J izzax politexnika instituti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi «iqtisodiyot nazariyasi» fanidan


Amir Temurning iqtisodiy qarashlari


Download 0.58 Mb.
bet15/55
Sana26.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1656577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
«IQTISODIYOT VA MENEJMENT» maruza matni

6. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari.
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:
1. Suyurg’ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i – xiroj olganlar.
2. Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlar. Bu erlardan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir erlar. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (erosti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo’ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir Temur Angliya va Frantsiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag’ribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, em-xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu, hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo’lgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan – aholining iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temurning iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan:

  1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).

  1. Aqlli, donishmand odamlar.

  2. Xudojo’y kishilar.

  3. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.

  4. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).

  5. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.

  6. Vazirlar, sarkotiblar.

  7. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).

  8. Hadis olimlari.

  9. Ahli hunar va san’atchilar.

  10. Kasbu hunar egalari.

  11. Savdogar va sayyohlar.

Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida, – deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug’oriladigan erlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor erlarda to’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi.
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo’lga olganda, (1401 y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332–1406) asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo’yib yuboradi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling