I-500-1000Gts-li manba, GKI- kabel izlovchi generator IPK-76m kabel tarmoqlarini shikastlangan joyini aniqlovchi asbob.
Qoʻllanishi: I-500+IPK-76m, GKI+IPK-76m birgalikda elektr quvvatin uzatuvchi 0,4-6-10 kV kuchlanishli kabel tarmoqlarini shikastlangan joylarin aniqlash uchun ishlatiladi.
BP-ST- blok manba.
Qoʻllanilishi: Kuch transformatorlari va generatorlarini choʻlg’amlarini omik qarshiliklarini «Ampermetr-Voltmetr» usuli bilan oʻlchash uchun moʻljallangan.
K-50,K 505,K 540 - Oʻlchov asboblari jamlamasi
Qoʻllanishi: Bir fazali va uch fazali uch xamda toʻrt simli oʻzgaruvchan tok zanjirlari fazalarida tok kuchi, kuchlanish va quvvatni xamda yuklamani tekis va notekisligini oʻlchash uchun ishlatiladi.
ISK- kontaktlar qarshiligini oʻlchash
Qoʻllanishi: Yukori kuchlanishli barcha turdagi oʻchirgich va ajrattichlarni kontaktlarini oʻtish qarshiligini oʻlchash uchun ishlatiladi.
Megaommetrlar: MS-0,5 M 4100/5, M 4100/4, F 4102/2-1M, F 4102/1-1M, F 4100
Qoʻllanishi: barcha turdagi elektr uskuna, jixoz va kabel tarmoqlarini izolyatsiya qarshiliklarini oʻlchash uchun moʻljallangan.
Erlagich qarshiligini oʻlchash asboblar: MS-07, MS-08, M 416/1, M416, F4103-M1
Qoʻllanishi: yerlash qurilmalarini qarshiliklarini, aktiv (faol) qarshiliklarini, yerlash qurilmasini yerlanayotgan elektr uskunani metall bilan biriktirilgan joyini qarshiligini oʻlchash, yerni solishtirma qarshiligini aniqlash ishlarini bajarishga moʻljallangan.
Oʻzgarmas tok mosti: R 333
Qoʻllanishi: R 333 quyidagi ishlarni bajarishga moʻljallangan
qarshiliklarni bir chizmali usul bilan oʻlchash;
Varley xalqa usuli bilan kabel tarmoqlarini shikastlangan joyini aniqlash;
Murrey xalqa usuli bilan kabel tarmoqlarini shikastlangan joyini aniqlash;
simlarni assimmetriya qarshiliklarini oʻlchash;
qarshiliklar magazini sifatida ishlatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |