J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)XX asr oxirida Sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayib bordi. To'rtta Osiyo < barchas bog'liqdir, shu bilan birgalikda ushbu mamlakatlarning oldindan amal qilib kelayotgan o'zaro savdo aloqalarining yaxshi yo'lga qo'yilganligi hamda hamkorlikning tartibga solib turiladi gan shaklining amal qilishidir. ASEAN 1967-yilda Bangkokda < ASEAN rejasida 2000-yilgacha a'zo mamlakatlar 38 ming turdagi tovarlar bo'yicha bojxona to'lovlarini o'rtacha 5% gacha pasaytirish belgilangan. 1995-yil oxirida 2003-yildan to'la erkin savdo hududini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lib, voqealarning ijobiy rivojlanishi davom etsa 2000-yildan kuchga kirishi ko'zda tutilgan edi. ASEAN - Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy min taqaviy hukumatlararo tashkiloti bo'lib hisoblanadi. ASEANning yuqori organi bo'Iib a'zo mamlakatlar yetakchi larining 2001-yildan boshlab har yili o'tkaziladigan sammiti hi soblanadi. Odatda sammit uch kun davom etib bunda, mintaqa bo'yicha tashkilotning hamkorlari bilan uchrashuvlar olib borila di. Doimiy sekretariat Jakarta shahrida joylashgan bo'lib unga bosh sekretar yetakchilik qiladi. Shuningdek, ASEAN doirasidagi har yili o'tkaziladigan 300 dan ortiq tadbirlarni o'tkazishga yor dam berishda ishlar 29 ta qo'mita, 122 ta ishchi guruhlar tomoni dan amalga oshiriladi. Bangkok deklaratsiyasiga muvofiq ASEAN ning maqsadlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: hamkorlikdagi intilishlar yor damida mintaqada ijtimoiy taraqqiyot va madaniy rivojlanishni hamda iqtisodiy o'sishni jadallashtirish; Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari taraqqiy etishi uchun dunyo hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, BMT nizomidagi ta moyillarga tayangan holda mintaqada tinchlik va barqarorlikni o'rnatish. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (Acia Pacific Eco nomic Cooperation - APEC) 1989-yilda Kanberrada, Avstraliya va Yangi Zelandiya bosh vazirlarining tashabbusi bo'yicha tashkil etilgan. A PEC qattiq tashkiliy tuzilishdan yoki yirik byurokratik apparatdan xoli bo'lgan erkin maslahat forumi sifatida tashkil etil gan va shu tufayli u ko'pincha < Sharqiy Osiyoda iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish istiqbol lari, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) tashkil etilishi bilan sezilarli darajada bog'liqdir. Osiyo-Tinch okeani iq tisodiy hamkorligi (APEC) - bu hukumatlararo tashkilot bo'lib, o'z ichiga 21 ta davlat mintaqasini birlashtirib olgan. APEC Tinch okeani ko'rfazida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Avstraliyaning taklifi bo'yicha 1989-yilda tuzilgan edi. Dastlab unga 12 ta davlat: Avstraliya, Bruney, Kanada, lndoneziya, Ya poniya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand va AQSH kirardi. Keyingi yillar davomida unga Xitoy, Gonkong, Tayvan, Meksika, Chili, Yangi Gvineya-Pa pua, 1998-yildan esa Vetnam, Peru va Rossiya ham qo'shilishdi. APEC investitsion va moliyaviy faoliyat bo'yicha rasmiy ravishda maslahat berish huquqiga egadir, biroq uning ishchi organlari doirasida mintaqaviy savdo yuritish tartibi belgilangan bo'lib, tar moq vazirlari va ekspertlarining u yoki bu mintaqalar hamkorligi masalalari bo'yicha uchrashuvlari o'tkaziladi. APEC faoliyatining asosiy maqsadlari 1991-yilda Seul deklaratsiyasida belgilangan bo'lib quyidagilardan iborat: ... . a'zo mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga ko'mak lashish; a'zo mamlakatlarning yuqori darajada iqtisodiy jihatdan bog'liqligini hisobga olib ko'ptomonlama savdo tizimini mustah kamlash; a'zo mamlakatlar o'rtasidagi savdo va moliyaviy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish. APEC - yirik iqtisodiy birlashma bo'lib, 2007-yil ma'lu motlariga ko'ra unga jahon YIMini 57% va jahon savdo hajmi ning 48% dan ortiqrog'i to'g'ri keladi. Tashkilotning asosiy maqsadi - erkin, ochiq savdo tartibini ta'minlash hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 1994-yilda strategik maqsadlar sifatida 2020-yildan Osiyo Tinch okeani mintaqasida erkin va ochiq savdo tizimlarini ham da liberal investitson rejimini tashkil etish rasmiy ravishda e'lon qilingan. Bir qadar rivojlangan mamlakatlar erkinlashtirishni 2010-yildan amalga oshirishlari zarur. Har bir mamlakat faoliyat yuritishning alohida rejalari asosida yangi tartiblarni joriy etish muddatlarini va o'zining haq-huquqlarini mustaqil ravishda bel gilaydi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jara yonlarini baholash orqali ko'plab mutaxassislar uni rivojlanishini o'ziga xosligini va alohida shart-sharoitga egaligini ta'kidlaydilar. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi integratsiya jarayonlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, APEC tashkilotida integratsiya jarayonlari dav latlararo hamkorlik uchun zamin yaratuvchi TMKlarning yetak chiligi orqali amalga oshmoqda. Shu jumladan, bu hukumatga te gishli bo'lmagan mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar - Tinch okeani iqtisodiy ittifoqi (TES) 1967-yilda va Tinch okeani iqtisodiy ham korligi bo'yicha ittifoq (STES) 1980-yilda yuzaga kelishi APECni tashkil etishiga ancha qulay zamin yaratgandi. Shu bilan birgalik da, TES va STES o'zlarining hukumati bilan mustahkam aloqaga ega bo'lgan hamda ulardan har tomonlama yordam olayotgan milliy qo'mitalar negizida tashkil topgandi. Ikkinchidan, integratsiya jarayonlari iqtisodiy rivojlanish dara jasi turli xilda bo'lgan mamlakatlarni qamrab olgandi. APECning yagona roli shunda ediki, unga XX asrning ikkita yirik iqtisodiy jihatdan kuchli mamlakatlari AQSH va Yaponiya qo'shilgandi, shu bilan birgalikda, XXI asrning iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan davlati Xitoy ham kirardi. Uchinchidan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ko'lamidagi integratsiya o'z ichiga submintaqaviy iqtisodiy ittifoqlarni (ASE AN, NAFTA, Janubiy-Tinch okeani forumi va bosh.) oladi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi integratsion munosabatlar bir butun yetuklik darajasi nuqtayi nazaridan qaraganda hali un cha yuqori darajaga yetmagan. Shunday ekan, ASEAN tizimidagi savdo hududini ta'riflar va boshqa cheklovlarni bartaraf etilishi ni hisobga olgan iqtisodiy integratsiya rivojlanishining birinchi bosqichiga kiritish mumkin. Hozircha APECdagi munosabatlarni erkin savdo hududidagi deb gapirib bo'lmaydi, balki buni «ochiq iqtisodiy assotsiatsiya>> deb qarash mumkin. lqtisodiy integratsion jarayonlar jahonning turli hudud va mintaqalarida jadal ravishda rivojlanib bormoqda. 1989-yilda Af rika kontinentining shimoliy qismida Jazoir, Liviya, Mavritani ya, Marakko, Tunislardan iborat Mag'rib arab ittifoqi tuziladi. 1981-yilda esa Fors ko'rfazi atrofidagi arab davlatlari (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahreyn, BAA, Ummon)dan iborat hamjamiyat kengashi tashkil etilgandi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling