J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARI
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
9-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA JARAYONLARIXalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari. G'arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari. lqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlaming hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlari (NAFTA). Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy integratsiyasining xususiyatlari (MERKOSUR). Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.). O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida integratsion jarayon larning rivojlanishi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tenden siya amal qilmoqda. Bir tomondan jahon xo'jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning natijasida mamlakatlar o'rtasidagi iqti sodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi ham da zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining tashkil topi shi kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu jarayon TMKlar faoliyati orqali namoyon bo'lmoqda. Boshqa tomondan esa, iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinla shish va mamlakatlarning mintaqaviy darajada o'zaro birgalikda faoliyat ko'rsatishi, shuningdek, yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanishi hamda ularni jahon xo'jaligi markazlarida mustaqil faoliyat ko'rsatib rivojlanib borishi sodir bo'lmoqda. Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy xo'jaliklar o'rtasida o'zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negi zida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo'lib, ishlab chiqarish tuzilmalari ning turli darajada va turli ko'rinishlardagi o'zaro aloqadorligini namoyon qiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ik kita asosiy ko'rinishda, mikro va rnakro darajalarda namoyon bo'ladi. Mikro darajada bu jarayon qo'shni marnlakatlarda gi alohida firrnalarning turli shakllardagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda o'z filiallarini tashkil etish yordarnida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada integratsiya rnamlakatlarning iqtisodiy birlashrnalari ni tashkil etish va rnilliy siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bizga ma'lurnki, firmalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida aloqalarning tez rivojlanishi, tovar alrnashuvida xizrnat ko'rsatish, kapital va ishchi kuchlarining mamlakatlar o'rtasida erkin harakatini ta'minlashga, iqtisodiy, ijtimoiy, ilrniy-texnika viy, tashqi iqtisodiy va shuningdek, mudofaa siyosatlarini, moliya valuta sohasidagi harakatlar yagona siyosatga kelishishga qaratil gan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini taqozo etadi. Buning natijasida, yagona valuta, infratuzilma, moliyaviy fondlar, umu miy mamlakatlararo boshqaruv organlariga ega bo'lgan iqtisodiy majmualar tashkil topishi yuz beradi. Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi: I. Bozorlarni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab chiqarish ko'lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirish. Mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini oshirish. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari sifatida quyida gilarni keltirish mumkin: mamlakatlar o'rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuv va jamlanish jarayoni yanada tezroq kechadi; mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari yuzaga keladi; bozorlaming hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytira olish imkoniyatlari yuzaga keladi; ijtimoiy masalalami hamkorlikda hal etish imkoniyati pay do bo'ladi; mamlakatlar o'rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir bo'ladi, bu holat, yanada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqa rishga ta'sir ko'rsatadi; iqtisodiy o'sish sur'atlarining jadallashuviga erishiladi; xalqaro savdo munosabatlarida qulay sharoitlar yaratiladi; yangi texnologiyalaming keng tarqalishiga va joriy etilishi- ga imkon yaratadi. lqtisodiy integratsiyaga ta'sir ko'rsatuvchi omillar jumlasiga, jahon xo'jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlani shi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodi yotlar ochiqlik darajasining ortib borishi kabilar kiradi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi bo'lib, istiqbolda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin ha rakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning subyektlari jumlasiga xalqa ro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik hamda ayirbosh lashni amalga oshiruvchi mamlakatlar kiradi. Uning obyektlariga esa, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predmeti hisoblangan mahsulotlar, xizmatlar, valuta va ishchi kuchlarini kiritish mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida in tegratsiyada ishtirok etuvchi mamlakatlar ichki bozorining rivoj lanish darajasi, mintaqaviy jihatdan yaqinligi, mamlakatlar ijti moiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining umumiyligi kabilami kiritish mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllanishining asosiy shart sharoitlari sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin: integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi holatining yaqinligi; integratsiyalashayotgan mamlakatlarning mintaqaviy jihat dan o'zaro yaqinligi. Jahondagi integratsion birlashmalarning ak sariyati mintaqaviy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bo'lgan bir necha qo'shni mamlakatlar guruhi orqali shakllangan; integratsion hudud doirasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarida mamlakatlardagi mavjud muammolarning umumiyligi. Jahon iqtisodiyotida shakllangan ko'plab integratsion birlash malar deyarli bir-biriga o'xshash vazifalarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: keng ko'lamdagi iqtisodiy afzalliklardan foydalanish. lqti sodiy integratsion hudud doirasida bozorlar hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlar, xomashyo resurslarining erkin harakati uchun sharoit yaratish va boshqalar. Bu holat mamlakatlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etishni yanada rag'batlantiradi; qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko'plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi mam lakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir biri bilan o'zaro manfaatli hamkorlik qilishni nazarda tutadi; savdo munosabatlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar ni hamkorlikda amalga oshirish; milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish hamda iqti sodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko'maklashish. Ta'kidlash lozimki, iqtisodiy integratsiya ishtirokchi mam lakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yaxshilanishi, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi uchun sha roit yaratadi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling