Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari
Jahon xo'jaligida ro'y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko'ra vujudga kelgan transmilliy korporatsi-
yalar o'ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo'lib, uning rivojlanishiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojla nishida sezilarli rol o'ynamoqda.
Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta'sir ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tu shuniladi.
Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko'rsatish mum kin 21:
TMKlar jahon xo'jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo'lib, aynan ular glo ballashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;
milliy chegaralarda sodir bo'layotgan jarayonlardan bir muncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;
dunyoning ko'pgina mamlakatlarida o'zining operatsiyala rini amalga oshirgan holda jahon xo'jaligi munosabatlarini tar tibga solishda ishtirok etishi;
TMKlar o'z tarkibiy tuzilmasiga ko'ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro maj muasi bo'lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo'nalishini muvofiqlashtirib boradi;
aksionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta'sis etuv chi mamlakat vakolatiga tegishli bo'ladi;
xorijiy bo'linma va sho'ba korxonalar milliy ishtirok daraja siga ko'ra aralash bo'lishi mumkin;
TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mam lakatdagi sodir bo'layotgan jarayonlardan erkin bo'ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |