Jahon amaliyotida oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
foizini umumiy ta’lim xarajatlari tashkil etdi, 16,3 foizi maktabgacha ta’limga va 10,7
Download 1.32 Mb.
|
Davlat byudjeti - 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Thank you
foizini umumiy ta’lim xarajatlari tashkil etdi, 16,3 foizi maktabgacha ta’limga va 10,7
foizi kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirildi. 2021 yilda ijtimoiy xarajatlarning 40 foizi ta’lim xarajatlarini tashkil qiladi. 2022 yilda avvalgi yillar kabi ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini ta’limga xarajatlar (44,4%) tashkil etishi kutilmoqda. 2022 yilda ta’limga 46,9 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2021 yilda belgilangan xarajatlarga nisbatan 7,1 trln. so‘mga ko‘proqni tashkil etadi 2019 yilda umumiy o‘rta ta’limga davlat byudjeti xarajatlari 2018 yilga nisbatan 55% ga o‘sdi va 19 499,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 2020 yilda umumiy o‘rta ta’limga davlat byudjeti xarajatlari 2019 yilga nisbatan 12 foizga o‘sdi va 20 736,1 mlrd so‘m miqdorida tasdiqlangan bo‘lib haqiqatda ijrosi 21 860,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2021 yilda umumiy ta’lim yo‘nalishiga Davlat byudjetidan ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘larning qariyb 70 foizi to‘g‘ri keladi. 2022 yilda umumiy o‘rta ta’limga xarajatlar 1,18 baravar oshiriladi. 2022 yilda o‘qituvchilarga to‘lanadigan ish haqini tabaqalashtirilgan holda oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ta’lim xarajatlari tarkibida hajm jihatdan eng katta ulushni umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun sarflangan xarajatlar tashkil etsa, keyingi o‘rinlarda mos ravishda maktabgacha ta’lim xarajatlari turadi. Umumta’lim maktablariga ajratilayotgan mablag‘lar ta’lim xarajatlaridagi ulushi 2019 yilda 58,1 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda 65,6 % ni tashkil etishi rejalashtirilgan Ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar ulushi o‘sishi maktab ta’limini rivojlantirish doirasida, maktab o‘qituvchilari va direktorlarini rag‘batlantirishni takomillashtirish choralarining amalga oshirilishi natijasidir. Jumladan, o‘qituvchilar ish haqi sinfdan tashqari ish uchun 15,0%, ishda ko‘rsatgan yuqori ko‘rsatkichlari va maktab ta’lim jarayoni sifatini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun 25,0% oshirildi. Barcha maktablarda Direktorlar jamg‘armasi tashkil etilgan. Unda o‘qituvchilarga rag‘batlantiruvchi to‘lovlar uchun ish haqi fondining 15,0% miqdorida qo‘shimcha byudjet mablag‘lari o‘tkaziladi. Thank youThank youDownload 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling