J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Globallashuv sharoitida TMKlar o'rtasidagi birlashish va


Download 1.93 Mb.
bet59/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Globallashuv sharoitida TMKlar o'rtasidagi birlashish va qo'shib olish (M&A) jarayonlari

Birlashish va qo'shib olishlar (ingl. Mergers and Acquisitions, M&A) - kapital va biznesni mustahkamlashda makro va mik­ roiqtisodiy darajalarda bozordagi bir nechta kichik kompaniyalar o'rnida yiriklarining yuzaga kelishi natijasida sodir bo'ladigan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Birlashish - bu ikki va undan ortiq xo'jalik yurituvchi sub­ yektlarning birlashishi bo'lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakllanadi.
Birlashishlarda kompaniya yuridik shaxs va soliq to'lovchi si­ fatidagi o'zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya bilan birlashadi. Yangi kompaniya o'zining tarkibiy qismidagi kompaniyaning mijozlari oldidagi barcha majburiyatlarini va ak­ tivlarini bevosita boshqarishni hamda nazorat qilishni o'z zim­ masiga oladi.
Qo'shib olish - qo'shib olinadigan kompaniya ustav kapitali­ ning 30 foizdan ortig'ini egallash yo'li bilan amalga oshiriladigan va xo'jalik jamiyati ustidan nazorat o'rnatish maqsadida tuzi­ ladigan bitimdir, bunda jamiyatning yuridik mustaqilligi saqlab qolinadi.
Kompaniyalar birlashishi va qo'shib olinishining asosiy tur­ lari tasnifi. Xususiyatiga bog'liq holda kompaniyalar integratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
Kompaniyalarning gorizontal birlashishi. Bu aynan bir turda­ gi mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaning qo'shilishi emas, buning natijasida faoliyatni rivojlantirish va raqobatlashuv bo'yicha ustunlikka erishiladi.
Kompaniyalarning vertikal birlashish bu bir gator kompani­ yalarning birlashishi bo'lib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xomashyo yetkazib beradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayishi va foydaning oshishiga erishiladi.
Kompaniyalarning parallel birlashish - o'zaro aloqador bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning birlashishi.
Konglomerat birlashishi - ishlab chiqarish yoki ta'rninot rnu­ nosabatlari bo'yicha o'zaro aloqador bo'lmagan kompaniyalar­ ning birlashishi bo'Iib, bunda bir tarrnoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo'shilishi sodir bo'ladi.
Tahliliy rna'lumotlarga ko'ra dunyoda M&A bo'yicha har yili o'n besh rningga yaqin bitim tuziladi. Bitimlar hajrni va qiymati bo'yicha yetakchilikni AQSH egallagan.
Geografik ko'lami bo'yicha bitirnlar quyidagilarga bo'linadi: mahalliy;

  • mintaqaviy;

  • milliy;

  • xalqaro;

  • transrnilliy (transmilliy korporatsiyalar ishtirokidagi bitim- lar).

Milliy aloqadorligi bo'yicha quyidagicha tasniflash mumkin:

  • ichki bitimlar (bitta mamlakat doirasida sodir bo'ladigan);

  • eksportga oid (bozorning xorijiy ishtirokchilariga nazorat huquqini berish);

  • importga oid (xorijdagi kompaniyalar ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo'lish);

  • aralash (transmilliy korporatsiyalarning bitimlarida yoki bir nechta turli davlatlar aktivlari bilan kompaniyalarda ishtirok etish).

Kompaniyalarning birlashish va qo'shib olishlar jarayonining (M&A) faollashuvi zamonaviy iqtisodiyotning muhim jihatlari­ dan biri hisoblandi. Korporatsiyalar birlashishi tufayli yuzaga keladigan salohiyatli imkoniyatlar integratsion jarayonlarning yanada jadallashuviga ta'sir ko'rsatdi. Birlashish va qo'shib olishlar ko'pgina korporatsiyalar tomonidan o'zgaruvchan bozor sharoitlariga muvofiq holda ishlab chiqarish aktivlarini optimal­ lashtirish hamda raqobatlashuv afzalliklariga erishish yo'li sifa­ tida qaraladi. Shuning uchun mazkur soha tadqiqotlari bo'yicha ko'pgina ekspertlar shug'ullanishadi hamda ular korporatsi­ yalar birlashish va qo'shib olishlarining universal loyihalarini tuzishga harakat qilishadi. Misol uchun, Watson Wyatt kom­ paniyasi korporatsiyalar birlashishining beshta bosqichini aniq­ lagan: vazifalarni tashkil etish, holatni baholash, tadqiq etish, muzokaralar o'tkazish, haqiqiy birlashish. Shuningdek, ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini taklif etishgan.
Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishning maxsus instrumentlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birla­ shish va qo'shib olishlar, strategik alyanslar va autsorsing.
TMKlar xalqaro birlashish va qo'shib olishlar hamda global bozorlardagi raqobatlashuv holatini o'zgartirish bo'yicha trans­ chegaraviy bitimlarni keng qo'llaydilar.
TMKlar faoliyati tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy glo­ ballashuv sharoitlarida birlashish va qo'shib olishlar turli mam­ lakatlaming mahalliy aktivlardan investitsion portfelni tezlikda
shakllantirish, yangi bozorlarni o'zlashtirish, ishlab chiqarish ja­ rayonining yangi bosqichini hamda xomashyoning yangi man­ balarini egallash imkoniyati hisobiga korporatsiya raqobatlashuvi oshishining muhim manbasi hisoblanadi.
Dunyodagi yirik korporatsiyalar o'rtasida birlashish va qo'shib olishlar, shuningdek, «yomon•> aktivlarni sotish va natijada raqo­ batchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan kor­ poratsiyalar guruhini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunday korpo­ ratsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSH, neft sohasi), General Electric (AQSH, konglomerat), Glaxo Smith Kline (Buyuk Bri­ taniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, I BM, Apple (AQSH, elektronika sanoati), Nestle (Shveysariya)larni kiritish mum­ kin. lnnovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo'lgan boshqa kompaniyalar qo'shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo'llab-quvvatlashdan ibo­ ratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bris­ tol-Myers-Squibb, Shveysariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Fransiyaning Sanofi-Aventis.
Transchegaraviy birlashish va qo'shib olishlar ishtirokchi kom­
paniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini bir­ lashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo'naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy sa­ maraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diver­ sifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish, asosan nomoddiy (nou-xau, savdo belgilari, tashkiliy bilimlar) va boshqalarga ega bo'lish imkoniyati yuzaga keladi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, transmilliy korporatsiyalar o'rtasidagi birlashish va qo'shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhim omil bo'lib hisoblanadi. Bu holat o'z navbatida transmilliy korpo­ ratsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling