Jahon iqtisodiyoti va


Download 1.42 Mb.
bet7/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Ishda davlatlar huquqiy vorisligining umumiy muammolari yechimi va davlatlarning xalqaro hamkorligini kodifikatsiyalangan va kodifikatsiyalanmagan obʼektlar bo‘yicha faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ilmiy-nazariy hal qilish ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy shartnomalarini takomillashtirish va istiqbolda tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi hamda turli huquqiy kategoriyalar (parchalanish, qo‘shilish, qo‘shib olish) ning mohiyati aniqlashtirilgan;
shartnomalar, davlat mulki, davlat arxivlarining davlat huquqiy vorisligi nazariy- amaliy jixatdan asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyoti va qonunchiligiga doir masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlangan;
davlatlar huquqiy vorisligining bugungi kunda duch kelayotgan jiddiy muammolari ajratib ko‘rsatilgan va ularni hal qilish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
davlatlar huquqiy vorisligini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarning qabul qilish zaruriyati asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot ishida qo‘llanilgan usullar, uning doirasida foydalanilgan nazariy maʼlumotlar rasmiy manbalardan olingani, xorijiy tajriba va milliy qonun hujjatlarining o‘zaro tahlil qilingani, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati undagi ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalardan ilmiy
faoliyatda, huquq ijodkorligida, huquqni qo‘llash amaliyotida, xalqaro va milliy qonunchilikni takomillashtirishda, xalqaro ommaviy huquq, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro xususiy huquq huquqi fanlarini ilmiy- nazariy jihatdan yanada boyitishda, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, qonunlarga sharhlar tayyorlashda, shuningdek yurisprudensiya yo‘nalishidagi taʼlim jarayonida ilmiy-nazariy tahlil asosida olingan natijalar ushbu yo‘nalishdagi metodologik yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati qonun ijodkorligi faoliyatida, xususan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishda hamda yuridik oliy taʼlim muassasalarida xalqaro huquq sohasidagi fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanishi mumkinligi bilan belgilanadi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling