Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet41/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Xo‘jaligi. Jahon mamlakatlari orasidan AQSH singari e’tibomi o‘ziga kuchli jalb qilgan davlatni topish mushkul. U dunyodagi yirik davlatlardan biri bo‘lib, ko‘p sohalarda - jahon siyosatida ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatda 2012-yilda 15,7 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. Bu dunyoda birinchi ko‘rsatkichdir. Yirik iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda harbiy zaxiralarga ega. Shu jumladan, neft, tabiiy gaz, ko‘mir va po‘lat ishlash bo‘yicha ta yetakchi jahon davlatlari qatoriga kiradi. Elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha esa yagona yetakchi davlat hisoblanadi. Elektrotexnika, elektronika va aerokosmik mahsulotlari sifati, avtomobilsozlik, kemasozlik va samolyotsoz- lik tarmoqlari va kimyo sanoatining rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyoda peshqadamlik mavqeyini saqlab turibdi. Don mahsulotlarini yetishtirishda ja­honda ikkinchi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Amerika iqtisodiyotida kapitalning markazlashuvi asosiy belgi hisoblanadi. Amerikaning yirik korporatsiyalari o‘zi amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha transmilliy xarakterga ega. Jahonning yirik 500 ta TMK (Transmilliy korporatsiya)lari orasida 100 dan ziyodi AQSH da joylashgan. Ro‘yxat boshida «General Motors», «Exxon», «Ford Motors» va «IBM» turadi.
XIX asrning oxirlaridayoq AQSh sanoat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Buyuk Britaniyani quvib o’tib, jahonda birinchi o’ringa chiqqan edi. Hozir ham mehnat unumdorligi va ko’pchilik fantalab ishlab chiqarishda birinchilikni egallab kelmoqda. U shuningdek ayrim an’anaviy sanoat va qishloq xo’jaligi, noishlab chiqarish sohalarida o’z ustunligini saqlab turibdi. Jami ishlab chiqarilayotgan aviaraketa-kosmik apparatlarning 3/4 qismidan ko’prog’i, elektron-hisoblash (ayniqsa sanoat va harbiy) texnikalarining 2/3, ko’mir kazib olish va AES quvvatining 1/3, g’arb dunyosida yig’ishtirib olinayotgan g’allaning 1/3 qismiga yaqini AQSh ga to’g’ri keladi.
Davlat xo’jalikning barcha sohalariga aralashadi, ishlab chiqarish tuzilishi va joylashtirilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Soliq imtiyozlari va kredit yordamida sanoatning yangi sohalarini o’sishini rivojlantiradi hamda yangi sanoat rayonlari barpo etishga ko’maklashadi. Shuningdek davlat ilmiy tadqiqotlarni, ayniqsa qurol-yaroq ishlab chiqarishni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratadi.
Milliy darajada sanoat mahsulotlari qiymati qishloq xo’jaligi mahsulotlarinikidan 10 marta ko’p. AQSh sanoati katta, texnik jihatdan yaxshi ta’minlangan material bazasiga ega.
Stanoksozlik esa Ko’lbo’yi va Shimoli-Sharkiy megapolislar atrofida to’plangan. Janub va G’arb zavodlarida stanok va uskunalar Shimolda esa samolyotlar ishlab chiqarish rivojlangan. Avtomobilsozlik- AQSh sanoatida milliy soha hisoblanadi. Bu erda birinchi marta avtomobil ishlab chiqarish ommaviy tarzda yo’lga qo’yilgan: har bir ishlovchi amerikalikning ettidan bittasi avtomobil ishlab chiqaruvchi yoki unga xizmat ko’rsatadi. Avtomobil zavodlari mamlakatning 26 shtatida 125 ta shaharda joylashgan. Ammo biroq, eng ko’p avtomobil Ko’lbo’yi megopolisida ishlab chiqariladi. Bu erda bosh «avtomobil shtati» Michigan va AQShning «avtomobil poytaxti» Detroyit joylashgan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling