Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet5/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI
Jahon adabiyoti tarixi” fanining predmeti va mazmuni (2 soat)
“Jahon adabiyoti tarixi” fanining nomlanishi, ob‘yekti, geografik miqyosi, davrlashtirilishi. Fanning maqsad va vazifalari. Jahon adabiyotining antik davri: Shumer, Misr, Hind, Xitoy, Yunon, Rim adabiyoti. Ularning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari. Jahon adabiyoti manbalariga tipologik, genetik, tarixiy-madaniy yondashuv.
Mif va badiiy ijod (2 soat)
Mif va jahon adabiyoti. Mifologiyaning jahon adabiyoti tadrijidagi o‘rni. Mifologiya va mif poetikasi jahon adabiyotini o‘rganishda adabiy-nazariy, falsafiy-estetik asos sifatida. Mifologik maktab: tarixi, vakillari. Aka–uka Grimmlarning “Nemis mifologiyasi” asari. Myuller asarlarida mifologik talqin. Losevning mifologiyaga doir qarashlari. Mif va falsafa, mif va estetika, mif va din. Mif va mif poetikasi jahon adabiyotini o‘rganishning muhim asosi sifatida. Mifda xaos va kosmos tushunchalari. Mifning shakllari: tabiat, jamiyat, inson, o‘tmish, kelajak, yaratilishi va inqiroz haqidagi miflar. Hududiy va milliy tarkib: Shumer – Bobil adabiyoti, Misr adabiyoti, Eron adabiyoti, Hind adabiyoti, Xitoy adabiyoti, Markaziy Osiyo adabiyoti. Mifologiya, Sharq xalqlari adabiyotining jahon adabiyotiga ta’siri. Shumer adabiyoti va uning ko’lami va janrlari.
Antik davr yunon adabiyoti (2 soat)
Qadimgi Sharq adabiyotining antik adabiyot bilan mushtarak jihatlari: mifologiya va epos mushtarakligi. Homer “Iliada” va “Odessiya” dostonlari: mavzu, tarixiylik va mifologik elementlar. Axill va Odissey obrazlarida aks etgan axloqiy-estetik qarashlar, “Odissiya” va “Alpomish”. Gesiod “Mehnat va kunlar” didaktik asari. Yunon lirikasi. Monodik va tantanali lirika. Elegiya va Yamb. Yunon lirikasida vazn. Rim adabiyotining asosiy taraqqiyot bosqichlari va yo‘nalishlari. Dastlabki Rim shoirlari. Rim adabiyotida tarixshunoslik. Rim adabiyotining “oltin davri”. Vergiliy “Eneida” dostoni. “Bukolikalar” va “Georgikalar”. Rim poeziyasi. Gorasiy ijodi. Gorasiy “Epodlar”, “Satiralar”, “Nomalar”. Rim elegiyasi va Ovidiy ijodi, “Metamorfozalar” asari, Imperiya davri Rim adabiyoti, Rim adabiyoti va keyingi davr Yevropa adabiyoti.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling