Izolyatsiyaning


Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish


Download 312.46 Kb.
bet9/13
Sana19.06.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1613121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
M a r u z a -1 kirish. Izolyatsiyaning umumiy hossalari. Yuqor

Izolyatsiyani uzoq masofadan nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlash, hozirgi zamon usullari. Oʻlchov natijalarini ifodalash va baho berish.


Yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinov olib borish kuchlanishi 1000 V dan kichik boʻlgan tarmoqlarda keng qoʻlanilib izolyatsiyani nozik joylarini aniqlashga yordam beradi.


Neytrali izolyatsiyalangan kuchlanishi 1 kV gacha boʻlgan tarmoqlarda izolyatsiyani pasaygan yoki shikastlangan joyini aniqlash usuli asosan elektr energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarni navbat bilan podstantsiyadan oʻchirish va tarmoqqa yuqori chastota berish xisoblanadi. Lekigin bu usul qurilmalarni uzoq vaqt bekor turib qolishiga olib keladi. Koʻpgina ishlab chiqarish korxonalarida oʻchirish mumkin boʻlmagan tarmoqlar bor.
Agar shikastlangan joy parallel tarmoqlar orqali elektr energiya bilan ta’minlangan joyda yoki izolyatsiyani pasayishi bir necha joyda boʻlsa izolyatsiyani pasaygan joyini topish qiyin boʻladi.
Yuqorida aytib oʻtdiki izolyatsiyani pasaygan joyini topish podstantsiyadan boshlanadi.
Tarmoq izolyatsiyasini shikastlangan joyini aniqlash sxemasini oʻrganib chiqamiz:

G-tovush chastotasi generatori yerga va podstantsiya shinalariga kondensatorlar orqali ulangan. Xar bir kondensatorning sigimi 5-10 mkF, kuchlanishi 220 V tarmoqlar uchun 400 V va 380 V tarmoqlar uchun 600 V. Kondensator 1kGts chastotali toklar uchun kichik qarshilik va 50 Gts li chastotali toklar uchun katta qarshilikka ega.


Agar ganerator ishlab turgan xolatida tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy bersa ushbu sxemada generator va kondensator ishdan chiqmaydi chunki kondensator 50 Gts li tokni chegaralaydi.
Tarmoqda bir fazali yerga tutashish roʻy berganida generatorni bitta kondensator orqali izolyatsiya shikaslangan joy va yer oraligiga ishga tushirish mumkin.
Generatorni quvvati 15 Vt dan kichik boʻlmasligi va yerga ulanish joyida maksimal toki 2-4 A boʻlishi kerak. Ushbu tok kondensator, podstantsiya shinalari, talluqli tarmoq fazasi va shikastlangan joyga oqib boradi. SHikastlangan joydan generatorga esa yer orqali oqib boradi.
G-generatorni yoqib, tok oʻlchovchi kleshdan foydalanib kuchlanish ostidagi liniyani klesh oraligiga olamiz. Xar bir faza yakka koʻriladi. Izolyatsiya yaxshi tarmoq fazasida generator konturini zanjiri ulanmaydi va klesh xech narsa koʻrsatmaydi (I-xolat).
Izolyatsiya past tarmoq fazasi klesh oraligiga olinganida unda 1 kGts li tok konturi ulanganligi uchun, klesh strelkasi og’adi va naushnikda tovush paydo buladi (II-xolat).
SHikastlangan tarmoq topilganidan soʻng klesh bilan yurib borib tarmoqni shikastlangan joyi topiladi (III-xolat).
Biz koʻrib oʻtgan usul bilan tarmoqni shikastlangan joyini kuchlanishni olmagan xolda tez va aniq topish imkoniyatini beradi, xamda tutashishning katta oʻtish qarshiliklarida (bir necha yuz Om) yerga tutashish joyini topsa boʻladi.
Neytrali izolyattsiyalangan tarmoqlarda izolyattsiya xolatini doimiy nazorat qilishni avtomatik usuli kuchlanish olinmagan va elektr energiyasini qabul qiluvchi oʻchirilmagan xolda izolyattsiyani shikastlangan joyini aniqlash va selektiv ravishda shikastlangan tarmoqni oʻchirish imkoniyatini beradi.
Bu usul tarmoqni tez oʻchirish xisobiga izolyattsiya qarshiligini yuqori darajada ushlab turish imkoniyatini beradi.
Ushbu usul bilan kuchlanish ostidagi kabel trassasini aniqlash xam mumkin.
Sinovdan oʻtkazish paytidagi olingan koʻrsatkichlarini qiymatlari avvalgi sinov koʻrsatkichlarini qiymatlari va elektr uskunani boshqa fazalarini koʻrsatkichlarini qiymatlari bilan xamda bir xil turdagi elektr uskunani sinov natijalari bilan taqqoslanib soʻngra xulosa beriladi. Sinov koʻrsatkichlarini natijalari qoidada berilgan koʻrsatkichlardan keskin farq qilsa, elektr uskunada nuqson borligi xaqida dalolat beradi va u vaqt oʻtishi bilan elektr uskunada nosozlik keltirib chiqaradi, oqibatda elektr uskunani ishdan chiqishiga olib keladi.



    1. Download 312.46 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling