J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi


Download 1.93 Mb.
bet96/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullari va mexanizmi


Xalqaro moliya bozorini tartibga solishdan ko'zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • moliya bozori barcha sektorlarini moliyaviy barqaror bo'lishiga ko'maklashish (foiz stavkalarini, moliyaviy, investitsion va sug'urta faoliyatidagi risklarni tartibga solish);

  • inflyatsiyasiz iqtisodiy o'sishni ta'minlash (targetirlangan inflyatsiya, valuta kurslari va pul massasini tartibga solish);

  • tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimi­ ni) ta'minlash (valuta kurslari va to'lov balansini tartibga solish);

  • moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizi­ mini shakllantirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xii tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya'ni ular davlat va bozor munosabat­ lariga mos yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiy­ mat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta'minlab beradi. lqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o'zgarishi, shakllanishi orqali ularni so-
tib oluvchilarning talablarini va ularga bo'lgan taklifni aniqlay­ dilar. Bunda xalqaro moliya bozori o'zini-o'zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo'ladi.
lqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o'xshab, moliya bozori ham o'z-o'zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo'lmaydi, turli sharoit­ larda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo'ladi. Moliya bozori ko'plab subyektiv omillar, ya'ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta'sirida har doim ham o'z-o'zini tar­ tibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat ara­ lashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko'rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Moliya bozorini davlat va bozor orqali tartibga solinishi o'zaro bir-birini to'ldirib boradi. Birinchidan, raqobat asosida bozorda rivojlanish uchun rag'bat paydo bo'ladi (monetarchi­ larlar g'oyasi), ikkinchidan moliya bozorini bozor orqali tar­ tibga solishda yuzaga kelgan ziddiyatlarni oldini olishda dav­ lat turli chora-tadbirlari bilan ishtirok etadi (yangi keynschilik g'oyasi). lqtisodiy inqirozlar, urushlar, siyosiy nizolar, iqtisodi­ yotning to'laligicha beqarorligi sharoitida davlat orqali tartibga solish katta o'rin tutsa, moliyaviy-iqtisodiy holatni yaxshilash, modernizatsiyalash, innovatsiyalarni yaratish uchun moliya bo­ zorini erkinlashtirish, raqobatni kuchaytirishga katta e'tibor beriladi, bu esa tartibga solishning bozor mexanizmi orqali ta'minlanadi. Bozor mexanizmi orqali moliya tizimini tartibga solish bo'yicha hukumat doimo o'z nazoratini olib boradi, zarur bo'lganda unga ko'mak beradi, sharoit yaratadi.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartib­ ga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin:

  • iqtisodiy tizim xususiyatiga ko'ra: bevosita (mazkur bo­ zorning barcha segmentlariga bir xilda ta'sir etuvchi huku-

mat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar, qonuniy-huquqiy, me'yoriy hujjatlar qo'rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo'lsa, shunchalik ushbu bo­ zorga bilvosita ta'sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya'ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Marka­ ziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valutalar bilan bog'liq in­ tervensiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavka­ sini o'zgartirish, majburiy zaxira me'yorlarini o'zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;

  • bozor turi, ko'lami va uning segmentlariga ko'ra: umu­ miy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta'sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta'sir etish uchun qo'llaniladigan) usullar;

  • amal qilish muddatiga ko'ra: tarkibiy (o'rta va uzoq mud­ datli, strategik maqsadlarni amalga oshirishga mo'ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta'sir etishga mo'ljallangan, tak­ tik) usullar.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moli­ ya bozorida sinxron tarzda, ya'ni bir-biriga mos holda o'zaro bir­ birini to'ldirib ishlaydi.
Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim o'rinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNCTAD - BMTning savdo va taraqqiyot bo'yicha konferen­ siyasi, YuNIDO - sanoat rivojlanishi bo'yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi);

  • qimmatli qog'ozlar komissiyasi bo'yicha xalqaro tashkilot;

  • moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tash- kiloti;

kreditorlarning Parij va London klublari;

  • mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar.

Xalqaro moliya bozorini tartibga solishda huquqiy asos bo'lib xalqaro konvensiyalar va kodekslar, xalqaro investitsion kelishuvlar hamda XVF, Jahon banki guruhi, YuNCTAD huj­ jatlarida chet el investorlarining ma'lum bir faoliyat bilan shug'ullanish qoidalari belgilangan turli xii yo'riqnomalar hi­ soblanadi.
Shunday qilib, hozirgi davrda xalqaro moliya bozorini tartibga solish usullarini mantiqiy izchil tizimi amal qilmoqda. Xalqaro moliya bozorida asosiy tartibga soluvchi organlar sifatida huku­ mat va xalqaro moliyaviy institutlarni, ya'ni XVF, jahon ban­ ki guruhi, xalqaro qarzdorlik masalalarini hal qiluvchi klublar, mintaqaviy banklar, xalqaro, hududiy, mahalliy investitsion va sug'urta kompaniyalari, fond va valuta birjalari, alohida mam­ lakatlarning markaziy banklari, davriy ravishda tashkil etiladi­ gan xalqaro moliyaviy-iqtisodiy anjumanlar va konferensiyalarni ko'rsatish mumkin.
Xalqaro moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga, iqtisodiyotning beqarorlik darajasiga bog'liqdir. Bo­ zordagi holatni aniqlash uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qo'llash elektron alo­ qa vositalari yordamida o'tkaziladigan monitoring natijalariga bog'liq bo'lmoqda.
Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga bo'lgan ishonchni tiklash va mustahkamligini oshirish uchun uni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o'z taraqqiyot yo'lida uch bosqichni bosib o'tgan:
I) 1867-1944-yillar - xalqaro moliya bozori o'zini-o'zi tartib­ ga solish rejimida faoliyat yuritgan;

  1. 1944-1976-yillar - xalqaro moliya bozori qat'iy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan;

  2. 1976-yildan hozirgi vaqtgacha - o'zini-o'zi tartibga so­ lish va tashqi tartibga solish rejirnlari uyg'unligida faoliyat yurit­ rnoqda.

Bugungi kunda xalqaro rnoliya bozorini tartibga solish oltin­ ni ng rasman dernonetizatsiyalanishi, bozorni tartibga sol ishning bevosita va bilvosita usullarining qo'llanishi, erkin suzib yuruvchi kurslar reji mi orqali tartiblash, XVF va boshqa xalqaro tartibga soluvchi organlar, kattalik davlatlari sammitlaridagi turli qarorlar va kelishuvlarni o'zida aks ettirrnoqda.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling