J a h o n t a r I x I – 10 sinf
J A H O N T A R I X I – 10 sinf
Download 411.66 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf jahon tarixi xronologiya
J A H O N T A R I X I – 10 sinf https://t.me/innovatsiontarix
3
85. 1927-1934-yillar – Erondagi islohotlar davrida bepul majburiy boshlang`ich ta`lim hamda pullik o`rta va oliy ta`lim to`g`risida qonunlar qabul qilindi. 86. 1927-yil – Nyu-Yorkda “Jaz kuychisi” filmi namoyish qilingan. 87. 1927-yil – Buyuk Britaniya mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi. 88. 1927-yil – Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi. 89. 1928-1932-yillar – SSSRda birinchi besh yillik sovet rejali iqtisodiyot davrini boshlab berdi. 90. 1928-1933-yillar – SSSRda kollektivashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi. 91. 1928-yil – ixtirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni amalga oshirdilar. 92. 1928-yil – britaniyalik olim Aleksandr Fleming o`z labarotoriyasida bir qancha vaqtdan beri to`planib qolgan idishlarni yig`ishtirayotib, ulardan biriga mog`orga ko`zi tushadi. 93. 1928-yil – Fransiyadagi saylovlarda o`ng kuchlar g`olib chiqdi. 94. 1928-yil – AQSH kongressiga bo`lgan saylovlarda respublikachilar g`alaba qozondi. 95. 1928-yil – shoh Eronda yevropacha libos joriy qildi, feudal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 96. 1929-1932-yillar – Fransiyada bir nechta hukumat almashdi. 97. 1929-1932-yillar – AQSHda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 % ga qisqardi, 13 mln. ga yaqin kishi o`z ish joylaridan mahrum bo`ldi. 98. 1929-1933-yillar – jahon iqtisodiy inqirozi. 99. 1929-yil yanvar – Gerbert Guver AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi. 100. 1929-yil 24-oktabr – Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. 101. 1930-yillar – fizika, kimyo kabi tabiiy fanlarning rivojlanishi yangi, o`ta mustahkam materiallarni yaratish imkonini berdi. 102. 1930-yillar – o`zining iqtisodiy, harbiy va ijtimoiy yutuqlarini namoyish qilayotgan Germaniyadan qo`rqish hissi Buyuk Britaniya siyosatini belgilab berdi. 103. 1930-yillar – AQSHda neytralitet haqida hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiqlash to`g`risida qonunlar qabul qilindi. 104. 1930-yillar – jahonda yuz berayotgan jarayonlar SSSR xavfsizligiga katta tahdid solayotgan edi. 105. 1930-yillar – Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida ko`pincha bir-birini almashtirgan turli siyosiy rejimlar – boshqaruv shakli bo`yicha diktatorlik va konstitutsion, ijtimoiy mazmuni bo`yicha konservativ, liberal-islohotchi, millatchi va so`l kuchlar hukmronlik qilishda davom etdilar. 106. 1930-yillar – Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy siyosatida yuz bergan o`zgarishlar mahalliy ishlab chiqarishning o`sishi va milliy kapitalning kuchayishiga olib keldi. 107. 1930-yillar boshi – AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalobardoriga aylandi. 108. 1930-yillar o`rtalarigacha – Fransiyada ijtimoiy qonunchilik sohasida biror qadam ham olg`a tashlanmadi. 109. 1930-yillarning ikkinchi yarmi – AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.
110. 1930-yillar ikkinchi yarmi – Afrikada iqtisodiy rivojlanish sur`atlari jadallashdi. 111. 1930-yillar oxiri – Versal-Vashington tizimiga Yevropada hech bir davlat amal qilmay qo`ydi. 112. 1930-yillar oxiri – rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi. 113. 1930-yillar oxiri – Fransiyada sanoat ishlab chiqarishi inqirozdan oldingi darajaga yetmadi. 114. 1930-yil (oxiri) – Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi boshlandi. 115. 1930-yil – SSSRda majburiy boshlang`ich ta`lim joriy qilindi. 116. 1930-yil – de Rivera iste`foga chiqishga majbur bo`ldi. 117. 1930-yil – Argentinada harbiy to`ntarish amalga oshirilib, Ipolito Irigoyenning ikkinchi hukumati ag`darib tashlandi, hokimiyatga konservator guruhlar qaytdi. 118. 1930-yil – Braziliyada burjua inqilobi oligarxiya rejimini ag`darib tashladi. 119. 1930-yil – Kolumbiyada konsevativ oligarxiya rejimi o`rniga liberal-islohotchilar keldi. 120. 1931-1932-yillar – Yaponiya Manchjuriyani bosib oldi va Manchjou-Go qo`g`irchoq davlatini tuzdi. 121. 1931-yil – Vestminster statuti qabul qilingan. 122. 1931-yil (sentabr) – Yaponiya Xitoyning Manchjuriya provinsiyasini bosib oldi. 123. 1931-yil – kommunistlar Xitoy Sovet Respublikasini e`lon qildi va Mao Szedun uning raisi etib saylandi. 124. 1931-yil – Liviyada qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. 125. 1932-yil – Franklin Ruzvelt AQSH Prezidentligiga 1-marta saylandi. 126. 1932-yil – Turkiya Millatlar Ligasiga a`zo bo`ldi. 127. 1932-yil 1-mart – yaponlar Manchjuriyada Manchjou-Go davlati tuzilganligini e`lon qildi. 128. 1932-yil aprel – Germaniyadagi prezidentlik saylovlarida Gindenburg g`olib chiqdi. 129. 1932-yil may – Yaponiyada “Yosh ofitserlar” isyon ko`tardi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling