Jahon tarixi fanidan mustaqil ish


Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda


Download 64.5 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1282115
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Mitanni va Yangi Bobil podsholigi

Miloddan avvalgi XVI–XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi. Mitanni Kichik Osiygi, Finikiya, Suriya va Palastinga o`z ta`sirini o`tkazgan. Miloddan avvalgi XV asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Bobil, goh Ossuriya bilan urushlar olib boradi. Janglarda Mitanni qo`shinlari goh yengadi, goh yengiladi.


  1. Mitanni davlatining zaiflashuvi va parchalanishi.

Bu davrda Xett davlati kuchayib, Mitanni ustiga qo`shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo`shinlari yengiladi. Shu vaqtda podsho saroyida fitna uyushtirilib, Tushratti o`ldiriladi. Ossuriya Alshi davlatlarr ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo`shinlariga zarba beradilar. Xett podshosi Tushrattining o`g`li Shattivasni taxtga o`tqizib, unga o`z qizini nikohlab beradi. Oqibatda Mitanni Xett daylatiga qaram bo`lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga tayanib Ossuriyani o`ziga qaram qilib olmoqchi bo`ladi. Ammo ossur qo`shinlari yana g`olib chiqib, Mitanni podshosi oilasi bilan asir olinadi. Mitanni poytaxti Vashshukan ossur qo`shinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g`alaba qozonib, mamlakatni vayron etadilar. Ko`p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asir olinadi. Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga bo`linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta`siriga tushib, o`z mustaqilligini yo`qotadi.



  1. Mitanni davlatining xo`jaligi.

Mitannining katta qismini Arman tog`liklari egallagan. Mamlakat janubida Yuqori Mesopotamiya pasttekisligi joylashgan.
Mitannidagi daryo va soy sohillarida yashagan aholi asosan arpa, bug`doy, no`xat, kunjut, sabzavot va mevalar ekib bog`dorchilik va sabzavotchilik bilan shug`ullanganlar. Sohibkorlar xurmo va uzum ham yetishtirganlar. Mitanni aholisi qo`y, echki, sigir, buqa, buzoq, eshak boqib, chorvachilikka katta ahamiyat bergan. Mamlakatda ot boqib, yilqichilikni rivojlantirish katta ahamiyat kasb etgan. Mitanni otlari butun Old Osiyo mamlakatlarida mashhur bo`lib, ularning narxi yuqori baholangan.
Mitannida kulolchilik, to`qimachilik, zafgarlik, qurolsozlik, ma`dansozlik ham rivoj topgan edi.
Mitanni to`rt tomonga boradigan yo`l ustida, shuningdek madaniyat rivoj topgan mamlakatlar o`rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va tashqi savdo rivojlangan edi. Mitanni Misr, Suriya, Palastin, Finikiya, Xett, Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlari olib borgan. Mitanni qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lgan.


  1. Download 64.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling