Izolyatsiyaning
Download 312.46 Kb.
|
M a r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqor
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA
- Yukori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari.
- Sinov usullari va uning turlari.
M A ʼ R U Z A -1KIRISH. IZOLYATSIYANING UMUMIY HOSSALARI. YUQORI KUCHLANISH SINOV USULLARI VA BAHOLASH KRITERIYALARI.OʻTUVCHAN TOKNI OʻLCHASH VA BAHOLASH KRITERIYALARI. REJA:Fan tarixi, rivoji va istiqboli. EIMni va texnologik qurilmalarni sinovdan oʻtkazish sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, hududiymuammolar, fan texnika va texnologiya yutuqlari. Sinovlarni oʻtkazish uchun kerak boʻlgan jihozlarni tanlash, yuqori kuchlanish oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok orqali izolyatsiya sinovlariga kerak boʻlgan apparatura. Himoya va nazorat oʻlchov jihozlari. Izolyatsiyani umumiy xossalarini aniqlash uchun asboblar va sxemalar.Olingan natijalarni baholash usullari. Yukori kuchlanish sinov usullari va baholash kriteriyalari.Profilaktika va ish jarayonidagi sinovlarni xajmi. Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish.Ish jarayonida razryadniklar va oʻta yuqori kuchlanishlarni cheklantiruvchi apparaturalarda uchraydigan nosozlik holatlarni asosiy sabablari. Sinov usullari va uning turlari.Oʻlchov sxemalar, oʻtkazuvchan tokni oʻlchash va baholash kriteriyalari. 1.Fan tarixi, rivoji va istiqboli.Respublikamizda eletroenergetika va elektr qurilmalarni ishlab chiqarishni rivojlanishi bugungi kunda elektroizolyatsion materiallarni keng koʻlamda qoʻllanilishiga bog’liqdir. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi elektroizolyatsiyaga quyiladigan talablarni oshishiga sabab boʻlmoqda. Bundan kelib chiqib elektroizolyatsion materiallarni va ulardan yasalgan uskunalarni sinovdan oʻtkazishga katta e’tibor qaratilishiga va asosiy maslalardan boʻlgan izolyatsion materialni xususiyatlari, texnik shartlar va standartlar talablariga javob berishini aniqlashga qaratilmog’i kerak. «Elektroizolyatsion materiallarni va texnologik qurilmalrni sinovdan oʻtkazish» kursining asosiy maqsadi-zamonaviy elektroizolyatsion materiallar turlari, ularning tarkibi va texnologik, termik, mexanik, elektrik va boshqa xususiyatlari bilan yaqindan tanishib, ulardan yasalgan asbob-uskunalarning ishlatish soxalarini bilishdan iborat. Sinovlar bir qator vazifalarni oʻz ichiga oladi: Namuna tanlash yoki ishlab chiqish va ularni sinovga tayyorlash (kondisiolash). Izolyatsion material yoki mahsulotning asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi elektrik va noelektrik qiymatlarini oʻlchash. Quyidagilar ta’sirida izolatsion material xususiyatlarining oʻzgarishini tavsiflovchi qonuniyatlarni eksperimental tarzda oʻrnatish: elektr ta’sirlari (elektr maydonining kuchlanishi va turi, chastotasi va boshqalar); iqlim ta’sirlari (harorat, bosim, namlik, mogʻor bosishi va boshqalar); v) mexanik ta’sirlar (tezlanish, tebranish, choʻzilish va boshqalar); g) fizik -kimyoviy ta’sirlar (nurlanish, agressiv muhitlar va boshqalar); d) muayyan sharoitlarda xizmat muddati. Eng ogʻir sharoitda izolatsion material yoki mahsulot parametrlarida qoldiq oʻzgarishlarning mavjudligini aniqlash. Bu, ish rejimini oʻzgartirish ekspluatatsiyasidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni (oʻta past va oʻta yuqori haroratlar, funktsional sikllar, mexanik yuklar yoki turli ta’sirlarning kombinatsiyasi) tahliil qilinadi. Tashqi va ichki nuqsonlarni aniqlash, kirlanishlarni, aralashma yoki begona qoʻshimchalarning mavjudligi, shuningdek, strukturaviy oʻzgarishlar. Ba’zi hollarda, roʻyxatga olinganlardan tashqari, elektr izolyatsion materialini qoʻshimcha tadqiqoti oʻtkaziladi; bunday tadqiqotlar nimaga moʻljallanganligiga qarab materialning tarkibini tanlashda zarur boʻlishi mumkin va hokazo. Elektro izolyatsion materiallardagi elektr sinovlar tanlab olingan namunalarda oʻtkazilib, sinovlar minimal hatolik natijalarini ta’minlashi kerak. Elektro izolyatsion materiallarda oʻtkaziladigan noelektrik sinovlarda quyidagi masallarni yechimini topish maqsadi qoʻyiladi: Noelektrik sinovlar mexanik (chidamlilik, qattiqlik, egiluvchanlik, elastiklik), fizik (zichlik, yopishqoqlik) va kimyoviy (masalan, transformator moyining achiganligi) xususiyatlarini aniqlashga moʻljallangan; issiqlik xususiyatlari (issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiq va sovuqqa chidamliligi) va namlik ta’siriga bogʻliq xususiyatlar (gigroskopiklik, eruvchanlik, namlik oʻtkazuvchanligi) va boshqalar. Alohida guruhni materiallarning tuzilishini, makro va mikro defektlarini aniqlash uchun ishlatiladigan noelektrik sinov usullari tashkil qiladi. Bularga ultratovushli usullar, rentgen va gamma-luminenisent tahlillari, infraqizil spektroskopiya, elektron mikroskopiya, yadro magnitli rezonans, elektron paramagnit rezonans, neytronografik sinovlar tahlili va noelektr sinovlarda ishlatiladigan boshqa usullar kiradi. Noelektrik sinovlar materialning texnik shartlarda yoki ctandartlarda koʻsatilgan parametr va xarakteristikalarni mos kelishligini taminlashi kerak. Asbob va qurilmalar davriy davlat sinovlaridan oʻtkazilishi kerak. Elektr uskuna, jihoz va qurilmalarni ishga tushirishdan oldin, ekspluatatsiya qilish jarayonida yoki nosozlik (avariya) tufayli oʻchgan xollarda sinov ishlarini oʻtkazishda «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasi, hamda amaldagi raxbariy hujjatlar va elektr uskuna, jihoz, qurilmalarni ishlab chiqargan zavod yoʻriqnomalariga asoslaniladi. Istisno zavod yoʻriqnomalaridagi koʻrsatma va usullar qoida talablariga zid boʻlmasligi kerak. «Elektr uskunalarni sinash me’yorlari» qoidasida uzoq yillardan beri elektr uskuna va jihozlarni ishga yaroqliligini aniqlashda olib boriladigan ananaviy (traditsion) sinov usullaridan tashqari avval koʻzda tutilmagan va keyingi yillarda keng tadbiq qilinayotgan amalda foydaliligi tasdiqlangan usullar qoʻlanilmoqda. Masalan bu usullar : -moyli elektr uskunalardagi transformator moyi tarkibidagi 7(etti) xil erigan gazlar mikdorini xromatografik tahlil asosida aniqlash; -infro qizil nur diagnostikasi asosida elektr uskunani me’yorda belgilangandan yuqori qizigan joylarini aniqlash; -ishchi kuchlanish ostida ventili razryadniklarni tok oʻtkazuvchanligini oʻlchash; Bu usullarda sinov ishlari elektr uskunalarni oʻchirmasdan turib amalga oshiriladi va elektr uskunalarda paydo boʻlishi kutilayotgan nuqsonlarni boshlanish davrida aniqlanib, ular kuchayib nosozliklarga olib kelishini oldini olish imkoniyati yaratiladi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling