J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
2
43. 1921-1922-yillar – Vashingtonda bo`lib o`tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi. 44. 1921-yil – sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. 45. 1921-yil – Italiyada fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan millatchilik tashviqotini olib bordi. 46. 1921-yil – Italiyada parlament saylovlarida fashistlar 36 ta o`ringa ega bo`ldi. 47. 1921-yil – Sun Yatsen Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi. 48. 1921-yil fevral – kazaklar polka sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag`darib tashladi. 49. 1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha – to`qqiz davlat vakillari ishtirokida Vashington konferensiyasi bo`lib o`tdi. 50. 1921-yil dekabr – Vashington konferensiyasida to`rt davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o`rtasida shartnoma imzolanib, ushbu davlatlar Tinch okeani havzasidagi o`z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi. 51. 1921-yil dekabr – Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo`lgan “Ozod Irlandiya davlati”ni tan oldi. 52. 1922-yil – fiziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko`plab tajribalar jarayonida o`t pufagi gormoni bo`lgan insulinni olishga muvaffaq bo`ldi. 53. 1922-yil – inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga, Buyuk Britaniya Afg`oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilishdan ham voz kechishga majbur bo`ldi. 54. 1922-yil – Rapallo shartnomasi imzolandi. 55. 1922-yil – Buyuk Britaniya Misr ustidan o`z protektoratini bekor qilib, uning to`liq mustaqilligini tan oldi. 56. 1922-yil kuz – Uzoq Sharqda “Oq gavrdiya”ning tor-mor qilinishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi yakunlandi. 57. 1922-yil oktabr – fashistik guruhlarning mashhur Rimga yurishidan so`ng qirol Viktor Emmanuil III Mussolinini hukumat boshlig`i etib tayinladi. 58. 1922-yil oktabr – M.Kamol qo`shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 59. 1922-yil noyabr – Qizil armiya Vladivostok shahrini olib, Tinch okeaniga chiqishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi, asosan, yakunlandi. 60. 1922-yil 1-noyabr – Turkiya Buyuk Millat Majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to`g`risida qaror qabul qildi. 61. 1922-yil 30-dekabr – sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi. 62. 1923-yil – Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi. 63. 1923-yil – fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdi. 64. 1923-yil – Misrda konstitutsiya qabul qilinib, davlat monarxiya deb e`lon qilindi. 65. 1923-yil sentabr – general Migel Primo de Rivera davlat to`ntarishi uyushtirdi. 66. 1923-yil 29-oktabr – Turkiya Respublika deb e`lon qilindi, M.Kamol Respublika Prezidenti etib saylandi. 67. 1923-yil 8-noyabr – Myunxendagi juda bahaybat pivoxonaga 3000ga yaqin odam yig`ildi. 68. 1923-yil oxiri – Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi. 69. 1924-1929-yillar – jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi. 70. 1924-yil – amerikalik bankir Charlz Daues boshchiligidagi qo`mita xalqaro moliya-kredit va savdo munosabatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qildi. 71. 1924-yil – SSSRning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 72. 1924-yil – Kavkazorti va O`rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o`tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. 73. 1924-yil – Vladimir Lenin vafot etdi. 74. 1924-yil yanvar – leyboristlar Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi. 75. 1925-yil – Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. 76. 1925-yil – sovet-yapon munosabatlari yo`lga qo`yilib, bu iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida va yapon qo`shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida aks etdi. 77. 1925-yil bahor – shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat boshladi. 78. 1925-yil mart – Sun Yatsen vafot etdi. 79. 1925-yil dekabr – Eronda chaqirilgan Ta`sis Majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e`lon qildi. 80. 1926-1929-yillar – Fransiya hukumati pulning qadrsizlanishini to`xtatishga, kun kechirishni arzonlashtirishga erishdi. 81. 1926-yil – Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi. 82. 1926-yil – Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi. 83. 1926-yil may – Buyuk Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojaro umumiy ish tashlash yuz berdi. 84. 1927-1929-yillar – SSSRda asta-sekin NEPni bekor qilish boshlandi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling