Jahon iqtisodiyoti va
KIRISH (Doktorlik dissertatsiyasi (DSc) annotatsiyasi)
Download 1.42 Mb.
|
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari
KIRISH (Doktorlik dissertatsiyasi (DSc) annotatsiyasi)Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda davlatlarning huquqiy vorisligi muammosi xalqaro huquqiy doktrinada o‘ta murakkab, ziddiyatli va bahs-munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Zero, hozirgi davr taraqqiyoti va globallashuv jarayoni davlatlardan suveren tenglik, kuch ishlatmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish kabi xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplariga asoslangan o‘zaro faoliyat yuritishlarini taqozo etadi. Biroq, jahondagi ayrim kuchli davlatlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayib borishi oqibatida xalqaro huquq normalarini tan olmaslik, ularni mensimaslik kabi holatlarning yuzaga kelishi huquqiy vorislik uzluksizligining buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan, xalqaro huquqning muhim elementlaridan biri bo‘lgan davlatlar huquqiy vorisligi va uni taʼminlash asosida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish hozirgi kunning o‘z yechimini kutayotgan muhim masalalari qatoridan haqli ravishda joy olgan. Jahon mamlakatlarining xalqaro huquq sohasidagi huquqiy vorisligini, xalqaro normalar va prinsiplarga asoslangan xolda kompleks tadqiq qilish va ularni takomillashtirish borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada, ayniqsa xalqaro huquqda davlatlarning huquqiy vorisligini taʼminlashning xalqaro- huquqiy tamoyillari, xalqaro munosabatlarda ulardan foydalanish, milliy qonunchilik darajasida xalqaro standartlar implementatsiyasining samaradorligini yanada oshirish, huquqiy vorislikni tartibga soluvchi qonun xujjatlari (xalqaro shartnomalar, memorandumlar, rezolyusiyalar, paktlar, konvensiyalar)ni tizimlashtirish, va ularni tartibga solish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-nazariy yechimini topish, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizda xalqaro huquq soxasida davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolarini nazariy-metodologik va amaliy jihatdan o‘rganish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga qaramasdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro huquq komissiyasi hamda Xalqaro huquq xalqaro assotsiatsiyasi maxsus komissiyalarining tavsiyalariga, xalqaro huquq sohasida davlatlarning huquqiy vorisligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmagan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi “xalqaro-huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ularni huquqiy tartibga solish mexanizmini”1 yanada takomillashtirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 5 apreldagi PF-5400-son “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, 2018 yil 5 apreldagi PQ-3654-son “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini 1Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони // Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль. yanada takomillashtirishga doir tashqiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 2 noyabrdagi PQ-4505-son “Huquqiy monitoringni zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1013-son “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari va mavzuga oid boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling