Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
|
Semestr
|
ECTS - kreditlar
|
|
2022-2023
|
3
|
4 kredit
|
Fan/modul turi
|
Ta’lim tili
|
Haftadagi
dars soatlari
|
Tanlov fan
|
o‘zbek
|
4
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami
yuklama
(soat)
|
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish
|
60
|
60
|
120
|
I. FANNING MAZMUNI
Fanni o’qitishdan maqsad – "Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari" magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan magistrantlarga raqamli qurilmalarni, jumladan kompyuterlarni loyihalashning nazariy asoslarini va amaliy-texnik vositalarining ishlasah tamoyillarini tushuntirishdan iborat.
Fanning vazifasi – magistrantlarga raqamli qurilmalarning asosini tashkil etuvchi mantiqiy sxemalarni analiz va sintez qilish haqida tushuncha hosil qilishdan, mantiqiy sxemalarning funktsionallaigi bo'lgan mantiqiy funktsiyalar bilan tanishtirishdan, mantiq algebrasining qonun-qoidalarini o'rgatishdan, Bul funktsiyalarini minimallshtirish ko'nikmalarini hosil qilishdan, kombinator mantiqni loyihalash haqida tushuncha xosil qilishdan iboraqtdir
II. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI)
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Fanning predmeti.
Murakkabliklarni boshqarish san'ati: abstraktsiya, qurish tartibi, uch asosiy tamoyil.
2-mavzu. Raqamli abstraktsiya.
Raqamli qurilmalarni loyihalash bilan bog'liq sanoq sistemalari. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o'tkazish.
3-mavzu. Sanoq sistemalarida sonlar ustida bajariladigan amallar.
Qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish va boshqa amallar.
4-mavzu. Mantiqiy funktsiyalar (Bul funktsiyalari).
Bul funktsiyalarini berish usullari. Bul funktsiyalarining miqdori.
5-mavzu. Formula tushunchasi. Yopiq sinflar va to'liqlik teoremasi.
To'liq funktsional sistemalar. Dizyunktsiya, konyunktsiya va inkor funktsiyalaridan iborat funkstiyalar to'plamining to'liqligi.
6-mavzu. Dizyunktiv va konyunktiv normal formalar
Mukammal dizyunktiv va konyunktiv normal formalar.
7-mavzu. Bul funktsiyalarini minimallashtirish masalalari
Dizyunktiv formalarning turlari: mukammal, tupik va minimal.
8-mavzu. Ikkilik mantiqiy elementlar. Ikkilik mantiqiy elementlarining qo’llanilishi.
Mantiqiy sxemalarda analiz va sintez masalalari. Karno kartalari.
9-mavzu. Asosiy kombinatsion bloklar.
Multipliksatorlar. Ko'pkirishli multipliksatorlar. Multipliksatorlarda mantiq.
10-mavzu. Asosiy kombinatsion bloklar.
Deshifratorlar. Deshifratorlar realizatsiyasi. Deshifratorlarda mantiq.
11-mavzu. Vaqt xarakteristikalari.
Tarqalish ushlanishi va xiralashish ushlanishi. Impuls shovqinlari
12-mavzu. Triggerlar.
RS-trigger. D-trigger. Registr. Boshqa triggerlar.
13-mavzu. Sinxron mantiqioy sxemalarni loyihalash.
Ba'zi muammoli sxemalar. Sinxron ketma-ket sxemalar. Sinxron va asinxron sxemalar.
14-mavzu. Chekli avtomatlar
Chekli avtomatni loyihalashga misol. Holatlarni kodlash. Mur va Mili avtomatlari. Chekli avtomatlar dekompozitsiyasi.
15-mavzu. Ketma-ket sxemalarni sinxronlashtirish. Apparaturani tavsiflash tillari haqida tushuncha
Sistemaning vaqt xarakteristikalari. Takt signallarni fazasizlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |