Izolyatsiyaning
Ish jarayonida razryadniklar va oʻta yuqori kuchlanishlarni cheklantiruvchi apparaturalarda uchraydigan nosozlik holatlarni asosiy sabablari
Download 312.46 Kb.
|
M a r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqor
Ish jarayonida razryadniklar va oʻta yuqori kuchlanishlarni cheklantiruvchi apparaturalarda uchraydigan nosozlik holatlarni asosiy sabablari.Razryadnik va OPNlar chaqmoq va kommutatsiyadan kelib chiqishi mumkin boʻlgan oʻta kuchlanishlarni chegaralab elektr qurilmalarni oʻta kuchlanishdan saqlash maqsadida qoʻllaniladi. Misol: CHaqmoq natijasida paydo boʻlgan razryadlarni yuqori kuchlanishli xavo tarmog’iga kelib tushishi toʻg‘ridan toʻg‘ri ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmaga yetib kelsa unda ularni izolyatsiyasini teshilishiga va yaroqsiz xolga olib kelishi mumkin. Razryadnik va OPN larni ximoya xarakati quyidagicha nominal kuchlanishdan ortib ketgan kuchlanish amplitudasini ximoya qilinayotgan qurilmani izolyatsiyasi uchun xavfsiz kattalikka keltiradi va ortib ketgan energiyani yerlagich sim orqali yerga oʻtkazib yuboradi. Havo tarmoqlar va katta boʻlmagan transformator podstantsiyalarni ortib ketgan (перенапрежения) kuchlanishdan saqlash uchun trubkasimon razryadniklardan foydalanilanilgan. Trubkasimon razryadnik fibra yoki organik shishadan tayyorlanib trubkasimon boʻladi, ichida uchqun (iskra) xavo oraliq masofalik metall sterjendan iborat. Agar tarmoqda oʻta kuchlanish paydo boʻlsa razryadnik ichidagi uchqun havo oraliqda yuqori temperaturalik energetik yoy paydo boʻladi, buning natijasida razryadnik devorlaridan gaz ajralib chiqadi va yoyni oʻchiradi. Gaz bosimi katta oqim natijasida trubkani ochiq tomonidan tashqariga chiqadi. Razryadnik kuchlanish nominal kuchlanishdan 10% ortganini yerga oʻtkazib yuboradi. Havo tarmoqlarida razryadniklar va OPN lar podstantsiyadan chiqishdagi 1 va 3 tayanchlarga oʻrnatiladi. 6-10 kV transformator podstantsiyalarini oʻziga yuqori kuchlanish kirish joyda oʻrnatiladi. Trubkasimon razryadniklar bugungi kunda ishlab chiqarishdan olib tashlangan boʻlib ularni oʻrniga RVP razryadniklardan foydalanib kelingan. Bugungi kunda esa OPN – oʻta kuchlanishlarni chegaralovchi bir chiziqli boʻmagan (ограничитель перенапряжения нелинейный) qurilmalardan foydalanilmoqda. Sinov oldidan razryadniklar tashqi koʻrikdan oʻtkaziladi, bunda farforlarda uchgan, yorilgan joylari yoʻqligi, sementlangan joylarni germetik butligi, armirovka choklarini ximoya qoplamasini borligi koʻriladi. Razryadnikni asta sekin burash va siltab koʻrishda unda xech qanday shaqur- shuqur tovushlar boʻlmasligi va bolt bilan qatirilgan joylari esa mustaxkam boʻlishi kerak. Sinov ishidan oldin razryadnikni usti tozalab artiladi. Ventili razryadniklardagi barcha toʻla sinovlar 3 yilda 1 marotaba, tashqi xavo xarorati +100 S kam boʻlmagan temperaturada oʻtkaziladi. Ventili razryadnikni quydagi rusumlari bor. RVP - 1, 3, 6, 10 kV podstantsiyalarda ishlatiladigan ventili razryadnik RVVM - 1, 3, 6, 10 kV aylanuvchi mashinalarni ximoya qiluvchi ventili razryadnik RVO -35 kV kuch transformatorlarini choʻlg’amlarini ximoya qiluvchi ventili razryadnik RVS – 35, 110, 220 kV OTK da joylashgan elektr qurilmalarini ximoya qiluvchi ventili razryadnik Razryadniklarni izolyatsiya qarshiligi 2 500 V megometr bilan oʻlchanadi. RVP rusumli razryadniklarni izolyatsiya qarshiligi 5 000 MOm dan kam boʻlmasligi kerak. Boshqa rusumli razryadniklar uchun izolyatsiya qarshiligi chegaralanmagan boʻlib ular taglik-kolonnaga aloxida-aloxida elementlardan yig‘ilganligi uchun kuchlanishni xar bir element boʻyicha teng tarqalishini ta’minlash maqsadida ularni qarshiliklarini kataliklari bir guruxdan yig‘ish tavsiya etiladi. Misol uchun aloxida-aloxida elemetlardan yig‘iluvchi RVS rusumli razryadniklar qarshilik boʻyicha 6-guruxga boʻlinadi.
Yig‘ilgan razryadniklarni montaj qilishda kichik qashilikga ega boʻlgan elementni tok oʻtkazuvchi qismi shinaga yaqinroq va katta qarshilikga ega boʻlgan elementni fundament-plita “erga”yaqin joyga joylashtirilishi kerak. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling