Jahon iqtisodiyoti va


Muammoning o‘rganilganlik


Download 1.42 Mb.
bet4/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud bo‘lsa-da, ular alohida tadqiqot obʼekti sifatida o‘rganilmagan.
O‘zbekistonda davlatlarning huquqiy vorisligi uchun ahamiyatli bo‘lgan masalalar bo‘yicha ko‘plab huquqshunos olimlar u yoki bu darajada tadqiqot olib borishgan. Jumladan, A.Mamatkulov, X.T.Odilkoriyev, B.E.Ochilov, A.X.Saidov, K.K.Rashidov, I.M.Umaraxunov, N.R.Fayzullayeva kabi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligining ayrim jihatlari va masalalari ilmiy tahlil etilgan.
Hamdo‘stlik davlatlarida, A.B.Aksyonov, R.S.Alimkulov, P.P.Kremnev, T.N.Mixalyova, S.B.Balxayeva, E.S.Sargsyan va boshqa olimlar xalqaro huquq ilmida davlatlarning huquqiy vorisligi muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan.
Xorijiy mamlakatlarda davlatlarning huquqiy vorisligi muammolarini aniqlash va ularning oldini olishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari bilan bog‘liq masalalarni kompleks o‘rganish bo‘yicha M.M.Avakov, M.M.Boguslavskiy, S.X.Bokorne, Ya.Brounli, G.Grotsiy, De E.Vattel, L.V.Vlasova, D.O’Konnell, N.V.Zaxarova, Yu.A.Nogovitsin, L.Oppengeym, N.A.Ushakov, S.V.Chernichenko, A.Ferdross, M.N.Shou, X.Xamant, V.V.Sыbukov, Eli Natan kabi olimlar bir qator tadqiqotlarni amalga oshirganliklarini ko‘rish mumkin.
Biroq, xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish, shuningdek sohadagi muammolarni aniqlash, ularni zamon talablariga binoan qayta ko‘rib chiqishga doir faoliyatni tashkil etish bo‘yicha muammolar umumlashtirilgan ilmiy tadqiqot obʼekti sifatida o‘rganilmagan.
Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya mavzusi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq PZ№20170929780 “O‘zbekistonda xalqaro huquq sohasida taʼlim va tadqiqotlarni takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasida bajarilgan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling