J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari
9.1-jadval
lqtisodiy ittifoqlarning umumiy xususiyatlari 23
G'arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari G'arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi rivojlanish jarayonini shartli ravishda to'rt bosqichga bo'lish mumkin. 1951-yil aprel oyida tarkibiga oltita davlat kiruvchi Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi tashkil topdi. 1957-yilda shu davlatlar Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energetikasi bo'yicha Yev ropa hamjamiyati tuzish to'g'risida shartnomaga qo'l qo'ydilar. Hamjamiyat tarkibiga iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlan gan davlatlar kirdi. Yevropa ittifoqining tashkil topish va rivojlanish tarixi 1951-yil lardan boshlanadi. 23 MuxawnyIIIKlfH A.11., lliuMKO Il.Jl. Me)l(.11.yttapo.nttasi: 3K0H0MMKa: Teopusi: u npaKTMKa: Y'-le6ttux .nnH BY30B.- Cil6.: IlMTep, 2008. C. 235. Birinchi bosqich 50-yillar oxiridan 70-yillar o'rtalarigacha davom etdi. Bu davr Yevropa iqtisodiy integratsiyasi uchun < Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini yoki < a'zo mamlakatlar o'rtasidagi savdodagi barcha cheklovlarni asta-sekinlik bilan bartaraf etish; uchinchi mamlakatlar bilan savdoga umumiy boj tariflarini o'rnatish; «Insonlar, kapital xizma tlar►>ning erkin harakati uchun to'siqlarni tugatish; Qishloq xo'jaligi va transport sohasida umumiy siyosatni ishlab chiqish va o'tkazish; Valuta ittifoqini tuzish; Soliq siyosatini birxillashtirish; Qonunchilikni bir-biriga moslashtirish; lqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish. Ushbu yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun boshqa ruv tuzilmasi tashkil etildi: bular YIH vazirlar kengashi, Yevropa hamjamiyati komissiyasi, Yevropa sudi hamda Yevropa parlamen tidan iborat. YIH a'zo-mamlakatlarning mahsulotlari, kapitallar, ishchi kuchi va xizmatlarining umumiy bozorini tashkil etish masala sini hal qilishni o'z oldiga birinchi galdagi maqsad qilib qo'ydi. Buning uchun esa Bojxona ittifoqi tashkil qilindi. Ushbu Bojxona ittifoqi YIH asosida turadi. Bojxona ittifoqi doirasida quyidagilar amalga oshirildi: a'zo mamlakatlar o'rtasidagi savdo aloqalaridagi cheklovlar bartaraf etildi; uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar bo'yicha yagona bojxona tarifi o'rnatildi; kapitallar, kreditlar, pul o'tkazmalari hamda xizmatlarning erkin harakatiga erishildi; ishchi kuchi migratsiyasining erkinligi ta'minlandi. Yuqoridagi barcha choralar sanoat integratsiyasining jadal lashishiga imkon tug'dirdi. I kkinchi bosqich (70-yillar o'rtalaridan 80-yillar o'rtalarigacha) YI tarixida turg'un davr bo'lib hisoblanadi. Shunday bo'lsada bu davrda Ylga a'zo mamlakatlar Yevropa vahlta hamkorligi dastu ri ni qabul qilishga, tashqi siyosiy maslahatlar mexanizmini tash kil etishga muvaffaq bo'ldilar, lekin ba'zi salbiy tendensiyalarning yuzaga kelishi oqibatida g'arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasini, < Uchinchi bosqich (80-yillarning ikkinchi yarmidan 90-yil lar boshlariga qadar) - lttifoq tarkibini kelajakda kengaytirish bosqichi. 1986-yilda Ispaniya va Portugaliyaning qo'shilishi oldindan davom etayotgan davlatlar o'rtasidagi nomutanosib likning kuchayishiga olib keldi. YlHga kirish vaqtida Portugali yada aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadi taxminan YIH bo'yicha 3/2ni, lspaniyada esa 3/4 atrofida bo'lgan. Yangi a'zo mamlakatlarda taxminan beshtadan bir kishi qishloq xo'jaligida ishlagan, bu paytda YIHda o'n uchtadan biriga to'g'ri kelgan. Shu bilan birgalikda bu davr G'arbiy Yevropa integratsiyasi rivoj lanishida Yagona Yevropa Aktining (YYA) qabul qilinganligini ifoda etadi. YIH rivojlanishida 1987-yilda qabul qilingan YYA muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu akt umumiy bozorni iq tisodiy ittifoqqa aylantirish yo'nalishlarini belgilab berdi. Ya'ni savdo yo'lidagi barcha to'siqlarni olib tashlash, a'zo mamlakat larda ichki chegaralarni ochish, tovar ayirboshlashni jadallashti rish, yagona valuta tizimini joriy etish va barcha fuqarolarning huquqlari tengligi hamda ijtimoiy kafolatlanish tadbirlarini amalga oshirishdan iborat edi. Mazkur akt qabul qilinishi bilan Ittifoqqa a'zo mamlakatlarda mikro va makroiqtisodiyot, siyosat va huquq, fan va ekologiya sohalarida hamda ijtimoiy munosabatlarda integratsiya jarayon lari kuchayib bordi. 90-yillar boshida Ylga a'zo mamlakatlar amaliyotda umumiy bozor qoidalarini tashkil etishni tugatdilar va valuta-iqtisodiy hamda siyosiy ittifoqni shakllantirishga astoy dil kirishdilar. To'rtinchi bosqich (90-yillar o'rtalaridan XXI asr boshla riga qadar). Yagona Yevropa Akti qoidalariga muvofiq 1993-yil 1-yanvardan lttifoq chegaralari ichida mahsulotlarning erkin ha rakatlanishi kiritildi. Bunga muvofiq hamjamiyatning o'n ikki davlat rahbarlaridan iborat a'zosi odamlar, tovarlar, kapital va axborotlarning erkin harakatlanishi uchun ishtirokchi mamlakat lar o'rtasidagi chegaralarni ochish to'g'risida Shengen bitimini imzoladilar. Haqiqatda lttifoq doirasida yagona iqtisodiy makon vujudga keldi. 1992-yilda YI to'g'risida Maastrix shartnomasi imzolanib, ushbu hujjatga ko'ra quyidagilar ta'sis etildi: Yagona Yevropa fuqaroligi; Siyosiy ittifoqligi; Iqtisodiy va valuta ittifoqi. Maastrix shartnomasiga (1992-yil fevral) asosan YIH 1994-yil 1-yanvardan 15 ta a'zo mamlakatni o'z ichiga olgan Yevropa Ittifoqiga aylantirildi. YI doirasida to'liq yagona ichki bozorni tashkil etish amalga oshirildi. Integratsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadlari barcha a'zo mamlakatlar tomonidan qo'llab quvvatlandi. Bular o'z ichiga yagona valuta YEVROni emissiya qiluvchi Yevropa bankini tashkil etish hamda ichki chegaralarsiz yagona G'arbiy Yevropa makonini yaratishni va boshqalarni olardi. Yuqoridagi ma'lumotlar asosida shuni xulosa qilishimiz mum kinki, G'arbiy Yevropada ikkinchi jahon urushidan keyin ikkita yirik integratsion guruhning, ya'ni Yevropa Iqtisodiy Hamjami yati (EES) va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EAST)ning vu- judga kelishi natijasida integratsion jarayonlar katta tezlikda rivoj lanib borgan edi. 90-yillarning o'rtalariga kelib esa EES deyarli EASTni o'z tarkibiga qo'shib oldi. EAST o'z tarkibida faqatgina lslandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya davlatlarini saqlab qoldi, xolos. Bu ikki birlashmani solishtiradigan bo'lsak, EAST o'zining taraqqiyotida bojxona ittifoqini yaratishdan u yog'iga o'tmadi, uning tuzilmasi millatlararo tashkilotlar bilan mustahkamlanmadi. 1990-yilda YI va EAST o'rtasida Yevropa iqtisodiy makonini yaratish to'g'risida kelishib olindi. Bu makon doirasida EAST a'zolarining ishlab chiqaruvchilari YI a'zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferensial bojxona rejimidan foydalanishadi. Shuningdek, Maastrix shartnomasida milliy valutalarni asta sekin muomaladan chiqarib va yagona umumyevropa pul birli gini, ya'ni Yevroni joriy etishdek murakkab jarayonga ilk qa dam qo'yildi. Ya, nihoyat, 1995-yilda Hamjamiyatga yana uchta davlatni (Avstriya, Finlyandiya va Shvetsiya) kirishi va Yevropa lqtisodiy Hamjamiyatining YI deb nomlanishidan so'ng bu in tegratsion birlashma o'zining hozirgi zamonaviy ko'rinishiga ega bo'ldi. 1970-80-yillarda ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlar bilan, 90-yillarda Yevropa erkin savdo assosiatsiyasi (EAST) a'zolari bi lan, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan tuzilgan bitimlar YI ni jahon iqtisodiyotining yirik markazlardan biriga aylantirdi. YI bilan jahonning barcha yetakchi mamlakatlari o'zaro aloqalarni olib borishadi. 1960-yilda Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg mamlakatlari o'rtasida imzolangan shartnoma asosida BENILYKS iqtisodiy it tifoqi yuzaga keldi. Mazkur ittifoq doirasida mahsulotlar, xizmat lar, kapital va fuqarolarning erkin harakati ta'minlanib, uchinchi mamlakatlarga nisbatan esa, yagona savdo va iqtisodiy siyosat olib boriladi. 1993-yilda Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya hamda Slo veniya mamlakatlari tomonidan imzolangan shartnoma asosida Markaziy Yevropa erkin savdo uyushmasi (MVESA) vujudga keldi. So'ngra bu mamlakatlar Yevropa lttifoqiga a'zo bo'lganlari tufayli MVESAdan chiqishda, hozirda esa, unda Albaniya, Bos niya va Gersegovina, Xorvatiya, Makedoniya, Moldova, Serbiya, Kosovo hamda Chernogoriya kabi mamlakatlar ishtirokchi hisob lanadi. Ylning maqsadi Yevropa xalqining uzviy aloqasini tashkil etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashish, ichki chega rasiz umumiy makonni yaratish, ijtimoiy sohada o'zaro aloqa larni kuchaytirish hisoblanadi. Yevropa ittifoqi faoliyati davomida a'zo mamlakatlarning iqti sodiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini qo'llab-quvvat lashni o'z oldiga eng muhim maqsadlardan biri sifatida qo'ygan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling