J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
6
221. 1945-yil 9-avgust – AQSH Yaponiyaning Nagasaki shahriga atom bombasi tashladi. 222. 1945-yil 2-sentabr – Ikkinchi jahon urushi tugadi. Yaponiya so`zsiz taslim bo`lish to`g`risida paktni imzoladi. 223. 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha – Germaniyaning Nyurenberg shahrida fashist rahbarlari ustidan sud jarayoni bo`lib o`tdi. 224. 1945-1991-yillar – “Eng yangi tarix”ning ikkinchi bosqichi. 225. 1946-yil – Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. 226. 1946-yil – Yaponiyada kasaba uyushmalari to`g`risida qonun qabul qilindi. 227. 1946-yil – ingliz va sovet qo`shinlari Erondan olib chiqib ketildi. 228. 1946-yil mart – U.Cherchill AQSHning Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so`zga chiqib, AQSHga “tinchliksevar xalqlarning sovet tajovuziga” qarshi kurashga boshchilik qilishni taklif qildi. 229. 1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha – Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida yapon agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi. 230. 1946-yil iyun – Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan boshlandi. 231. 1946-yil 9-dekabr – Hindistonda Ta`sis Majlisi ochildi. 232. 1947-yil – AQSH tomonidan qo`llab-quvvatlangan Chan Kayshi armiyasi kommunistlar poytaxti Yanan shahrini egallab oldi. 233. 1947-yil iyun – AQSH davlat kotibi J.Marshall Yevropa mamlakatlariga urush oqibatlarini bartaraf qilishda yordam ko`rsatish g`oyasini ilgari surdi. 234. 1947-yil iyul – Xitoyda Xalq-ozodlik armiyasi hujumga o`tdi. 235. 1947-yil 15-avgust – ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e`lon qilindi. 236. 1948-yil 1-yanvar – Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. 237. 1949-yil – Buyuk Britaniya NATOga a`zo bo`ldi. 238. 1949-yil – Hindistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 239. 1949-yil yanvar – SSSR va Sharqiy Yevropaning ko`pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O`zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O`IYK) tuzilganligini e`lon qildilar. 240. 1949-yil aprel – G`arb davlatlari Shimoliy Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar. 241. 1949-yil may – AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya zonalarida Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. 242. 1949-yil sentabr – Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi. 243. 1949-yil 1-oktabr – Xitoy Xalq Respublikasi e`lon qilindi. 244. 1949-yil 7-oktabr – sovetlar okkupatsiya zonasi bo`lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. 245. 1950-1960-yillar – GFRda iqtisod jadal sur`atlar bilan rivojlandi. 246. 1950-1960-yillar – Italiyada jadal rivojlanishga qaramasdan, ishchilar harakati avvalgi darajasida qoldi, ba`zan hatto faollashdi ham. 247. 1950-1960-yillar – Yaponiya to`liq iqtisodiy tiklandi. 248. 1950-yillar – Mustamlaka tizimi qulashi natijasida mustaqil bo`lgan davlatlar o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlash uchun xalqaro maydonga chiqdilar va keyinchalik “uchinchi dunyo mamlakatlari” nomini oldi. 249. 1950-yillar – AQSH iqtisodiyoti boshqa G`arb davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan sekin o`sganligiga qaramasdan, u barcha ko`rsatkichlar bo`yicha haqiqiy iqtisodiy yetakchi bo`lib qolaverdi. 250. 1950-yillar – Fransiyada iqtisodiy o`sish boshlandi. 251. 1950-yillar – Hindiston tashqi siyosatida “J.Neru kursi” shakllandi. 252. 1950-yillar birinchi yarmi – Eron siyosati, asosan, mamlakat neft sanoatini natsionalizatsiya qilishga bag`ishlandi. 253. 1950-yillar o`rtalari – SSSRda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi. 254. 1950-yillarning ikkinchi yarmi – SSSRda qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o`sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan ko`proqqa oshdi. 255. 1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar – Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi. 256. 1950-yillar oxiri – SSSRda qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari ancha susaydi. 257. 1950-yillar oxiri – Karib dengizida kichkina orol – Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e`tiborini o`ziga jalb qildi. 258. 1950-yil – Yaponiyada kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi. 259. 1950-yil – SSSRda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi. 260. 1951-yil – Buyuk Britaniyada o`tkazilgan saylovlarda konservatorlar g`alaba qozondi. 261. 1952-yilgacha – Yaponiya hukumati AQSH okkupatsion qo`shinlari shtabi tomonidan nazorat qilindi. 262. 1952-yil – AQShda prezidentlik saylovida respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g`alaba qozondi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling