Jahon iqtisodiyoti va
Download 1.42 Mb.
|
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obʼektini
- Tadqiqotning usullari.
Tadqiqotning maqsadi davlatlarning huquqiy vorisligiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:zamonaviy xalqaro huquq doktrinasidagi davlatlarning huquqiy vorisligi instituti va nazariy qoidalarini ilmiy tadqiq etish; milliy huquqiy tizim va xalqaro huquq tizimi doirasida davlatlarning huquqiy vorislik institutlarining shakllanishini tahlil qilish; hozirgi zamon xalqaro huquqida davlatlarning huquqiy vorisligi maqomiga oid asosiy tendensiyalarni taxlil etish; xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligi xalqaro-huquqiy hujjatlarni tavsiflash va ularning samaradorligini ilmiy baholash; xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligini hamda turli huquqiy kategoriyalarni mohiyatini aniqlash; shartnomalar, davlat mulki, davlat arxivlari borasidagi davlatlarning huquqiy vorisligi muammolarining nazariy-amaliy yechimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; MDH miqyosida tuzilgan sharnomalarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va xalqaro amaliyotiga doir masalalarini aniqlash; O‘zbekiston Respublikasining davlatlar huquqiy vorisligiga oid xalqaro hamkorlikdagi ishtirokiga doir huquqiy normalar hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning obʼektini O‘zbekiston qonunchiligida xalqaro huquq sohasida davlatlarning huquqiy vorisligini taʼminlash tizimini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti hozirgi zamon xalqaro huquqida davlatlarning huquqiy vorisligi sohasidagi qabul qilingan shartnomalar, BMTning Xalqaro huquq komissiyasidagi rezolyusiyalar, MDH va boshqa tashkilotlarning huquqiy vorisligiga oid shartnomalar, huquqiy vorislik muammolarni tartibga soluvchi milliy va xorijiy qonunchilik hujjatlari va ularning amaldagi ijrosi bilan bog‘liq muammolardan iborat. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tarixiylik, tizimlilik, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, mantiqiy taxlil, qiyosiy taxlil, statistik taxlil kabi usullar qo‘llanilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling