Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari


London moliya markazi faoliyatidan


Download 447.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana02.01.2022
Hajmi447.32 Kb.
#184485
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari

London moliya markazi faoliyatidan:


28

London siti. Bugungi kunda har oltinchi ishchi ushbu moliya markazi bilan

bevosita yoki bilvosita aloqador. 2002-yilda bu yerda 280 ming kishi ishlagan.

Iqtisod va mehnat tadqiqotlari markazi(CEBR)ning hisoblashicha, 2007-yilda 450

ming kishi London moliya sektorida mashg’ul bo’lgan bo’lsa, 2010-yilda 600

ming kishi atrofida ekanligi qayd etilgan. Bu Londonni nafaqat Yevropa, balki

butun jahon moliya tizimida asosiy rolda bo’lishga da’vo qilishini bildiradi.

Jahon moliya markazi nomi uchun kechadigan raqobatda doimo London

ko’plab liberal qonunlar tufayli birinchi o’rinda bo’lgan.  Aprel oyida Yevropa

fonda bozori kapitalizatsiyasi (rivojlanayotgan Rossiya va Turkiyani qo’shib

hisoblaganda) 15.8 trln.$ ga yetdi, xuddi shunday ko’rsatkich AQSh bozorida 40-

yillarda (15.7 trln.$) kuzatilgan.  2007 –yil birinchi besh oy mobaynida Yevropa

IPO(aksiyalarning dastlabki qo’yilishi) summasi 37.8 mlrd.$ ga yetdi, bu

AQShdagidan (21.2 mlrd.$) sezilarli darajada katta. Garchi Amerika banklari

Yevropa banklaridan ikki marta ko’p komission haqlar olsa ham, Yevropa banklsri

daromadi yuqororiq – 1.4 mlr.$, AQSh banlarida 1.2 mlrd.$.

Rasmiy statistikaga ko’ra London jahon moliya tizimida lider hisoblanadi.

Uning hisobiga ikkilamchi bozor obligatsiyalarining 70%i va derivativ bozorining

deyarli 50%i to’g’ri keladi. London – xorijiy valyutalar savdosining eng yirik

markazi va yiliga bu bozor 39% o’sadi, shuningdek, Nyu-York bozorida 8% o’sish

kuzatiladi. Deyarli 80% Yevropa hedj-fondlari London boshqariladi. 2006-yilda

London fond birjasi Nyu-York birjasidan (Nyu-York birjasida 36 ta, NASDAQda

138ta) ikki barobar ko’p bo’lgan 419 ta yangi qo’yilmalarni (muqobil investitsiya

bozorlarini qo’shib hisoblaganda) amalga oshirdi.

2006-yilda M&A Yevropa bozorida 1.15 trln.$ va Amerika bozorida 1.14

trln.$ tashkil qildi. Shu yili Britaniya xususiy investitsiya kompaniyalari 246

mlrd.$ mablag’ni o’ziga jalb qildi va 974 mlrd.$ mablag’ni investitsiya qildi

10

.



10

Буглай  В.Б., Ливенцев Н.Н. Международные экономические  отношения. — М.: Финансы  и  статистика,

2007.



29


Download 447.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling