Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Xo’jaligi va iqtisodiy rayonlari


Download 1.43 Mb.
bet91/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Xo’jaligi va iqtisodiy rayonlari. Qayta ishlovchi sanoat JAR, Misr, Jazoir, Nigeriya, Marokash, Liviya hamda Zimbabve, Tunis, KDR, Keniya mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Aynan shu mamlakatlar elektroenergiya ishlab chiqarish bo‘yicha ham Afrikada yetakchi o‘rinlami egallaydi.
Afrikaning iqtisodiy rayonlashtirish masalasi hozirgi vaqtgacha yakuniy yechimini topgani yo‘q. Tadqiqotchilar ichida Afrikani ikki: Shimoliy Afrika va Tropik Afrika subregionlariga bo‘lish keng tarqalgan.
Shimoliy Afrikaning umumiy maydoni 9555,2 ming km2, aholisining soni 216,0 mln. kishi, shu jumladan, shahar aholisining soni 102,8 mln. kishi, ulushi 47,5% (2013-y.). Bu, asosan, arablar, barbarlar va tuareglar istiqomat qiluvchi tarixiy subregion. Shimoliy chegarasini 0‘rta dengiz suvlari yuvib turadi, janubiy chegarasi shartli ravishda Sahroyi Kabiming markaziy va janubiy qismlaridan o‘tadi. Subregionda Misr, Liviya, Tunis, Sudan, Jazoir, Marokash, Mavritaniya hamda G‘arbiy Sahroyi Kabir mamlakatlarining hududi joylashgan. Geografik o‘mi qulay. Aholisining soni o‘rtacha yiliga 2,1-2,2% ga o‘smoqda.
Xo‘jaligining asosini tog‘-kon sanoati tashkil etadi. Jazoir, Liviya va Misrda neft va gaz qazib olish, qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan bo‘lib, u tovar ahamiyatiga ega. Qora metallurgiya sanoati Misr (Xeluan) va Jazoir (Annaba)da, rangli metallurgiya Jazoir, Misr, Marokashda, mashinasozlik mamlakatlaming poytaxtlari hamda katta shaharlarida rivojlangan. Shimoliy Afrikada kimyo sanoati, ayniqsa, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish yuqori darajada rivojlangan.
Qishloq xo‘jaligi, avvalambor, dehqonchilik, qulay tabiiy sharoit va suv resurslari bilan bog‘liq holda rivojlangan. Asosiy shaharlari va sanoat markazlari kabi dehqonchilik makonlari 0‘rta dengiz hamda Atlantika okeani sohillariga yaqin hududlarda va Nil vodiysida joylashgan. Sug‘orma dehqonchilik Nil vodiysida (Misr) rivojlangan bo‘lib, u ingichka tolali paxta, shakarqamish hamda boshqa ekinlami yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari: neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, fosforitlar, rangli metallar, paxta, sitrus mevalari, xurmo, oziq-ovqat mahsulotlari.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling