J. R. Qobulov
Ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasini variantlar buyicha ishlab chiqish
Download 0.54 Mb.
|
GULOMJONOV H
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q” yuk stansiyada yuk ob’yek tlari bo‘yicha yuk ortish rejasini
- I-variant, jo‘natuvchining marshruti
- Varianlar bo‘yicha ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasi
2.2.Ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasini variantlar buyicha ishlab chiqish.
Ortish joylaridan vagon oqimlarini marshrutlashtirish rejasini hisoblash uchun 1.1-jadval asosida “N” yuk stansiyasida yuk ob’yektlari bo‘yicha ortiladigan (jo‘natiladigan) yuklarni yo‘nalishlar bo’yicha taqsimlanishi hisoblab chiqiladi (2.2-jadval). 2.2-jadval “Q” yuk stansiyada yuk ob’yek tlari bo‘yicha yuk ortish rejasini “Q”, “B” va “Y” yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi
“N” yuk stansiyasidan marshrut tarkiblarida jo’natilishi kerak bo’lgan vagonlar soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi, nm = ∑noy · φ / 100 , vag (2.5) bu yerda ∑noy – bir oyda “N” yuk stansiyasidan jo‘natiladigan vagonlar soni, vag; φ – marshrutlashtirish foizi ( topshiriqdan qabul qilinadi). Marshrut poyezdlarining soni esa quyidagi formula orqali aniqlanadi, Nm. = nm / mm , poyezd (2.6) bu yerda mm – marshrut poyezdining tarkibi ( topshiriqdan qabul qilinadi), vag. nm = 2100· 57 / 100 = 1197 vag; Nm. = 1197 / 49 = 25 poyezd. nh.m. = 25 ·47 = 1175 vag, – marshrutlarda jo‘natiladigan haqiqiy vagonlar soni. I-variant, jo‘natuvchining marshruti Jo‘natuvchining marshrutlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish 2.1-jadval asosida, eng ko‘p vagon oqimlari tayinlangan yo‘nalishga yuk ortiladigan temir yo‘l shoxobcha yo‘llaridan boshlanadi va eng kam vagon oqimlari tayinlangan yo‘nalishga yuk ortiladigan temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida tugatiladi. Jo‘natuvchining marshrutlarini tashkil qilishda faqat temir yo‘l shoxobcha yo‘llari qatnashadi. Q-yo‘nalishiga: 1- TYSHY dan 190 / 49 = 3 mar., bu esa 3 · 49 = 147 vag. tashkil etadi; 2- TYSHY dan 170 / 49 = 3 mar., bu esa 3 · 49 = 147 vag. tashkil etadi. Jami:mar.=1728 vag. B-yo‘nalishiga: 1- TYSHY dan 420 / 49 = 8 mar., bu esa 8 · 49 = 392 vag. tashkil etadi; 2- TYSHY dan 360 / 49 = 8 mar., bu esa 8 · 49 = 392 vag. tashkil etadi. Jami:16 mar=816 vag. Y-yo‘nalishiga: 25 – (6 + 16) = 3 mar., bu esa 3 · 49 = 147 vag. tashkil etadi; 1- TYSHY dan 2 mar., bu esa 2 · 49 = 98 vag; 2- TYSHY dan 1 mar., bu esa 1 · 49 = 49 vag. II -variant, pog‘onasimon marshrut Pog‘onasimon marshrutlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish 2.1jadval asosida eng kam jami vagon oqimlari tayinlangan yo‘nalishdan boshlanadi va eng ko’p jami vagon oqimlari tayinlangan yo’nalishda tugatiladi. Pog‘onasimon marshrutlarini tashkil qilishda barcha yuk ob’yektlari qatnashadi. Pog‘onasimon marshrutlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqishda har bir yo‘nalishdan 57 % (marshru tlash tirish foizi) vagon oqimlarini marshrutlashtirish nazarda tutiladi. B-yo‘nalishiga: 1190 · 0,57 / 49 =14 mar. , bu esa 14 · 49 = 686 vag. tashkil etadi. Q-yo‘nalishiga: 540 · 0,57 / 49 = 7 mar. , bu esa 7 · 49 = 343 vag. tashkil etadi. Y-yo‘nalishiga: 25 – (14 + 7) = 4 mar. , bu esa 4 · 49 = 196 vag. tashkil etadi. Variantlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ortish joylaridan marshrutlashtirishni rejasini 2.2-jadvalga kiritiladi. 2.3-jadval Varianlar bo‘yicha ortish joylaridan marshrutlashtirish rejasi
Ortish joylaridan marshrutlashtirishning samarali variantini tanlab olish Jo‘natuvchining va pog‘onasimon martshrutlarni tashkil etish texnika – iqtisodiy hisoblar, martshrutlarni tashkil etish bo‘yicha sarflarni va iqtisodlarni taqqoslash natijasida marshrutlashtirishning samarali varianti tanlab olinadi. Vagon oqimlarini marshrutlashtirishda ortish punklarida vagonlarni qo‘shimcha to‘xtab turishi (vagon-soat) va qo‘shimcha manyovr ishlar (lokomotiv-soat) bo‘yicha sarflar vujudga keladi. Marshrutlashtirishning iqtisodi esa har bir marshrut poyezdi qayta ishlovsiz o‘tib boradigan yo‘l safaridagi texnik stansiyalar sonidan va ularda vagonlarni to‘xtab turishi (vagon-soat) va manyovr ishlarini (lokomotiv-soat) bo‘yicha kamayish natijasida vujudga keladi. Jo‘natuvchining marshrutlarini kalendar rejasini ishlab chiqish Jo‘natuvchining marshrutlarini tashkil qilishda faqat temir yo‘l shoxobcha yo‘llari qatnashadi. Jo‘natuvchining marshrutlarni kalendar rejasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: 1-bosqich – kalendar rejani “Oylik yuk ortish rejasi” qatori 2.3-jadvalning oyda 1- TYSHY va 2- TYSHY qatori ma’lumotlari – jami (1225+1225) = 2450; Q ga (294+343) =294; B ga (392+392) = 784 va Y ga (98+49) = 147 vag. asosida to‘ldirib chiqiladi. So‘ngra yo‘nalishlar bo‘yicha vagon oqimlari yuk ob’yek tlari bo‘yicha taqsimlab chiqiladi: Q 25 ga tayinlangan 1225 ta vag., 1- TYSHY dan 420 ta va 2- TYSHY dan 450 ta vag. jo‘natiladi va h.k. 2-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatori 2.2-jadvalning I-variant, jo‘natuvchining marshrutlar qatori ma’lumotlari – stansiya bo‘yicha 25 ta mar., 1225 ta vag.; shu jumladan Q ga 6 mar.294vag., B ga 16 ta mar. 784 ta vag. va Y ga 9 ta mar. 196 ta vag. asosida to‘ldirib chiqiladi. 3-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi stansiya bo‘yicha 62 tamarshrutni va ulardagi 2976 ta vagonlarni oyning dekadalari bo’yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi: I-dekadada 8 ta mar. va 8 · 49 = 392 ta vag., IIdekadalarda esa 8 tadan mar. va 8 · 49 = 392 tadan vag. So‘ngra dekadaning sanalari bo‘yicha ham marshrutlar va vagonlar taqsimlab chiqiladi. 4-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi “Q”, “B” va “Y” yo‘nalishlarga tayinlangan marshrutlarni va vagonlarni 3-bosqichdagi kabi oyning dekadalari va dekadaning kunlari bo‘yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha marshrutlarni va vagonlarni taqsimlashda shunga ahamiyat berish kerakki, oyning har bir sanasi bo’yicha ularning jami stansiya bo‘yicha shu sanadagi marshrutlarga va vagonlarga teng bo‘lishi kerak. 5-bosqich – kalendar rejaning oyning sanalarida “Q”, “B” va “Y” yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlangan marshrut va vagonlar faqat 1- TYSHY dan yoki 2- TYSHY dan shakllanadi. Bunda har bir TYSHY dan marshrutlar va vagonlar oyning dekadalari va sanalari bo‘yicha bir tekisda bo‘lishiga va ularning jami “Oyda hammasi” ga qatori ma’lumotlariga teng bo‘lishi kerak. 6-bosqich – kalendar rejani oyning sanalari, dekadalari va “Oyda hammasi” yuk jo’natuvchilar bo‘yicha jamlanadi va balansi tekshiriladi. Va nihoyat “Oylik yuk ortish rejasi” dan “Oyda hammasi” (marshrutlashtirilgan) vagonlar chegirib, marshrutlashtirishdan qoldiq vagonlar miqdari aniqlanadi va balansi tekshiriladi. Pog‘onasimon marshrutlarini kalendar rejasini ishlab chiqish “N” yuk stansiyasida pog‘onasimon marshrutlarni shakllash uchun kalendar reja ishlab chiqiladi. Kalendar reja 2.7- va 2.8-jadval ma’lumotlari asosida oyning dekadalari, dekadaning sanalari, stansiya bo‘yicha jami, yo‘nalishlar va yuk jo‘natuvchilar (ob’yektlar) bo‘yicha bir tekisda ishlab chiqiladi. 2.4-jadvalda “N” stansiyasidan oy kunlari bo’yicha pog‘onasimon marshrutlar shakllashning “A”, “B” va “V” yo‘nalishlarga taqsimlab chiqilgan kalendar rejasi ko‘rsatilgan. Pog‘onasimon marshrutlarini shakllashda barcha yuk ob’yektlari qatnashadi. Pog‘onasimon marshrutlarni kalendar rejasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: 1-bosqich – kalendar rejani “Oylik yuk ortish rejasi” qatori 2.4-jadvalning oyda hammasi qatori ma’lumotlari – jami 1225; A ga 637; B ga 588 va V ga 147 vag. asosida to‘ldirib chiqiladi. So‘ngra yo‘nalishlar bo‘yicha vagon oqimlari yuk ob’yektlari bo’yicha taqsimlab chiqiladi: A ga tayinlangan 294 ta vag. yuk saroyidan 540 ta, 1- TYSHY dan 637 ta va 2- TYSHY dan 588 ta vag. jo‘natiladi va h.k. 2-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatori 2.4jadvalning II-variant, pog‘onasimon marshrutlar qatori ma’lumotlari – stansiya bo‘yicha 25 ta mar., 1225 ta vag.; shu jumladan Q ga 7 mar.343 vag., B ga 14 ta mar. 686 ta vag. va V ga 4 ta mar. 196 ta vag. asosida to‘ldirib chiqiladi. 3-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi stansiya bo‘yicha 25 tamarshrutni va ulardagi 1225 ta vagonlarni oyning dekadalari bo‘yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi: I-dekadada 8 ta mar. va 8 · 49 = 392 ta vag., II- va III-dekadalarda esa 16 ta mar va 16 · 49 = 784 tadan vag. So‘ngra dekadaning sanalari bo‘yicha ham marshrutlar va vagonlar taqsimlab chiqiladi. 4-bosqich – kalendar rejani “Oyda hammasi” qatoridagi “Q”, “B” va “Y” yo‘nalishlarga tayinlangan marshrutlarni va vagonlarni 3-bosqichdagi kabi oyning dekadalari va dekadaning kunlari bo‘yicha bir tekis taqsimlab chiqiladi. Yo‘nalishlar bo’yicha marshrutlarni va vagonlarni taqsimlashda shunga ahamiyat berish kerakki, oyning har bir sanasi bo‘yicha ularning jami stansiya bo‘yicha shu sanadagi marshrutlarga va vagonlarga teng bo‘lishi kerak. 5-bosqich – kalendar rejaning oyning sanalarida “Q”, “B” va “Y” yo‘nalishlar bo’yicha taqsimlangan marshrut tarkibiga har bir yuk jo‘natuvchilar qanchadan yuk ortilgan vagon taqdim etishlari belgilab chiqiladi. Bunda har bir yuk jo‘natuvchining sutkalik yuk ortish miqdoridan kelib chiqqan holda oyning kunlari bo‘yicha bir tekisda bo‘lishiga ahamiyat beriladi. 6-bosqich – kalendar rejani oyning sanalari, dekadalari va “oyda hammasi” yuk jo‘natuvchilar bo‘yicha jamlanadi va balansi tekshiriladi. Va nihoyat “Oylik yuk ortish rejasi” dan “Oyda hammasi” (marshrutlashtirilgan) vagonlar chegirib, marshrutlashtirishdan qoldiq vagonlar miqdari aniqlanadi va balansi tekshiriladi. Agar texnika – iqtisodiy hisoblar natijasida pog‘onasimon pog‘onasimon pog‘onasimon marshrutlari samarali bo’lganida, marshrutlarni shakllashning kalendar rejasi 2.1- va 2.2-jadval ma’lumotlari asosida oyning dekadalari, dekadaning sanalari, stansiya bo‘yicha jami, yo‘nalishlar va yuk jo‘natuvchilar (ob’yektlar) bo‘yicha bir tekisda ishlab chiqiladi. Stansiyasidan oy kunlari bo’yicha pog’onasimon marshrutlar shakllashning “Q”, “B” va “Y” yo’nalishlarga taqsimlab chiqilgan kalendar rejasi 2.4-jadval
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling