III. Kichik guruhlarda ishlash:
Sinf o’quvchilari “XVIII ASRDA SHIMOLIY AMERIKA. AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARINING TASHKIL TOPISHI” mavzusida taqdimotlar tayyorlaydilar.
1776-yil mayda Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga da’vat etuvchi qaror qabul qilindi. Rasmiy bayonotnoma tayyorlash uchun virjiniyalik Tomas Jefferson boshchiligida komissiya tuzildi. 1776-yil 4-iyulda qabul qilingan va asosan, T. Jefferson zakovatining mahsuli bo‘lgan Mustaqillik Deklaratsiyasi yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni e’lon qildi.
Mustaqillik Deklaratsiyasida davlat qurilishining asosi sifatida xalq suvereniteti prinsipi e’lon qilindi, xalqning zolimlarga qarshi isyon qilishga, yashashga, ozod bo‘lishga, tenglikka bo‘lgan huquqi e’tirof etildi. 4-iyul har yili AQSHda Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
Mening javobgarligim:
-Mol-mulkka nisbatan ehtiyotkor bo‘lish.
Masalan: suv, elektr, gaz resurslaridan oqilona foydalanish; chiqindilarni belgilangan joyga tashlash.
IV. Taqdimotlarni namoyish etish
Guruhlarga ijodiy ish namoyishi o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
O`quvchilar darsdagi va guruhdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari sanaladi. Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi. G’olib guruh a’zolarining barchasi va eng faol ishtirok etgan o’quvchilar baholari jurnalga, kundaliklariga qo’yiladi.
VI. Uyga vazifa .
Bugungi mavzuni o’qib kelish, mavzuni konspektlashtirish, savollarga javob berish, xulosa chiqarish.
54-59-sahifalardagi savollarga javob yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |