Rangli metallurgiya. AQSH rangli metallaming asosiy turlarini yirik ishlab chiqamvchisi hisoblanadi. Mis, rux, qo‘rg‘oshin eritish zavodlari Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida mavjud. Yirik rangli metallurgiya rayoni Tinch okeani sohilining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Rangli metallurgiya zavodlari xom ashyo qazib olinadigan rayonlar yoki xom ashyo tashib keltiriladigan portlarga yakin joylashgan. Shuning uchun ham ularning ko’pchiligi G’arb va Janubda joylashgan.
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati AQSH sanoatidagi eng yirik tarmoq hisoblanadi. Unga sanoatda jami band aholining 40% i to‘g‘ri keladi. AQSH mashinasozligini o‘n minglab korxonalar va minglab firmalar tashkil etadi, lekin shulaming ichida bir necha yirik monopoliyalar hukmronlik qiladi. Avtomobilsozlikda-«General Motors», «Ford Motors»; aviasozlikda - «Boing», «Makdonald Duglas», «Lokxid»; elektronikada - «General elektro- niks», kompyutcr ishlab chiqarishda «Interneyshnl Biznes Mashins» (IBM) shular jumlasidandir. Amerika mashinasozligida eng muhim tarmoq avto- mobilsozlikdir. Avtomobilsozlik tarmog‘i AQSH ning 20 ta shtatida mavjud. Michigan shtatidagi Detroyt shahri mamlakatning «avtomobil poytaxti» hisoblanadi. Bu rayonning hamma katta shaharlari (Toledo, Chikago, Klivlend, Buffalo va boshqalar) avtomobilsozlik markazlaridir.
Mashinasozlik majuasi yuqori fantalabligi bilan qayta ishlash sanoatidan 2,5 marta ziyod turadi. Kompleksning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish kapital hajmining pastligidir: u 40 % sanoat mahsuloti ishlab chiqara turib, asosiy ishlab chiqarish kapitalining 20 % ga yakinligini jamlaydi xolos. Nihoyat bu majmuada sanoatda band ishchi kuchining 40 % dan ortig’i foydalaniladi. Bu erda yuksak texnika darajasidagi ishchi o’rinlari to’plangan. Sohalar orasida mashinasozlikning elektronika, samolyot-raketasozlik harbiy buyurtmalar asosini tashkil qiladigan sohalari boshqalarga qaraganda tez o’sayapti.
Aviatsiya sanoati-AQSH xo‘jaligining yirik tarmoqlaridan biri. Uning tarkibiga raketasozlik va kosmik texnika ishlab chiqarish ham kiritiladi. Yirik monopoliyalari: «Boing», «United Tehnologies», «Makdonald Duglas», «Lokxid». «Boing» esa jahondagi eng yirik aviatsiya sanoati korporatsiyasidir. Kemasozlik markazlari Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘i sohillaridagi shaharlarda j oylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |