J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari


Download 1.93 Mb.
bet56/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot uchun afzalliklari


Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o'rin tutadi, ya'ni
aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini hara­ katga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki transmilliy kor­ poratsiyalar filiallarining dunyo mamlakatlari bo'ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishning rivojla­ nishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksport­ import operatsiyalarining rivojlanishi esa, o'z navbatida mam­ lakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta'minlaydi.
Transmilliy korporatsiyalarda kapitalning harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo'layotgan jarayonlardan mus­ taqil ravishda sodir bo'ladi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik inves­ titsiya va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyali, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tenden­ siyasi ro'y bermoqda.
Transmilliy korporatsiyalar o'rtasidagi birlashish va qo'shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo'naltirilgan. Shuningdek, ishlab' chiqarishni kengaytirish hiso­ biga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo'lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o'rtasidagi birlashish va qo'shib olish­ lar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivoj­ lanishiga ta'sir etuvchi muhim omil bo'lib hisoblanadi. Bu holat o'z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta'sir ko'rsatadi.
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o'rin egallaydi. Chunki aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo'ylab inves­ titsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar to­ monidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xu­ susan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyo-
dagi yetakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiya­ lar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo'jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki transmilliy korporatsiyalar bir vaqt­ ning o'zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro lizing mu­ nosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o'zining ta'sirini o'tkazadi. Mazkur munosabat­ Jarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o'zida mujas­ sam etadi.
Korporatsiyalarning milliy vajahon iqtisodiyoti uchun muhim­ ligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko'lamda bir joyga to'planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyo­ tining muhim subyektlari bo'lib hisoblanadi. Biroq ularning mil­ liy va jahon iqtisodiyotiga ko'rsatadigan ta'siri ijobiy hamda salbiy bo'lishi mumkin. TMKlar quyidagi afzalliklarga ega:

    • o'z tuzilmasida ta'minot, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, taqsimlash va sotish korxonalarini birlashtirgan barcha yirik kompaniyalar uchun muhim hisoblangan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish imkoniyati;

    • aktivlarni samarali boshqarish imkoniyati;

    • xorijiy mamlakatlarning resurslaridan foydalanish (qabul qiluvchi mamlakatlarning moliyaviy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xomashyo resurslari hamda yuqori malakali ishchi kuchlaridan foydalanish) yo'li bi­ Ian raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish­ ning qo'shimcha imkoniyatlari;

    • qabul qiluvchi mamlakatlardagi raqobatchilarning salohi­ yati, bozorlarning istiqboli haqidagi ma'lumotlarni olish imkoni­ yati hamda xorijiy bo'linmalar mahsulotlarining iste'molchilarga yaqinligi. Shuningdek, TMKlar bo'linmalari asosiy kompaniya va bo'linmalarning boshqaruv va ilmiy-texnik salohiyatining yuqo­ riligi natijasida qabul qiluvchi mamlakatlardagi korxonalarga qa­ raganda muhim afzalliklarga ega bo'ladi;

    • mamlakatlar bozorlariga kirishdagi turli xildagi proteksio­ nistik to'siqlarni tovarlar eksportini kapital eksportiga (jumladan, xorijiy filiallarni tashkil etish) almashtirish yo'Ii bilan oldini olish imkoniyati;

    • xorijiy bo'linmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga asosiy kompaniya tomonidan yaratilgan yuqori texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy ravishda joriy etilishi;

    • dunyoning turli mamlakatlariga o'zining ishlab chiqarish­ larini joylashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga ke­ ladigan risklarni kamaytirish imkoniyati.

Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog'liq bo'lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada o'rganilgan.
TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomon­ larini alohida ajratib ko'rsatish mumkin:

    • aholi va sanoat uchun keng ko'lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish imkoniyati;

    • milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi;

    • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta'minlash;

    • mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;

    • yangi ish o'rinlarini yaratish;

    • kadrlar malakasining oshishi;

    • resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga keli- shi;

    • milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimoti- ga qo'shilishini ta'minlash;

    • investitsion faollikni oshirish;

    • yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.

TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga ko'rsatadigan salbiy ta'siri ular afzalliklarining davom etishi bo'lib, asosan, ularning juda yirik o'lchamdagi moliyaviy resurslarni to'plashi ularga bu­ tun tarmoqlarni va alohida mintaqalarni nazorat qilish imkonini berishi, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish sur'atlariga ta'sir qilishi bilan bog'liq. Shuningdek, TMKlarning milliy iqtisodiyot ho­ latiga salbiy ta'sirlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

    • milliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini cheklab qo'yilishi;

    • investitsion va ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishida risklarning oshishi;

monopollashuv holatining yuzaga kelishi;
8.1-jadval

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling