J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari


Download 1.93 Mb.
bet62/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari


Jahon xo'jaligi rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli shakllardagi integratsion jarayonlarni ko'rishimiz mumkin. Kun-
dan kunga xo'jalik hayotda integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Buni biz integratsion jarayonlar borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot, tovar ayirboshlashgacha bo'lgan turli ko'rinishlarini bir-biriga qo'shilib borishida ko'rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashma­ larning bir nechta asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:

  • imtiyozli savdo hududi;

  • erkin savdo hududi; yagona bojxona ittifoqi;

  • umumiy bozor;

  • iqtisodiy ittifoqlar;

  • to'liq iqtisodiy integratsiya.

lmtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a'zo bo'lgan mamlakat­ larga savdoda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. lqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o'rtasida tuzilib, hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona to'lovlari qisqartiriladi. Bunda dun­ yoning qolgan mamlakatlari uchun birlamchi savdo tariflari saqlab qolinadi. lqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga mi­ sol sifatida 1932-yilda tashkil etilgan <Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlar­ ning o'zaro kelishuviga asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqa­ rilgan mahsulotlar bilan o'zaro savdo qilishda bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhi­ dan iborat. Bitimga a'zo bo'lmagan mamlakatlar bilan savdo alo­ qalarini amalga oshirishda ESHga kiruvchi har bir davlat o'zining mustaqil savdo siyosatini yuritadi.
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq xo'jalik mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsu­ lotlar savdosi amalga oshiriladi. Erkin savdo hududi unga a'zo
mamlakatlardan biriga joylashgan mamlakatlararo kotibiyat to­ monidan tartibga solinib turiladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960-yilda tashkil etilgan Yev­ ropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, lslandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveysiya kabi bir gator mamlakatlar bor. Yevropa iqtisodiy hudu­ di (1994-y)da esa Yevropa lttifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud.
Boltiq bo'yi erkin savdo hududi (1993-y.)ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari kiradi.
Markaziy Yevropa erkin savdo hududi 1992-yilda tuzilgan bo'lib, uning tarkibiga Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi.
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994-y.) a'zolari bo'lib Kanada, Meksika, AQSH davlatlari hisoblanadi.
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992-y.) Bruney, lndoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland dav­ latlarini birlashtiradi.
lqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo kelishuvi (1983-y) tashkil etilgan.
Bangkok kelishuvi (1993-y.) Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat.
Bojxona ittifoqi -· ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo'yicha o'zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o'zaro kelishuvidir. Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar orasidagi o'zaro savdoda boj to'lovlari va yig'imlari ham­ da boshqa cheklovchi tadbirlar olib tashlanadi. Uchinchi (Bojxo­ na ittifoqiga kirmaydigan) davlatlar bilan savdo munosabatlarida bu davlatlar yagona bojxona siyosatini amalga oshiradilar.
Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga so­ lishning bu ko'rinishi bojxona ittifoqi qatnashchilari o'rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning tashqi chegaralarida muvo­ fiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi. Boj­ xona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarini yaratish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga a'zo mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste'mol sohasida yuz beradigan tarkibiy o'zgarishlarda o'z ak­ sini topadi: talab va taklif nisbiy ustunlik tabiatiga mos ravishda o'zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishiga qarab aholining turmush farovonligini oshiradi, bi­ roq, ayni bir paytda ishlab chiqaruvchilarning arzon mahsulot­ laridan qimmatroq tovar ishlab chiqarishga moslashishlari nati­ jasida esa, farovonlikni birmuncha pasaytiradi.
Bojxona ittifoqlari dunyoning juda ko'p mamlakatlarida rivojlangan. Ular quyidagilar: Turkiya bilan YI assotsiatsiyasi (1963-y.), uning tarkibiga YI mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964-y.) - Misr, Iroq, lordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961-y.) - Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gondu­ ras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o'rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992-y.) - Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tash­ kiloti (1991-y.) - Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, Monserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsen va Grenadinalar.
Umumiy bozor integratsion birlashmalarning ancha murakkab turi bo'lib, u bojxona ittifoqiga ishchi kuchi va kapital harakatiga qo'yilgan cheklashlarni bekor qilishni qo'shish va iqtisodiy siyo­ satni muvofiqlashtirish orqali tashkil etiladi. Umumiy bozorga integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish omillari dav­ latlar o'rtasida kapital va ishchi kuchlar borasida ham almashuv­ lar qilishadi.
Umumiy bozorlar qatoriga quyidagi xalqaro tashkilotlarni kiritish mumkin:

  • Janubiy konus mamlakatlari umumiy bozori (MERKOSUR)

  • Markaziy Amerika umumiy bozori - Gvatemala, Gon­ duras, Kosta-Rika, Nikaragua va Salvador kabi davlatlarni bir­ lashtirgan;

  • Sharqiy va Janubiy Afrika umumiy bozori (KOMESA), o'z tarkibiga Afrikaning bir gator rivojlanayotgan davlatlarini bir­ lashtirgan;

  • Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assosiatsisi (ASEAN) - Tinch va Hind okeani qirg'oqlarida joylashgan 10 ta (Bruney, Vetnam, lndoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin) rivojlanayotgan mamlakatlarni bir­ lashtirgan;

  • Fors ko'rfazidagi arab mamlakatlari hamkorligi (1981-y.) - Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA;

  • And umumiy bozori (1990-y.) - Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Venesuela;

  • Lotin Amerikasi integratsion assotsiatsiyasi - LAIA (1990- y.) - Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Meksika, Peru, Urugvay, Venesuela.

Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqat­ gina savdoni emas, balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi katta miqdordagi qonuniy me'yorlarni o'zaro uyg'unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog'liqdir. Shu sababli ichki bojxona to'siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi dunyo mamlakatlari bilan savdoda umu­ miy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning natijasida mil­ liy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchi­ ning hech qanday to'siqlarsiz o'tishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari umumiy bozorni shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish uchun zamonaviy fondlarni yaratishga zaruri­ yat tug'iladi. Umumiy bozorni xalqaro iqtisodiy ittifoqqa aylanti­ rish jarayonida bu fondlarning ahamiyati juda katta bo'ladi. Bun­ da millatlararo muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yevropa lttifoqi tajribasidan ma'lumki, bunday tashki­ lotlarni tashkil etmasdan turib milliy qonunchilik me'yorini sod-
dalashtirish va integratsion birlashma ishtirokchilarining umumiy qarorlari bajarilishini nazorat qilish mumkin emas.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamo­ naviy bosqichida Ylning ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu tashkilot iqtisodiy integratsion jarayonlarning eng yuqori cho'qqisiga intilishini yaqqol namoyish etmoqda.
lqtisodiy ittifoq yuqoridagi ko'rib chiqilgan barcha integra­ tsion tadbirlarga qo'shimcha ravishda qatnashuvchi davlatlar to­ monidan yagona iqtisodiy siyosat o'tkazilishini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartiblashtirishning davlatlararo tizimini yaratishni taqozo etadi. Unda bojxona tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valuta, budjet, pul sohalarida qonunchilikning unifikatsiyasi ko'rib chiqiladi.
lqtisodiy ittifoq shaklidagi integratsion birlashmalarga - Yev­ ropa ittifoqi, Benilyuks iqtisodiy ittifoqi (1948-y.) - Belgiya, Ni­ derlandiya, Lyuksemburg, Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MOH) 1992-y. - Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkma­ niston, O'zbekiston. Mag'rib arab ittifoqi (1989-y.) - Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunis. Lagos harakat rejasi (1973-y.) - Af­ rikajanubidan Saxaragacha bo'lgan mamlakatlar. Manu daryosi it­ tifoqi (1973-y.) - Gvineya, Liberiya, Sverra-Leone. G'arbiy Afrika iqtisodiy va valuta ittifoqi (1994-y.) - Benin, Burkina-Faso, Kot-d lvuar, Mali, Niger, Senegal, Togo kabilar kiradi.
To'liq iqtisodiy integratsiya - integratsiya doirasida yagona iqtisodiy, valuta va siyosiy ittifoqning shakllanishi, xalqaro savdo, tashqi siyosat va boshqa hamkorlik sohalarida umumiy siyosat­ ning amalga oshirilishi. Mazkur integratsion hudud doirasida huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To'liq iqti­ sodiy integratsiya barcha a'zo mamlakatlar uchun yagona valu­ ta siyosatini talab qiladi. Valuta munosabatlarida yagona valuta tizimi va valuta mexanizmi amal qiladi.
Savdo iqtisodiy ittifoqlarning zamonaviy turlariga xos bo'lgan asosiy xususiyatlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling