Izobarik jarayonda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligini o’rganish ishdan maqsad


Download 106.59 Kb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi106.59 Kb.
#1436260
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 та лаборатория

Simob tomchilarini yig’ish:

  • Dastaki (qo’l bilan yurgiziladigan) vakuum nasosini gazli termometrga ulang va termometrni shunday ushlangki, uning ochiq uchi pastga qarab yo’nalgan bo’lsin (2-rasmga qarang);

  • Dastaki vakuum nasosi yordamida maksimum ortiqcha bosim δp ni yuzaga keltiring va tomchi shaklidagi simobni qavariq joyga (a) to’plang;

  • Dastaki vakuum nasosining manometri ortiqcha bosim δp ni manfiy qiymat tarzida ko’rsatadi;

  • Agarda hali ham simobning tomchilari kapillyarda qolsa, kapillyarni sekin turtkilab, ularni qavariq joyga (a) siljiting;

  • Simob bilan berkitilgan kapillyar uchida qolgan kichkina simob tomchisi tajribani bajarishga xalaqit bermaydi.


8.1-rasm. Termodinamik jarayonning sxematik tasvirlanishi



8.2-rasm. Simob tomchilarini yig’ish va dastlabki gaz hajmi (V0) ni o’rnatish


Gaz hajmi V0 ni o’rnatish:

  • Gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga siljisin;

  • Dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini (b) sekin oching va δp bosimni sekin 0 ga shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan tomchi bo’lib asta yumalasin;

  • Gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating;

  • Agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya natijasida parchalansa, qaytadan simobni yig’ing;

  • Gazli termometrga parallel qilib harorat datchigini nicr-ni katta probirkaga kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang.

Texnika xavfsizligi.

  • Diqqat: gazli termometr simobga ega;

  • gazli termometr bilan ishlaganda, iloji boricha tartibga rioya qiling;

  • shisha idish va o’lchov stakani bilan ishlaganda iloji boricha hushyor bo’ling, shishani sinishiga yo’l qo’ymang.




Download 106.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling