Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari
A. Ichki globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining mamlakatning ichki hududidagi ichki omillar evaziga kengayishi; B
Download 211.5 Kb.
|
JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon miqyosida globallashuvning quyidagi turlari mavjud
A. Ichki globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining mamlakatning ichki hududidagi ichki omillar evaziga kengayishi;
B. Tashqi globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining milliy doiradan tashqaridagi omillar hisobiga rivojlantirilishi. Globallashuv bosqichlari tarixiy taraqqiyot nuqtai-nazaridan quyidagi davrlarga bо‘linadi: Birinchi bosqich (1890-1920y) – resurslarni о‘zlashtirish bosqichi bо‘lib, bunda kapital tabiiy resurslar mavjud hududlarga oqib kelib, ularni о‘zlashtirishga yо‘naltiriladi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar hajmi ortib boradi. Ikkinchi bosqich (1920-1970y) – ishlab chiqarish va bozorlarni egallash bosqichi bо‘lib, bunda kapital sanoat ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini sotish bozorlarini egallashga yо‘naltiriladi. Uchinchi bosqich – zamonaviy integratsiya bosqichi bо‘lib, bunda quyidagi maqsadlar kо‘zda tutiladi: 1. Investitsion resurslarni samaraliroq tarmoqlarga tezkor joylashtirish va boshqarish; 2. Hududlarning ichki va tashqi omillaridan, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa barcha imkoniyatlaridan (EIZ va offshorlar) hamda integratsion aloqalaridan kengroq foydalanish; 3. Texnika-texnologiya, tashkiliy, boshqaruv yoki bozordagi ustun imkoniyatlarni birlashtirish, xalqaro raqobatda ustunlikni qо‘lga olish, talabgir sohalarni egallash (GOOGLE, Amazon…IT sohalar) Jahon miqyosida globallashuvning quyidagi turlari mavjud: 1. Siyosiy; 2. Ijtimoiy; 3. Iqtisodiy; 4. Ilmiy-texnikaviy; 5. Madaniy... О‘z о‘rnida iqtisodiy globallashuvni harakatlantiruvchi kuchlar sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin: a) Ishlab chiqarish va raqobat; b) Xalqaro savdo (tovarlar va xizmatlar); c) Investitsiya. Globallashuv jarayonlariga ta’sir kо‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning harakatlantiruvchi kuchlariga: Ø jahon iqtisodiyoti doirasida kuch tо‘playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini Ø xо‘jalik hayotining transmilliylashtirilishi - yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning о‘sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag‘batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta’sirga ega. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashtirishning motori hisoblanadi. Globallashtirishning yana bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyot – texnologik innovatsiyalar bо‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez harakatlanuvchi kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik tо‘lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet global tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bо‘ldi. Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag‘batlantiruvchi inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq keyingi 5-10 yil ichida dunyodagi mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi va bu Mur qonuni nomini oldi (bu tendensiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga). Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj.Garret jahon iqtisodiyoti globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib kо‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 1) jahon savdosida о‘sib borayotgan raqobat; 2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari natijasida ishlab chiqarishning kо‘p millatli xarakterini о‘rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning xalqaro integratsiyasi. Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida о‘z aksini topadi. G‘arb iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga о‘xshash subyektlari transmilliy, xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular о‘z operatsiyalarini о‘zlari tashkil etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlashni о‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi. TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi: a) Bozorlarni reja asosida yuritish va jahon miqyosida raqobatni amalga oshirish (ayrim xorijiy ekspertlar global raqobatning zamonaviy atamasi uchun yangi sо‘z - "giperraqobat” sо‘zini ishlatadilar); b) Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish; c) Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida о‘z bо‘limlari faoliyatini kuzatish; d) Korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; e) Bо‘limlar, zavodlar va qо‘shma korxonalarni yagona xalqaro boshqaruv tarmog‘iga birlashtirilishi; f) TMK faoliyat yuritayotgan davlatlarga iqtisodiy va siyosiy ta’sir kо‘rsatish. Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bо‘lib qoladi (yirik mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, transmilliylashtirish jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u yerda о‘z о‘rniga ega bо‘lishdan iborat bо‘lib qoladi. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling