J a h o n t a r I x I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- - - - - - - - - - - YILLAR
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix 1
- - - - - - - - - - YILLAR - - - - - - - - -
1. 1917-yil oktabr – bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi boshlandi. 2. 1917-yil noyabr – Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati – Xalq komissarlar soveti tuzilgan. 3. 1918-yildan hozirgi kungacha – bo`lgan davr “Eng yangi tarix” deb ataladi. 4. 1918-1922-yillar – Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – “harbiy kommunizm” siyosati o`rnatildi. 5. 1918-1924-yillar – Buyuk Britaniyada an`anaviy ikki partiyaviy tizim jiddiy inqirozni boshidan kechirdi. 6. 1918-1945-yillar – “Eng yangi tarix”ning birinchi bosqichi. Industrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqirozining boshlanish davri. 7. 1918-yil – Rossiyaning Volgabo`yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida sovet hokimiyati ag`darib tashlandi. 8. 1918-yil mart – Brest-Litovsk shahrida Rossiya Germaniya bilan sulh shartnomasi tuzdi. 9. 1918-yil avgust – ingliz qo`shinlari butun Eronni o`z nazoratiga oldi. 10. 1918-yil noyabr – g`alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. 11. 1919-1923-yillar – imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini oldi. 12. 1919-yil – Hindistonning Armitsar shahrida ingliz qo`shinlari tinch namoyishchilarni o`qqa tutdi. 13. 1919-yil – Germaniyada Adolf Gitler boshchiligida Germaniya national-sotsialistik ishchi partiyasi paydo bo`ldi. 14. 1919-yil – Parij konferensiyasida Xitoy o`z talablari bilan ishtirok etdi. 15. 1919-yil – Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirildi. 16. 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha – Parij yaqinidagi Versal saroyida 27 davlat vakillari ishtirokida konferensiya bo`lib o`tdi. 17. 1919-yil mart – Benito Mussolini boshchiligida fashistlar partiyasi tuzildi. 18. 1919-yil may – Millatlar Ligasi nomidan Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni boshqarishga mandat oldi. 19. 1919-yil 4-may – xitoylik talabalar Pekinda namoyish boshladilar. 20. 1919-yil 28-iyun – Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. 21. 1919-yil 31-iyul – Veymar shahrida Ta`sis majlisi inqilobiy ommaning demokratik talablarini qoniqtiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. 22. 1919-yil noyabr – Fransiyada saylov jarayoni millatchilik va “bolsheviklar xavfi” bilan qo`rqitish ruhi ostida o`tdi. 23. 1920-1930-yillar – AQSHning tashqi siyosatida juda muhim voqealar unchalik ko`p bo`lmadi. 24. 1920-1940-yillar – hindlarning zo`ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandining roli beqiyos bo`ldi. 25. 1920-yillar – ovozli kino ustida ishlash davri. 26. 1920-yillar – Fransiyada sanoatning o`sishi uchun qulay sharoit vujudga keldi. 27. 1920-yillar – sovetlar tashqi siyosatining asosiy vazifasi yangi hokimiyatning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish bo`ldi. 28. 1920-yillar – Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi. 29. 1920-yillar – liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy burjuaziyaning, shuningdek, aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi. 30. 1920-yillar – Yaponiyada ichki siyosiy munosabatlar yangi siyosiy partiyalarning paydo bo`lishi hamda saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakterlanadi. 31. 1920-yillar – Turkiya iqtisodiy siyosatining asosiy yo`nalishini chet ellik mulkdorlardan sanoat korxonalari, infratuzilma obyektlari, temir yo`llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil etdi. 32. 1920-yillar boshi – leyboristlar Buyuk Britaniya siyosiy tizimida ikkinchi partiya sifatida o`rnashib oldi. 33. 1920-yillar o`rtalari – Yaponiyada sanoat to`ntarishi yuz berdi. 34. 1920-yillar oxiri – har ikki amerikalikning bittasida radiopryomnik bor edi. 35. 1920-yillar oxiri – yo`lovchi aviatsiyasi davri boshlandi. 36. 1920-yillar oxiri – Lotin Amerikasida ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi. 37. 1920-yillar oxiri – Yaponiya hukumatida harbiylarning roli kuchaydi va so`l kuchlar quvg`in ostiga olindi. 38. 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshi – SSSRda amalga oshirilgan eng muhim tadbir mamlakatni industrlashtirish bo`ldi. 39. 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshi – Yaponiyada “Yosh ofitserlar” tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirildi. 40. 1920-yil – Sevr shartnomasida Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o`rtasida bo`lib olinishi ko`zda tutildi. 41. 1920-yil – Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika Milliy Kongressi tashkil topdi. 42. 1920-yil iyul – Pekinda hukumat ag`darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo`llab- quvvatlangan U Peyfu keldi.
Download 411.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling