan tomchi bo’lib asta yumalasin;
gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating;
agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya natijasida parchalansa, qaytadan simobni yig’ing.
Haroratni raqamli termometr bilan o’lchash:
gazli termometrga parallel qilib harorat datchigini NiCr-Ni katta probirkaga kiriting va uni raqamli termometr bilan ulang.
Haroratni Mobil CASSY yordamida o’lchash:
gazli termometrga parallel qilib harorat datchigini NiCr-Ni katta probirkaga kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang.
8.2-rasm. Simob tomchilarini yig’ish va dastlabki gaz hajmini V0 o’rnatish
Texnika xavfsizligi:
Diqqat!!! Gazli termometr simobga ega;
Gazli termometr bilan ishlaganda, iloji boricha tartibga rioya qiling. Shisha idish va o’lchov stakani bilan ishlaganda iloji boricha ehtiyot bo’ling;
Shishani sinishiga yo’l qo’ymang.
Do'stlaringiz bilan baham: |