J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
7
263. 1952-yil dekabr – Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti mamlakatda “sotsializm qurish” to`g`risida qaror qabul qildi. 264. 1953-1964-yillar – SSSRda Nikita Xrushchyov hokimiyatda turgan, “iliqlik davri” 265. 1953-yil 5-mart – I.Stalin vafot etdi. 266. 1955-yil – SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi. 267. 1955-yil – GFR NATOga a`zo bo`ldi. 268. 1955-yil – GFRda misli ko`rilmagan taraqqiyotga erishildi. 269. 1956-1970-yillar – Yaponiya har yili 11 foizdan rivojlanishga erishdi. 270. 1956-yil fevral – KPSS XX syezdida N.Xrushchyov “Shaxsga sig`inish va uning oqibatlari to`g`risida” nutq bilan chiqdi. 271. 1957-yil – Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH) tuzish to`g`risida Rim shartnomasi imzolandi. 272. 1957-yil 4-oktabr – Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun`iy yo`ldoshi uchirildi. 273. 1958-yil – Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi. 274. 1958-yil – Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo`yicha Lotin Amerikasida birinchi o`ringa chiqdi. 275. 1958-yil mart – N.Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini qo`shib oldi. 276. 1958-yil sentabr – Fransiyada referendum o`tkazilib, unda fransuzlar Sh. de Goll boshchiligida ishlab chiqilgan konstitutsiyani ma`qulladilar. 277. 1958-yil 21-dekabr – Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylandi. 278. 1959-yil – inqilob natijasida Kubada hokimiyatga F.Kastro kelgan. 279. 1959-yil – amerikalik injenerlar Kilbi va Noys tomonidan yarimo`tkazgichli integral mikrosxema yaratilgan. 280. 1959-yil 1-yanvar – Fidel Kastro boshchiligida qo`zg`olonchilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelishdi, inqilob g`alaba qozondi. 281. 1960-1970-yillar – GFRda iqtisodning jadal o`sish davri bo`lib, “nemis iqtisodiy mo`jizasi” nomini oldi. 282. 1960-1970-yillar – Turkiyada bir qator harbiy to`ntarishlar bo`ldi. 283. 1960-yillar – prezidentlar Jon Kennedi va Lindon Jonson ma`muriyatlari iqtisodiy o`sishni jadallashtirish sari yo`l tutdilar. 284. 1960-yillar – AQSHda fuqarolar tengligi uchun harakat o`zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. 285. 1960-yillar – AQSHda ijtimoiy-siyosiy burilishlar davri bo`ldi. 286. 1960-yillar – Xitoyni rivojlantirishning “Katta sakrash” siyosati amalga oshirildi. 287. 1960-yillar – Hindistonda sog`liqni saqlash, ta`lim, fan, madaniyat sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlarga, iqtisodiyotdagi o`zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi. 288. 1960-yillar – Hindistonda agrar islohot o`tkazildi. 289. 1960-yillar – Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi. 290. 1960-yillar oxiri – Fransiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish davom etdi. 291. 1960-yillar oxiri – Beshinchi Respublikada inqiroz boshlandi. 292. 1960-yillar oxiri – Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo`yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`ringa chiqib oldi. 293. 1960-yillardan keyin – realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolarni aks ettirish quroliga aylandi. 294. 1960-yil – Sh. de Goll Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustamlakalariga mustaqillik berdi. 295. 1960-yil – “Afrika yili”. Jahon xaritasida 17 ta yangi Afrika davlati paydo bo`ldi. 296. 1960-yil – sovet fiziklari Basov, Proxorov va amerikalik olim Tauns lazer – nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar. 297. 1961-yil – Iosif Broz Tito, Javoharlal Neru, Jamol Abdul Nosir tashabbusiga ko`ra mustamlakachilikdan ozod bo`lgan mamlakatlar Qo`shilmaslik harakatini tashkil qildilar. 298. 1961-yil 12-aprel – dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. 299. 1962-yil – Karib inqirozi sodir bo`ldi. 300. 1963-yil – AQSH prezidenti Jon Kennedi o`ldirildi. 301. 1963-yil – Eronda referendum o`tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o`tkazish taklifini kiritdi. 302. 1963-yil – Kuba prezidenti Fidel Kastro O`zbekistonga tashrif buyurdi. 303. 1964-yil – Buyuk Britaniyada hokimiyatga leyboristlar keldi. 304. 1964-yil oktabr – KPSS MK plenumida N.Xrushchyovni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. 305. 1964-1982-yillar – L.Brejnev hokimiyatda turgan yillar. 306. 1965-yil – Hindiston va Pokiston o`rtasida boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqarorlikka ham salbiy ta`sir ko`rsatdi. 307. 1965-1973-yillar – AQSH Vetnamda faol urush harakatlari olib bordi. 308. 1966-yil – urushni to`xtatish uchun Toshkentda Hindiston va Pokiston o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling