Jahon iqtisodiyoti va


Download 1.42 Mb.
bet9/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 12 ta xususan, 3 ta xalqaro va 9 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida aprobatsiyadan o‘tgan.
Tadqiqot natijalarning eʼlon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 25 ta
ilmiy ish, shu jumladan 3 ta monografiya, 22 ta ilmiy maqola eʼlon qilingan.
Dissertatsiyani tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, beshta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 220 betni tashkil etadi.


DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI


Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasi fani va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi, tadqiq etilayotgan muammoning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsad va vazifalari, obʼekti va predmeti, usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijasi, tadqiqot natijalarining ishonchliligi hamda ilmiy va amaliy ahamiyati, ularning joriy qilinganligi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, natijalarning eʼlon qilinganligi, dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi yoritib berilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Zamonaviy xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi nazariyasi va amaliyoti masalalari” deb nomlanib, unda zamonaviy xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi tushunchasi, xalqaro huquqda davlatlarning xuquqiy vorisligi nazariyasi, Hamdo‘stlik davlatlarida huquqiy vorislikning xususiyatlari va muammolariga oid masalalar tahlil etilgan.
Muallif tomonidan adabiyotlarni tahlil qilish asosida xalqaro huquqqa doir davlatlarning huquqiy vorisligiga o‘ziga xos, ilmiy jihatdan kam o‘rganilgan aniq
tarixiy kategoriya sifatida yondashilgan, bu borada xalqaro huquqning yetarli emasligi, yuridik normalar hali yetarli darajada to‘la, mukammal ishlab chiqilmaganligi va yoritilmaganligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
O‘tmishda, davlatlarning huquqiy vorisligiga izoh berilar ekan, muammo qadimiy davlatlar tomonidan tuzilgan shartnomalarga taʼsir, turli kategoriyadagi voqea-hodisalar, xususan, qadimiy davlatlar hududi anneksiyasi, hududning boshqa davlatga ixtiyoriy topshirilishi, davlatlar ittifoqining tuzilishi, protektorat o‘rnatilishi singari masalalar ilmiy nuqtai-nazardan o‘rganilgan.
Hozirgi kunda 1978 va 1983 yilgi Konvensiyalar “davlatlarning huquqiy vorisligi” tushunchasini muayyan hududdagi xalqaro munosabatlar uchun masʼuliyatni bir davlatdan boshqasiga ko‘chishi sifatida aynan izohlaydi.
MDH aʼzo davlatlari amaliyotida davlatlarning huquqiy vorisligi huquq va majburiyatlarning o‘tmishdosh davlat sobiq Ittifoqdan voris davlatlarga o‘tishini anglatadi.
Xalqaro huquqning milliy nazariyasida davlatlarning huquqiy vorisligi muammolari batafsil o‘rganilmagan, bu borada ayrim mualliflar tomonidan umumiy tushunchalar berilgan.
Shunday qilib, xalqaro huquq subʼektlari davlatlarning huquqiy vorisligiga doir zamonaviy muammolarni odatiy huquqiy normalarga tayanib, tomonlarning o‘zaro roziligiga ko‘ra hal qiladi, bu borada, har bir aniq hodisaga yondashish lozim.
Shunga ko‘ra, xalqaro huquqning ilg‘or tamoyillari nuqtai nazaridan, davlatlar huquqiy vorisligining turli nazariyalari, jumladan: universal (to‘liq) huquqiy vorislik; qisman huquqiy vorislik; tabula rasa; kontinuitet; negativ; erkin huquqiy vorislik; “huquqiy novorislik” muhim rol o‘ynaydi.
MDHda huquqiy vorislik muammolarining quyidagilar bilan bog‘liq o‘ziga xosliklari ko‘rib chiqildi:
umumiy manfaatlarni ifodalovchi ko‘p tomonli shartnomalar; mustaqil qaror qabul qiladigan ikki tomonlama shartnomalar; sobiq Sovet Ittifoqining xorijdagi mulki;
MDH hududida davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislikning o‘ziga xos
jihatlari mavjudligiga eʼtibor berish;
Rossiya Federatsiyasining BMTga aʼzolik uchun huquqiy vorislik masalalarini
ko‘rib chiqish;
MDH hududida hamda sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari tomonidan qabul qilingan xalqaro majburiyatlar bilan huquqiy mustahkamlangan yadro quroli tarqatilmasligi masalasi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Xalqaro shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi huquqiy xarakteristikasi” deb nomlangan bo‘lib, unda shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligiga oid xalqaro hujjatlar, shuningdek, bu boradagi amaliy ishlar o‘rganildi.
Milliy miqyosda xalqaro shartnomalar masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar asosida tartibga solinayotganiga eʼtibor berildi.
1978 yilgi Konvensiya davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subʼektlari
o‘rtasidagi shartnomalar qo‘llanilishi sohasiga kirmaydigan hodisalar yoki xalqaro
kelishuvlarga taalluqli bo‘lib, bu mazkur qoidalarning xalqaro tashkilotlarni tashkil etuvchi shartnomalar va xalqaro tashkilotlar doirasida qabul qilingan shartnomalarga nisbatan qo‘llanilishini tasdiqlaydi.
1978 yilgi Konvensiya qoidalari umumiy tarzda berildi, ular mazmuniga ko‘ra bahsli nuqtalardan xoli emas, biroq shunday bo‘lsa-da, davlatlar shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislik muammolarini hal etishda ularga nafaqat tayanch, balki huquqni qo‘llash normasi sifatida eʼtibor qaratishlari mumkinligi qayd etildi.
Bu borada 1978 yilgi Konvensiyada o‘tmishdosh davlatlarning: 1) davlat hududining qismi; 2) yosh mustaqil davlatlar; 3) davlatlarning birlashishi; 4) davlatning ajralib chiqishi yoki parchalanishi bilan bog‘liq shartnomalariga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi xalqaro-huquqiy aspektlari alohida ko‘rib chiqildi.
Shunday qilib, davlatlarning davlat hududi qismlari, yosh mustaqil davlatlar, davlatlarning birlashuvi, ajralib chiqishi yoki parchalanishi kabi kategoriyalarga oid shartnomalarga nisbatan huquqiy vorislikning xalqaro-huquqiy aspektlari quyidagi:
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsip va normalariga;
ikki va ko‘p tomonlama shartnomalarga nafaqat huquqiy voris davlatlar, balki boshqa manfaatdor davlatlarning munosabatiga;
davlatlarning huquqiy vorislik muammolarini hal qilishdagi konstruktiv yondashuviga tayanadi.
O‘tmishdosh davlat shartnomalariga nisbatan huquqiy vorislik muammolari O‘zbekiston xalqaro-huquqiy amaliyoti uchun yangi hodisa hisoblanadi.
Shunday qilib, MDHga aʼzo-davlatlar misolida o‘tmishdosh davlatning huquqiy vorislari sobiq Ittifoqi hududida tashkil topgan barcha yangi xalqaro huquq subʼektlari bo‘lganini taʼkidlash mumkin.
MDHga aʼzo davlatlar mazkur muammolarni hal etishda umumeʼtirof etilgan qoidalarga tayanadi. Misol uchun, huquqiy vorislik borasida, mamlakatlar tavsiya yo‘li orqali Rossiyani Sovet Ittifoqining xalqaro maydondagi asosiy vorisi sifatida aniqladi va buni xalqaro hamjamiyat tan oldi.
Ayni paytda MDHga aʼzo davlatlar, xalqaro huquq meʼyorlariga asoslangan holda, ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga qo‘shilish majburiyatini oldilar. Shuningdek, ular o‘tmishdosh davlat majburiyatlarining ado etilish zarurligini eʼtirof etib, ushbu masalani ikki tomonlama tarzda, avvalo, Rossiya va chegaradosh davlatlar bilan hal etdilar.
O‘zbekistonning MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyati, shuningdek, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar masalalarini o‘rganishida, uning tashabbuskorlik, konstruktivlik, pragmatikligi, rivojlanish istiqbollarining aniqligi, zamonaviy xalqaro huquqiy norma va prinsiplariga muvofiqligi bilan ajralib turishini, ularning tatbig‘i esa xalqaro munosabatlarning ijobiy taraqqiy topishi va davlatning xalqaro maydondagi nufuzining ortishiga xizmat qilishini taʼkidlash lozim.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida “Davlat mulkiga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi huquqiy xarakteristikasi” deb nomlangan. Unda huquqiy vorislikning ushbu kategoriyasiga oid amaldagi xalqaro, shu jumladan, MDH miqyosidagi xalqaro qonunchilik, nazariy va amaliy aspektlar tahlili atroflicha o‘rganilgan.
1983 yil Konvensiyasi “davlat mulki”ni davlatning huquqiy vorisligi paytida, o‘tmishdosh davlat ichki qonunchiligiga muvofiq, ushbu davlatga tegishli bo‘lgan mulk, huquq va manfaatlar sifatida talqin qiladi.
Davlat mulkiga huquqiy vorislikning umumiy masalalarini tadqiq etar ekanmiz, quyidagilarga tayandik:
pul, g‘azna va davlat fondlari singari barcha davlatlar uchun umumiy bo‘lgan muayyan mulk turlariga oid meʼyorlar va davlat mulkiga nisbatan huquqiy vorislikning umumiy normalari;
ko‘chmas va ko‘char mulk o‘rtasida farqlar mavjudligiga tufayli, davlat mulkining ushbu kategoriyalarini bir xil ko‘rib bo‘lmaydi.
Boshqa hududga ko‘chirib bo‘lmaydigan jismonan bog‘liq ayrim mulk turlari bu
- ko‘chmas mulkdir.
Joyidan, shunga ko‘ra mamlakat hududidan ko‘chirish va olib chiqish mumkin bo‘lgan mulk turlariga bu - ko‘char mulkdir.
1983 yilgi Konvensiya o‘tmishdosh davlat mulkining voris davlat tasarrufiga, davlatning huquqiy vorisligi sanasi, vaqti va tovonni hisobga olib, agar bu masalalar boshqacha tarzda manfaatdor davlatlar bilan shartlashilmagan yoki tegishli xalqaro organ tomonidan hal etilmagan holda, o‘tkazilishini nazarda tutadi. Shuningdek, 1983 yilgi Konvensiya o‘tmishdosh davlat zimmasiga merosxo‘r davlat tasarrufiga o‘tayotgan davlat mulkiga ziyon yetmasligi va yo‘q qilinmasligi uchun zarur choralarni ko‘rish majburiyatini yuklaydi.
Shu maʼnoda 1983 yilgi Konvensiya davlatlarning davlat mulkiga nisbatan huquqiy vorisligining xalqaro-huquqiy aspektlarini quyidagi holatlarda alohida ko‘rib chiqadi: 1) davlat hududining bir qismini topshirish; 2) yangi mustaqil davlatning shakllanishi; 3) davlatlarning birlashuvi; 4) davlat hududi qismi yoki qismlarining ajralib chiqishi yoki davlatning parchalanishi.
1983 yilgi Konvensiya davlatlarning o‘z mulki borasidagi o‘zaro munosabatlari, yaʼni xalqaro huquqiy tartiblash sohasiga oidligi bois davlat mulkiga huquqiy vorislik muammolarini hal qilishda asos sanaladi.
Xususiy mulk borasida, davlatlarning huquqiy vorisligi holatida u o‘z egasi, yaʼni jismoniy yoki yuridik shaxs tasarrufida qoladi, biroq uning rejimi mulkdor jismoniy yoki yuridik shaxs davlatlarning huquqiy vorisligidan so‘ng fuqaroligi yoki milliy mansubligiga ko‘ra qaysi davlatga aloqador bo‘lsa, o‘sha davlatning ichki qonunchiligi bilan belgilanadi.
Davlatlarning huquqiy vorisligi holatida jamoatchilik mulki borasida, unga, davlat mulkidan tashqari, ko‘pgina davlatlarning ichki huquqiga ko‘ra, davlatning baʼzan “kommunal mulk” atamasi bilan nomlanadigan muayyan hududiy bo‘linmasi mulki ham kiradi. Bu, o‘tmishdosh davlat ichki huquqiga ko‘ra, uning u yoki bu hududiy bo‘linmasiga tegishli mulk, huquq va manfaatlardir.
Davlat mulkiga nisbatan huquqiy vorislik muammolari O‘zbekiston va MDH davlatlari amaliyoti misolida ko‘rib chiqildi, bunda sobiq Ittifoq merosxo‘r davlatlari mamlakatning xalq-xo‘jalik kompleksi umumiyligi, shuningdek, harbiy-texnik va mudofaa komplekslari mavjudligi bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarni maksimal darajada inobatga oladigan huquqiy vorislik ostidagi mulkni aniq belgilab oldilar.
Taʼkidlash joizki, Sovet Ittifoqi parchalanish arafasida xorijda uning 231 xorijiy
muassasasi, shundan - 133 elchixona, 92 konsullik va xalqaro tashkilotlar huzuridagi
6 vakolatxonaga ega edi. Uning tasarrufida 106 mamlakatda yer maydonlari va binolar kabi mulklar bo‘lgan. Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi, Baliq xo‘jaligi vazirligi, Dengiz floti vazirligi, Transport aviatsiyasi vazirligi kabi davlat organlari ham xorijda ko‘chmas mulkka ega edi.
Muammolarga yechim topishda quyidagilar asos qilib olindi:
Sobiq Sovet Ittifoqning xorijdagi barcha mulkini taqsimlashda sobiq Sovet Ittifoqi aktivlaridagi ulushlarning yagona agregatlangan ko‘rsatkichga asoslangan belgilangan shkalasini o‘rnatish va qo‘llash;
Sobiq Ittifoq davlat qarzlarini uzish va xizmat xarajatlarini ko‘tarishda yuqorida keltirilgan shkala bilan belgilangan hissalarda qatnashish majburiyati o‘zaro bog‘liqliqligini inobatga olish;
barcha aktivlar (davlat ko‘chmas mulki, valyuta fondlari va sobiq Ittifoq zaxira oltinlari, xorijdagi investitsiyalar va boshq.)ga nisbatan qo‘llaniladigan belgilangan ulushlar shkalasi;
Sobiq Ittifoqning xorijdagi quyidagi mulklari taqsimotga tortilmadi:

  1. 1922 yilda SSR Ittifoqi tuzilishi tufayli Ittifoq mulkiga aylangan, unga qadar esa ittifoqdosh respublikalarga tegishli bo‘lgan mulklar;

  2. xorijda xalqaro kelishuvlar asosida o‘zaro rozilik prinsipiga ko‘ra qo‘lga kiritilgan mulklar;

v) Ittifoq tarkibiga kirgan respublikalarga xorijlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan hadya, meros sifatida va boshqa asoslarga muvofiq tarzda 1917 yil noyabr oyidan keyin berilgan mulklar;
g) faktik jihatdan SSR Ittifoqi tasarrufida bo‘lmagan va egalik huquqi bahsli bo‘lmagan mulklar.
MDHga aʼzo davlatlar Tomonlar hududlarida joylashgan mulklar, shu jumladan, sobiq Ittifoq tobeligidagi moliyaviy manbalar, tashkilot, muassasa, idoralar, ularning tuzilma birliklari va bo‘linmalarining o‘z milliy qonunchiliklariga muvofiq tasarruflari ostiga o‘tkazilishini o‘zaro tan oldilar.
Shuningdek, MDHga aʼzo davlatlar boshqa Tomon, uning fuqarolari va huquqiy shaxslarining hududda joylashgan, 1990 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra SSR Ittifoq tarkibidagi sobiq ittifoqdosh respublikalar davlat boshqaruvi organlari yurituvida bo‘lgan tashkilot, muassasa, idora va boshqa obʼektlar (filiallar, ulushlar, hissalar, aksiyalar va boshqa mulklar)ga nisbatan mulk huquqini tan oldilar.
1992 yil 9 oktabridagi “Mulkka nisbatan huquq va tartibga solishni o‘zaro tan olish haqida” Kelishuvida MDHga aʼzo davlatlar o‘z hududida joylashgan obʼektlarni Tomonlar yoki ularning yuridik shaxslari mulki ekanligini, shuningdek, ularni boshqa Tomon, uning jismoniy va yuridik shaxslariga sotish, almashish, garovga qo‘yish, ijaraga berish, beg‘araz yoki shartnomaviy asosda o‘z mulkini topshirish huquqini tan oldilar.
Kelishuvning o‘ziga xosliklari quyidagilarda aks etadi:

  1. davlatning xorijdagi mulki huquqiy vorislari MDHning 11 aʼzo davlati bo‘lib, ularning ulushi har bir aniq mamlakatdagi mulkning umumiy hajmida foizlarda ifodalangan;

  2. mulk tomonlar tasarrufiga o‘tgan zahoti sobiq SSR Ittifoqi aktivlaridagi ulushlarning yagona agregatsiya qilingan ko‘rsatkichi asosida belgilangan shkalasiga muvofiq taqsimlangan;

v) tomonlar SSR Ittifoqi tashqi davlat qarzlarini uzishda ishtirok etish va xizmat xarajatlarini ko‘tarishning ulushlarga ko‘ra, taqsimlangan majburiyati va har bir Tomonning sobiq SSR Ittifoqining xorijdagi bor mulkida o‘ziga tegishli ulushga nisbatan mulkdorlik huquqini amalga oshirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka tayangan.
Yuqoridagilar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, O‘zbekiston va MDH davlatlari sobiq SSR Ittifoqi mulkiga nisbatan huquqiy vorislik masalalariga konstruktiv yechim topishga imkon beruvchi qator muhim qarorlarni qabul qildi va bu, shuningdek, uchinchi davlatlar bilan munosabatlarda ham bunday muammolarni hal qilishga xizmat qildi.
Dissertatsiyaning “Davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislikning huquqiy xarakteristikasi” deb nomlangan to‘rtinchi bobida davlat arxivlari huquqiy vorisligining nazariy va amaliy aspektlari tahlil qilingan va ochib berilgan.
Arxivlar shartli ravishda maʼmuriy, tarixiy va madaniy turlarga ajratilishi va quyidagi mezonlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

  1. tematikasiga ko‘ra: maʼmuriy, xususiy, madaniy, adabiy, tarixiy, ikonografik, cherkov, siyosiy, diplomatik, xalqaro, geografik, qonunchilik, sud, moliyaviy, kadastr, soliq va boshq.;

  2. shakliga ko‘ra: qo‘lyozma, bosma, rasmlar, fotosuratlar, ularning asli va nusxalari va boshq.;

v) ishlab chiqarish materialiga ko‘ra: qog‘oz, pergament, tosh, yog‘och, fil suyagi, mum, fotoplyonka va boshq.;
g) tegishliligiga ko‘ra: kolleksiyaning qismi, mustaqil yoki mustaqil emas.
Davlat arxivlarining davlat mulki sifatidagi o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, bahslarga barham berishda davlatlar orasida davlatlarning arxivlari va madaniy merosiga nisbatan huquqlari borasidagi zamonaviy talablarini ifodalovchi YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlarning tegishli tavsiyalari hisobga olingan yaqin hamkorlik munosabatlarining ahamiyatini taʼkidlash lozim.
Davlat arxivlari davlatning mulk turlaridan biridir. Tabiatiga ko‘ra, arxivlar har qanday davlat faoliyati uchun zarur. Shunga ko‘ra, 1983 yilgi Konvensiya o‘tmishdosh davlatning faoliyati davomida yaratilgan yoki orttirilgan va huquqiy vorislik chog‘ida ichki qonunchilikka binoan uning mulki sanalgan har qanday muddat va turdagi hujjatlar majmuasi bo‘lgan arxivlarga nisbatan huquqiy vorislik muammolarini tartibga soladi.
Davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolari 1983 yilgi Konvensiyaga muvofiq ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bunda davlatlarning davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorisligi kategoriyalari quyidagi vaziyatlarga ko‘ra ajratiladi:

  1. Davlat hududining quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan bir qismining o‘tkazilishi: a) o‘tkazilgan hududga oid barcha arxivlarning merosxo‘r davlatga topshirish; b) o‘tkazilgan hududdan tashqariga olib chiqilgan yoki undan tashqarida to‘plangan arxivlar; v) “arxiv-hudud” prinsipi; g) merosxo‘r davlatning alohida majburiyatlari; d) arxivlarning topshirilish vaqti; e) davlat kutubxonalari.

  2. Yosh mustaqil davlat.

  3. Davlatlarning birlashuvi.

  4. Davlat hududining bir qismi yoki qismlarining ajralib chiqishi yoki davlatning parchalanishi.

Yuqorida keltirilgan vaziyatlar davlat hududining bir qismi yoki qismlarining ajralib chiqishi yoki davlatning parchalanishi bilan bog‘liq holatlarda ularning birgalikda ko‘rib chiqilishi zarurligini tasdiqlaydi.
Davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolari O‘zbekiston va MDH davlatlari amaliyotidan kelib chiqib o‘rganilgan bo‘lib, bunda ular rasman hal etilgan bo‘lsa-da, o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda.
1983 yilgi Konvensiya 1992 yil 6 iyulda umumiy yondashuv, aʼzo-davlatlarning to‘laqonli arxiv fondlarini yaratish va hamkorlikning ahamiyati taʼkidlangan “Sobiq SSR Ittifoqi davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik to‘g‘risida”gi Kelishuv imzolanishiga asos bo‘ldi.
Kelishuv asosida qator xulosalarga kelish mumkin. Arxiv materiallaridan, o‘tmishdosh davlat singari, barcha merosxo‘r davlatlar manfaatdor. Biroq boshqa tomondan, vorislarning ko‘pligi sobiq SSR Ittifoqi davlat arxivlariga nisbatan vorislik muammolarini hal qilish vazifasini murakkablashtirishini ham inobatga olish lozim.
Sobiq SSR Ittifoqi davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolarini hal qilishda eng maqbul yondashuvlardan biri davlat arxivlarining ularga bevosita hududiy yoki maʼmuriy aloqadorligi bo‘lgan MDHga aʼzo davlatlariga o‘tkazilishidir. Mazkur yondashuv ko‘p tomonlama yoki yanada samarali tarzda ikki tomonlama asosida amalga oshirilishi mumkin.
Muhim tarixiy hujjat bo‘lgan arxivlar maʼnaviy qimmati baland, xalq boyligi bo‘lib, davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik, ularni asrash va qo‘llashning davlat ahamiyati kasb etishi yosh davlatlar, jumladan, O‘zbekistonning ham bugungi va kelajak avlodlari uchun ulkan maʼnaviy-axloqiy ahamiyatga egadir.
Dissertatsiyaning so‘nggi - beshinchi bobi “Davlat qarzlariga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi huquqiy aspektlari” deb nomlanib, unda xalqaro huquqda davlat qarzlariga nisbatan huquqiy vorislikning nazariy va amaliy aspektlari tadqiq etilgan.
1983 yilgi Konvensiyaning 33 moddasi “davlat qarzi” tushunchasini o‘tmishdosh davlatning boshqa davlat, xalqaro tashkilot yoki xalqaro huquqning boshqa biror subʼekti oldida xalqaro qonunchilikka muvofiq tarzda shakllangan har qanday moliyaviy majburiyati sifatida izohlaydi.
Davlat qarzlari haqida so‘z yuritilganda, qaysi davlat (uchinchi davlat, merosxo‘r davlat va o‘tmishdosh davlat qarzlari nazarda tutilayotganligiga aniqlik kiritilishi zarur. Aslida faqat o‘tmishdosh davlat qarzlarigina davlatlarning huquqiy vorisligi hodisasiga yuridik jihatdan taalluqlidir.
Uchinchi davlatning o‘tmishdosh davlat oldidagi qarzi haqida so‘z yuritilganda, keyingi zikr etilgan qarz daʼvolari nazarda tutiladi. Ushbu qarz daʼvolari o‘tmishdosh davlatning davlat mulki bo‘lib, huquqiy vorislik jihatidan ham ularga xuddi shu maqomda yondashiladi.
Davlat qarzlarini shartli ravishda ichki va tashqi qarzlarga ajratish mumkin.
Davlatning ichki qarzi - kreditorlari ichki jismoniy yoki yuridik shaxslar bo‘lgan qarz. U davlatning ichki qonunlari bilan tartibga solinadi va, o‘z-o‘zidan, xalqaro- huquqiy tartib doirasidan, shu jumladan, davlatlarning huquqiy vorisligi holatida ham, tashqarida sanaladi.
Davlatning tashqi qarzlari xalqaro-huquqiy davlat qarzi va xususiy-huquqiy davlat qarziga ajratiladi.
O‘tmishdosh davlatning xususiy-huquqiy tashqi qarzi haqida quyidagilarni
taʼkidlash joiz:
birinchidan, qarz xalqaro huquq tartiboti doirasiga kirmaydi, shu jumladan, davlatlarning huquqiy vorisligi holatida ham;
ikkinchidan, u o‘tmishdosh davlat va huquqiy voris davlat o‘rtasidagi kelishuv yoki, vaziyatga ko‘ra, huquqiy voris davlatlar va chet ellik kreditorlar o‘rtasida amaldagi xususiy yoki fuqarolik javobgarlik qonunchiligi, shu jumladan, amaldagi xalqaro xususiy huquq inobatga olingan holda qondiriladi.
1983 yilgi Konvensiyaning 35-moddasiga ko‘ra, manfaatdor davlatlar tomonidan kelishilmagan yoki tegishli xalqaro organ tomonidan hal etilmaganda, o‘tmishdosh davlat davlat qarzlarining o‘tkazilish sanasi sifatida davlatlarning huquqiy vorislikka kirish vaqti belgilanadi.
1983 yilgi Konvensiyaning 36-moddasida esa kreditorlar xususiy jismoniy yoki yuridik shaxs, merosxo‘r davlatga nisbatan ichki yoki xorijiy, uchinchi davlat va xalqaro huquqning boshqa subʼektlari bo‘lishidan, shuningdek, qarz daʼvosi ichki yoki xalqaro huquq subʼekt qo‘lida ekanligidan qatʼi nazar, ularning huquq va majburiyatlari davlatlarning huquqiy vorisligi qamroviga kirmasligi taʼkidlanadi.
Bu qoida davlatlarning huquqiy vorisligi holatida har qanday kreditor, jumladan, xususiy jismoniy va yuridik shaxslarning ham huquqlarini himoyalaydi.
Biroq davlatlarning huquqiy vorisligiga sabab bo‘lgan hodisa ham ichki, ham xalqaro huquqda qarzdorlar vaziyatining o‘zgarishiga olib keladi: qarz to‘lig‘icha yoki qisman huquq subʼekti - voris zimmasiga o‘tadi. Qarzlarga nisbatan huquqiy vorislikning umumiy mohiyati shundan iborat.
1983 yilgi Konvensiya davlat qarzlariga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi alohida kategoriyalariga taalluqli vaziyatlarni nazorat qiladi: 1) davlat hududining bir qismi topshirilganda; 2) yosh mustaqil davlat tashkil topganda; 3) davlatlar birlashganda; 4) davlat hududining bir qismi yoki qismlari ajralib chiqqanda yoki davlat parchalanganda.
Ayni vaqtda 1983 yilgi Konvensiya o‘tmishdosh davlatning xalqaro-huquqiy qarzlari huquqiy vorisligining barcha muammolarini hal qilmaydi. Qarz daʼvolari xorijiy xususiy jismoniy va yuridik shaxslar qo‘lida bo‘lgan ichki va tashqi xususiy- huquqiy muammolar eʼtibordan chetda qolgan.
Yuqorida keltirilgan tahlil o‘tmishdosh davlatning xalqaro-huquqiy davlat qarzlari sifatida belgilangan qarzlariga nisbatan huquqiy vorislik muammosining ancha murakkab ekanligini ko‘rsatadi.
Dissertatsiyada davlat qarzlari va aktivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolari nazariy yondashuvlar, shuningdek, MDHga aʼzo davlatlari va O‘zbekiston amaliyoti orqali o‘rganilgan.
MDHda ishtirokchi davlatlari 1991 yil 28 oktabrda imzolangan “SSSRning xorijiy kreditorlar oldidagi qarzi va uning huquqiy vorislari o‘rtasidagi hamfikrlik to‘g‘risida” Memorandumga kreditorlar sifatida hukumatlar, yuridik va jismoniy shaxslarni kiritdilar.
Davlat qarzlari va aktivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolarini hal qilishda MDHda ishtirokchi davlatlari o‘tmishdosh davlat bo‘linib, yo‘qlikka yuz tutishi, uning hududida adolatlik prinsipiga binoan majburiyatlarni zimmasiga oladigan bir yoki bir necha merosxo‘r davlatning shakllanishi ko‘zda tutilgan kategoriyaga tayangan.
Taʼkidlash joizki, qarz va aktivlarni qayta taqsimlash amaliyoti favqulodda serqirra bo‘lib, xalqaro huquqning normalari kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha muammolarni oldindan bila olmaydi. Shunga ko‘ra, har bir aniq hodisaga siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, madaniy o‘ziga xosliklar nuqtai nazaridan yondashish lozim.
Xalqaro tajribada so‘nggi yillarda quyidagicha amaliyot qo‘llanmoqda:
ayrim holatlarda merosxo‘r davlatlar o‘tmishdosh davlat qarz va aktivlari ustidan javobgarlikni olishi, o‘z-o‘zidan, agar boshqacha holat tomonlar kelishuvida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aktivlarga talabgorlik qilishi majburiy emasligi;
ayrim hollarda merosxo‘r davlat, agar boshqacha holat tomonlar kelishuvi bilan mustahkamlanmagan bo‘lsa, ulushlarning adolatli taqsimoti prinsipiga muvofiq, o‘tmishdosh davlat qarz va aktivlarining muayyan qismini zimmasiga olishga majburligi;
ayrim hollarda milliy-hududiy asosda shakllantirilgan federativ tuzilmali davlatlar (SSSR, Yugoslaviya, Chexoslovakiya va boshq.) parchalanishi, bo‘linishi natijasida xalqaro huquqning mustaqil subʼektlari shakllanib, bu esa ular oldida huquqiy vorislik muammolarini keltirib chiqaradi;
ayrim hollarda ko‘p narsa yangi davlat maqomiga bog‘liq bo‘lib, bu huquqiy vorislik, xususan, qarz va aktivlarga nisbatan vorislik, muammosini yechishda eng samarali yechimni aniqlash imkonini beradi.
MDHga aʼzo davlatlari 1991 yil 4 dekabrdagi «SSR Ittifoqi tashqi davlat qarzlari va aktivlariga nisbatan huquqiy vorislik haqida”gi Shartnomada nafaqat xalqaro huquq subʼektlari emas, balki har qanday chet el kreditori (tijorat banklari, kompaniyalar, jismoniy shaxslar) oldidagi har qanday moliyaviy majburiyatni belgilaydi.
Shartnoma, shuningdek, SSR Ittifoqining taqsimlanadigan aktivlari «SSSR hududidan tashqaridagi ko‘char va ko‘chmas mulk, SSSR oltin-valyuta fondi va zaxiralari, xorijdagi sarmoyasi, boshqa davlat, xalqaro tashkilot yoki chet el debitorining SSSR oldidagi har qanday moliyaviy majburiyatlari”dan iborat ekanligini belgilaydi.
Shartnomada sobiq SSR Ittifoqi aktivlaridagi ulushlarning yagona agregatsiyalangan ko‘rsatkich asosidagi belgilangan shkalasi qo‘llanilishi belgilangan bo‘lib, u ko‘p o‘lchamli statistik tahlil usullaridan biri bo‘lgan omillar tahlili yordamida ishlab chiqilgan. Uning vositasida yechiladigan vazifalar qatoriga murakkab ko‘p o‘lchamli hodisa xoslovchi umumlashtiruvchi parametrlarni aniqlash kiradi. Ko‘p o‘lchamli iqtisodiy hodisa - SSSR tashqi qarzi - to‘rt belgiga ko‘ra
xoslanishi belgilandi: respublikalarning eksportdagi hissasi va importdagi ulushi, ishlab chiqarilgan milliy daromad va 1986-1990 yildagi SSSR aholisi soni.
MDHga aʼzo davlatlarining mazkur bosqichidagi muhim hodisa SSR Ittifoqi aktivlarini ishlatish va qarzlarini uzish ustidan nazorat davlatlararo kengashining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, uning quyidagilar bo‘yicha vakolatlari aniqlandi:
SSR Ittifoqi qarz majburiyatlarini bajarilishi va aktivlarining taqsimlanishi ustidan shartnomaga muvofiq nazorat qilish;
SSR Ittifoqi qarz va aktivlarini baholash va inventarizatsiyasini o‘tkazish;
SSR Ittifoqi qarzlari yuzasidan majburiyatlarni tezkor tartibga solish va aktivlar taqsimoti bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
SSSR Tashqi iqtisodiy banki faoliyatini tuzilgan shartnomalarga zarar yetkazmagan holda, qayta tashkil etish;
doimiy faoliyat olib boruvchi kuzatuv organi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
mustaqil moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb qilish;
tomonlar, kuzatuv organi yoki vakolatli bank boshqaruvi tomonidan Davlatlararo Kengash muhokamasiga olib chiqilgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.
Yuqoridagi muammolarni hal etishdagi O‘zbekiston tajribasi, avvalo, Rossiya bilan ikki tomonlama kelishuvlar (“Sobiq SSSR tashqi davlat qarzlari va aktivlariga nisbatan huquqiy vorislik masalalarini tartibga solish to‘g‘risida”, “Qarz majburiyatlari va kredit talablarini tartibga solish va davlat qarzini rasmiylashtirish to‘g‘risida” Bitimlar (1992 yil 2 noyabr) tayangan bo‘lib, ularga muvofiq O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan barcha qarz va aktivlar Rossiyaga o‘tkazilgan.
MDH davlatlarining davlat qarzlari va aktivlari masalalariga oid huquqiy vorislik tartibi haqida xulosa chiqarar ekanmiz, ularning xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga javob berishini taʼkidlay olamiz.

XULOSA


Davlatlarning huquqiy vorisligi sohasida xalqaro hamkorlik mexanizmini takomillashtirish masalalarini har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish natijasida, quyidagi umumlashtirilgan xulosalar chiqarildi, ularni va qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqildi, quyidagilar ularning eng asosiylaridir:

    1. Download 1.42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling