Jahon iqtisodiyoti va


Download 1.42 Mb.
bet10/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Ilmiy-nazariy xulosalar:


  1. Davlatlarning huquqiy vorisligi - xalqaro-huquqiy normalar, prinsiplar va anʼanalar majmuiga, shuningdek, xalqaro amaliyotga asoslangan xalqaro huquq instituti sifatida rivojanlib, zarurat bo‘lganda, xalqaro munosabatlar subʼektlarining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi milliy qonun normalari bilan bog‘liqdir. 1978 va 1983 yillardagi Vena konvensiyalarida kodifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar, davlat mulki, davlat arxivlari, davlat qarzlari va aktivlari, shuningdek, kodifikatsiya qilinmagan - davlatlar javobgarligi, yadro quroli, fuqarolik va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik uning obʼektlari hisoblanadi.

“Davlatlarning huquqiy vorisligi” instituti rivojlanayotgan tarmoq sifatida quyidagi sifatlarni o‘z ichiga oladi: a) xalqaro-huquqiy munosabatlarning muayyan guruhini tartibga soluvchi xalqaro huquq tarmog‘i; b) diqqat-eʼtiborini davlatlarning huquqiy vorisligini o‘rganishga qaratgan xalqaro huquqning tarkibiy qismi; v) xalqaro huquqni umumiy o‘qitish bilan bog‘lik o‘quv fani.

  1. Davlatlarning huquqiy vorisligi tushunchasini muallif majburiyatlar va javobgarliklarni bajarishda umumeʼtirof etilgan xalqaro-huquqiy meʼyorlar va prinsiplarga muvofiq, hududiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq muayyan yuridik faktlar asosida individual huquq va majburiyatlarning bir yoki bir necha huquq subʼektlaridan boshqa huquq subʼektlariga o‘zgarishi oqibatidir deb izohlaydi.

  2. Davlatlarning huquqiy vorisligida xalqaro va davlat ichkarisidagi huquqning izchilligi huquqiy vorislikning yuridik oqibatlariga hal qiluvchi taʼsir ko‘rsatadi. Davlatlarning huquqiy vorisligi institutining qarz davlatlarning huquqiy vorisligiga nisbatan asosiy o‘ziga xos jihati bir tomondan xalqaro, boshqa tomondan davlat ichidagi xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy tartibga solish taʼlimotidan iborat.

  3. Dissertatsiyada xalqaro huquqdagi davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi “universal”, “qisman”, tabula rasa, “kontinuitet”, “huquqiy vorisliklar”, “huquqiy voris bo‘lmasliklar” kabi turli nazariyalar xamda olim va mutaxassislar doktrinalari tahlil qilingan. Umuman olganda, davlatlarning huquqiy vorisligi to‘g‘risidagi turli nazariyalari ularning asosan yuridik va faktik muammolari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bu hozirgi siyosiy va iqtisodiy vaziyatning aksidir.

  4. XX-XXI asrda sodir bo‘lgan ilmiy-nazariy va amaliy tajribaga tayanib, davlatlar huquqiy vorisligi institutining rivojlanishi quyidagicha tasniflandi:

  1. Ikkinchi jahon urushi tugagungacha bo‘lgan davlatlarning huquqiy vorisligi amaliyoti. U asosan mustamlaka mulklari bilan bog‘liq bo‘lgan;

  2. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan va BMT tashkil etilganidan so‘ng mustamlaka tizimi qulashining boshlanishi;

v) XX asrning 90-yillarida federativ davlatlar (SSSR, SFRYU, Chexoslovakiya)ning qulashi; XX asrning 90-yillari, XXI asr boshlarida sobiq mustamlaka hududlarida ajralib chiqish jarayonlari (Efiopiya - Eritreya, 1993 y., Sudan - Janubiy Sudan 2011 y.) va separativ maqsadlarning kuchayishi.

  1. Davlatlarning huquqiy vorisligi bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismdan iborat: faktik va yuridik. Faktik huquqiy vorislik muayyan yuridik faktlar – yuridik huquqiy vorislikka olib keladigan faktik vaziyatlarda ifodalanadi. Bunda bir davlatning maʼlum bir hududi suverenitetining boshqa davlat tomonidan o‘zgarishini tushunish kerak.

Quyidagilar yuridik huquqiy vorislikka olib keladigan faktik vaziyatlar hisoblanadi:
Bir davlatning o‘z hududining bir qismini boshqa davlatga berishi; Davlat hududining bir qismining ajralishi va boshqa davlatga qo‘shilishi; Yangi davlat - xalqaro huquq subʼektining paydo bo‘lishi;
Sobiq mustaqil hududda yangi mustaqil davlatning paydo bo‘lishi;
Mavjud davlatdan ajratilgan hududning bir qismida (yoki qismlarida) davlatning
shakllanishi (jumladan federatsiya subʼekti ajratilganda ham);
Ikki yoki bir necha davlatlarning bitta davlatga birlashishi (federatsiya tashkil etilishi, davlatlarning qo‘shilishi, davlatning qo‘shib olinishi);
Davlatning bo‘linishi va uning tugatilishi, uning hududida ikki yoki bir necha davlatlarning shakllanishi (unitar davlatning parchalanishi, federatsiyaning qulashi).
Yuridik huquqiy vorislik deganda, biz xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga asoslanib, oldingi davlat tomonidan tan olingan tegishli davlatlar tomonidan chegaralangan ayrim obʼektlar (moddiy va nomoddiy neʼmatlar, faqat davlatning ichki vakolatiga taalluqli bo‘lmagan hatti-harakatlar va harakatlardan tiyilish)ga nisbatan huquq va majburiyatlarning voris holatiga o‘tishini tushunamiz.

  1. Xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta 1996 yildagi “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma” hamda 1997 yildagi “Xalqaro atom energiyasi agentligi (INFCIRS IT53 (Corr.) va Xalqaro atom energiyasi agentligining Qo‘shimcha protokoli (INFCIRC/540 (Corr.) ning kafolatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi Bitim” talablariga to‘liq rioya qilish majburiyatlari huquqiy vorislikning alohida sohasiga aylandi. Ularda:

MDH ga aʼzo davlatlar harbiy-siyosiy va yadro qurolsizlantirish sohasida birinchi ko‘p tomonlama bitimni tuzishdi;
Yadro quroliga ega bo‘lgan Xitoy va Rossiya, shuningdek, bunday imkoniyatga ega bo‘lgan Hindiston, Pokiston va Eron bilan umumiy chegaralarning mavjudiligi;
Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq, har bir tomon “SSSR paytida yadro portlashlaridan foydalangan holda, xalq-xo‘jaligi” deb ataladigan faoliyatidan zarar ko‘rgan hududlarni ekologik reabilitatsiya qilish bo‘yicha har qanday saʼy- harakatlarga ko‘maklashish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.

  1. Xalqaro munosabatlar bo‘yicha zamonaviy nazariya va amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tmishdosh-davlat nafaqat davlatlar, xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro huquqning boshqa subʼektlari, balki quyidagi holatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oldida ham majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: a) davlat hududining bir qismi o‘tkazilganda; b) davlatlar birlashtirilganda; v) davlat hududining bir qismi ajratilganda; g) yangi davlat shakllantirilganda; d) davlat qulaganda.

  2. Maxsus adabiyot, MDH doirasida qabul qilingan xalqaro konvensiya va shartnomalar tahlili davlatlar huquqiy vorisligi muammolarini xalqaro-huquqiy tartibga solish muammosining asosiy o‘ziga xos jihati bir tomondan xalqaro, boshqa tomondan milliy xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy taʼlimotdan iborat, degan xulosaga olib kelmoqda.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling