Jahon tarixi

bet17/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
behisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. Urushda
fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tor-mor etildi. Ular
vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm
halokatga uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi.
Uzoq va og‘ir kurashda demokratik va antifashistik kuchlar g‘alaba qo-
zondi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24-
oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi
boshlandi. O‘nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya
va Fransiya sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o‘ta
Ikkinchi jahon
urushining tugashi
Ikkinchi jahon
urushining yakunlari
www.ziyouz.com kutubxonasi

140
O‘zbekistonning
fashizm ustidan
qozonilgan g‘alabaga
qo‘shgan hissasi
qudratli davlatidan biri bo‘lib qoldi. Sovet davlati ham urush natijasida
mislsiz talafotlar ko‘rgan bo‘lsa-da, AQSH kabi dunyoning o‘ta qudratli
davlatiga aylandi. Hozirgi bosqichda Sovet davlati merosxo‘ri Rossiya bilan
AQSH dunyoni muvozanatda saqlab turibdi. Bugungi kunda Yer yuzida
mustahkam tinchlikning o‘rnatilishi, yangi qirg‘inbarot urushlarning ro‘y
bermasligi uchun barcha davlatlar (birinchi navbatda, buyuk davlatlar) hamda
jahon jamoatchiligi mas’uldir.
O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillik e’lon qilingun-
cha Sovet davlati tarkibida edi. Binobarin, Ikkin-
chi jahon urushi yillarida ham O‘zbekiston ulkan
mustamlakachi imperiya — Sovet davlati tarki-
bida urushda qatnashdi.
Sovet davlati tarkibiga majburan birlashtirilgan xalqlar yagona nom bilan
sovet xalqi deb atalardi. O‘zbek xalqi fashizmdan Sovet davlatinigina emas,
ayni paytda O‘zbekistonni ham himoya qildi.
O‘z yurtiga bo‘lgan chinakam yuksak muhabbat va fashizmga nafrat
tuyg‘usi sotsialistik tuzum deb atalgan mustabid tuzum o‘zbek xalqiga
yetkazgan g‘am-alamni orqaga surib qo‘ydi. O‘zbekiston xalqlari ham
fashizmga qarshi kurashning adolatli ekanligini anglab yetgan edilar.
Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonliklarning ishtiroki xususida
I. A. Karimov bunday deb yozgan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday
BMT Deklaratsiyasiga qo‘l qo‘yish. Vashington. 1-yanvar 1945-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi

141
qaralmasin, bu urush qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan
bo‘lmasin, o‘z Vatani, el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun
jang maydonlarida halok bo‘lganlarni, o‘z umrlarini bevaqt xazon qilgan
insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oddiy haqiqatni
unutishga hech kimning haqqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz» («Vatan
sajdagoh kabi muqaddasdir». T., 1996, 81-bet).
O‘zbek xalqi fashizmga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan
yelkama-yelka bir safda turib kurashdi va uning ustidan qozonilgan buyuk
g‘alabaga baholi qudrat hissa qo‘shdi. Urushning dastlabki kunlaridayoq
14 ming kishidan o‘z ixtiyori bilan armiya safiga jo‘natishni iltimos qilib
ariza tushdi. Frontga umumxalq yordamini ko‘rsatish O‘zbekiston aholisi
vatanparvarligining yorqin namunasi bo‘ldi.
Chunonchi, o‘zbekistonliklar urush yillarida mamlakat mudofaa
jamg‘armasi uchun jami 649,9 mln so‘m pul, 22 kg oltin va kumush to‘pladilar.
O‘zbekistonliklar tank kolonnasi qurilishiga pul yig‘ishyapti. 1942-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi

142
O‘zbekistonlik
jangchilarning urush
maydonidagi
jasoratlari
O‘zbekiston kolxozchilari 1942-yilda tank kolonnasi qurishga o‘z shaxsiy
jamg‘armalaridan 260 mln so‘m topshirdilar. Urushning dastlabki yarim yili
ichida 420 mingdan ortiq turli issiq buyumlar yuborildi.
1941-yilning dekabriga keliboq, O‘zbekistonda jami 293 korxona mudofaa
uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi. Urush yillarida O‘zbekistonga
sovetlarning dushman bosib olgan yoki bosib olishi mumkin bo‘lgan
hududlaridan 104 fabrika va zavod ko‘chirib keltirildi. Bu fabrika va
zavodlarni ishga tushirishda O‘zbekiston aholisi mislsiz fidokorona mehnat
qilgan. Korxonalar uzog‘i bilan bir oyda ishga tushirilganligi buning yorqin
isbotidir.
Bu bunyodkorlik ishida aholining barcha tabaqasi, shu jumladan, ayollar
va bolalar ham faol ishtirok etdi. Chunonchi, 1942-yilga kelib sanoat sohasida
mehnat qilayotganlarning 63,5 foizi ayollardan iborat edi (bu ko‘rsatkich
1940-yilda 34 foizni tashkil etgan).
O‘zbekiston xalqi urush yillarida frontga jami 2100 ta samolyot, 17342 ta
aviamotor, 2 mln 318 ming dona aviabomba, 17100 bronopoyezd va boshqa
harbiy texnika hamda anjomlar yetkazib berdi. O‘zbekistonning o‘zida urush
yillarida 280 ta yangi korxona qurildi.
Dushmanni tor-mor etish uchun olib borilgan umumxalq kurashida
dehqonlar ham fidokorona mehnat qildilar. Urush yillarida davlatga
jami 4 mln 148 ming tonna paxta, 82 mln pud g‘alla, 54067 tonna pilla,
159 ming tonna go‘sht va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib
berildi.
Urush yillarida o‘zbek xalqi yuksak insonparvarlik xislatini namoyon
etdi. O‘zbekistonga jami 1 mln dan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming bola
keltirildi. Xalqimiz ularni mehmondo‘stlik, bolajonlik bilan qabul qildi,
ularga o‘z uyidan turarjoy berdi, topgan nonini ular bilan baham ko‘rdi,
ularga kiyim-kechak berdi.
O‘zbekiston oilalari ota-onasiz qolgan bolalarni o‘z bag‘riga oldi. Bu
o‘rinda toshkentlik temirchi Sh. Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i
B. Akramovalarning nomlari tariximizga zarhal harflar bilan bitilgan. Ular
turli millatga mansub 14 nafar bolani o‘z tarbiyasiga oldilar.
Ikkinchi jahon urushi frontlariga O‘zbekistondan
1 mln 433200 kishi safarbar etildi. 1941-yilda
respublika aholisi 6,5 mln kishini tashkil etgani
hisobga olinsa, bu katta raqamni tashkil etadi.
Binobarin, O‘zbekiston aholisining 22 foizi jang
maydonlarida qatnashdi. Bu jami mehnatga yaroqli aholining 40—42 foizi
degani edi. Urushda ishtirok etganlardan 268005 kishi halok bo‘ldi, 132670
kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi esa mayib-majruh bo‘lib qoldi. Frontda
ko‘rsatgan jasoratlari uchun o‘zbekistonliklardan jami 120 ming jangchi
hukumat ordeni va medallari bilan mukofotlandi. Ulardan 280 kishi
Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. 32 kishi «Shuhrat» ordenining har
www.ziyouz.com kutubxonasi

143
uchala darajasi bilan taqdirlandi. S. Rahi-
mov general darajasiga erishdi. Ularning
jasorati bugungi avlod uchun namuna yul-
duzidir.
Hamyurtlarimizdan bir necha minggi
Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yugo-
slaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya
kabi davlatlarning orden va medallari bilan
mukofotlandilar. Ba’zilarining xoki begona
va olis yurtlarda qolib ketdi. Ozodlik va erk
uchun, Vatan uchun jon fido qilganlarni
doimo yodda saqlash uchun 9-may «Xotira
va qadrlash kuni» deb e’lon qilindi. Zero
xalq uchun qilingan ish, ko‘rsatilgan jasorat
mangulikka daxldordir. U hech qachon
unutilmaydi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga solgan dahshatlari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
2. Ikkinchi jahon urushi qay tariqa boshlandi?
3. Nega G‘arbiy frontdagi urush tarixga «G‘alati urush» nomi bilan kirdi?
4. Fransiya qay tariqa taslim bo‘ldi?
5. Sovet davlati hududi qay tariqa kengayganligi haqida so‘zlab bering.
6. Germaniya nima uchun Buyuk Britaniyani mag‘lubiyatga uchrata olmadi?
7. Fashistlar o‘rnatgan «yangi tartib»ning insoniyatga qarshi vahshiyona
jinoyat ekanligini asoslab bering.
8. Qarshilik ko‘rsatish harakati qanday harakat edi?
9. Germaniyaning Sovet davlatiga qarshi urush boshlashi tarixi haqida
nimalarni bilib oldingiz?
10.Fashistlarga qarshi davlatlar koalitsiyasi qay tariqa vujudga keldi?
11.Ikkinchi jahon urushining buyuk janglari haqida so‘zlab bering.
12.Yevropada ikkinchi front qachon va qay maqsadda ochildi?
13.Tehron va Qrim konferensiyalari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Potsdam konferensiyasi qarorlarini ayting.
14.Germaniya va Yaponiyaning taslim bo‘lishi tafsilotini taqqoslang.
15.O‘zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi
haqida nimalarni bilib oldingiz?
16.Ikkinchi jahon urushining asosiy yakunlari nimalardan iborat bo‘ldi?
JADVALNI TO‘LDIRING. ENG YIRIK JANGLARNI TASVIRLANG
r
a
l
g
n
a
j
k
i
r
i
Y
i
f
i
s
v
a
T
— Eng yirik, mashhur lashkarboshilardan biri haqida erkin insho yozing.
General Sobir Rahimov.
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

144
BU HAQDA BAHS YURITING
Men ko‘p urushlarda qatnashdim, shuning uchun bu masalada g‘arazim
qattiq, hatto juda ham qattiq. Bu kitobning («Alvido, qurol») muallifi ongli suratda
shu fikrga keldiki: urushlarda jang qilayotgan odamlar dunyodagi eng ajoyib
odamlardir, frontning qizg‘in qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib
kishilarga ko‘proq duch kelaboshlaysan. Lekin urushni boshlaganlar, uning
oloviga yana olov tashlab turganlar iqtisodiy raqobatdan, foyda undirishdan
boshqa narsani o‘ylamaydigan to‘ng‘izlardir. Men urushda boylik orttirganlar,
urush olovini yoqqanlar urushning birinchi kunlaridayoq mamlakat grajdan-
larining muxtor vakillari tomonidan otib tashlanmog‘i zarur, deb hisoblayman.
Ernest Xeminguey
(«Alvido, qurol» kitobiga yozgan so‘zboshidan)
Oliy Bosh qo‘mondon Qarorgohining 1941-yil 16-avgustdagi buyrug‘idan
...Buyuraman
1. Jang paytida unvon belgilarini yulib tashlovchi va front ichkarisiga qochuvchi
yoki dushmanga asir tushuvchi komandirlar va siyosiy xodimlar dezertir deb
hisoblansin, ularning oilalari qasamni buzgan va Vatanga xiyonat qilganlarning
oilalari sifatida qamoqqa olinsin.
Barcha yuqori komandirlar va komissarlarga boshliqlar tarkibidan bo‘lgan
bunday dezertirlarni joyida otib tashlash majburiyati yuklansin.
Davlat Mudofaa qo‘mitasi raisi I. Stalin.
www.ziyouz.com kutubxonasi

145
IKKINCHI BO‘LIM.
JAHON MAMLAKATLARI XX ASRNING IKKINCHI
YARMI VA XXI ASRNING BOSHLARIDA
1-bob. XALQARO MUNOSABATLAR.
G‘ARB DAVLATLARI TARAQQIYOTINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
16-§. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyo siyosati
va hayotidagi o‘zgarishlar
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng dunyo siyosatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi.
BMTning roli ancha kuchaydi. Ilgari kelishilgan ba’zi qarorlar amalga oshdi,
ba’zilari esa amalga oshmasdan qoldi. Fashist jinoyatchilar boshliqlari
jazolandi.
1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-sentabrgacha Xalqaro tribunal fashist
jinoyatchilarni sud qildi. 12 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi. 7 kishi uzoq
muddatli va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu urush aybdorlari-
ning tarixda birinchi marta xalqaro miqyosda jazolanishi edi.
Urushdan so‘ng qurollanish poygasi avj oldirildi.
1945-yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada
sinab ko‘rdi va bu mudhish qurol vositasida dunyoga
hukmronlik qilishni o‘ylay boshladi.
Qo‘shma Shtatlarda atom bombasi yaratilgandan keyin, SSSR ham AQSH
dan orqada qolmaslik uchun barcha choralarni ko‘rdi. Nihoyat, 1949-yilda
atom bombasini yaratdi va uni sinovdan o‘tkazdi.
AQSH 1952-yilda yanada dahshatliroq ommaviy qurg‘in quroli —
vodorod bombani yaratdi. Uning qudrati 10 mln tonna trotilga teng edi.
SSSR esa bir yildan keyinroq bunday qurolga ega bo‘ldi. Bu orada AQSH
yadro qurollarini nishonga yetkaza oladigan samolyotlar yaratdi. SSSR esa
qit’alararo raketa yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Atom suv osti kemalari yaratil-
di. Shu tariqa kishilik jamiyatini bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir
ommaviy qirg‘in qurollari zaxirasi vujudga keltirildi.
Lekin oradan ko‘p o‘tmay «sovuq urush» boshlandi. Uning tashab-
buskori U. Cherchill edi. U «sharqiy kommunizm» bilan kurash vazifa-
sini qo‘ydi. 1947-yil 14-martda qabul qilingan Gretsiya va Turkiyaga
yordam berishni mo‘ljallagan «Trumen doktrinasi» buning amaldagi isboti
bo‘ldi. 1947-yil 5-iyunda qabul qilingan va Yevropaning 16 davlatiga
iqtisodiy yordam berishni mo‘ljallagan «Marshall rejasi» uni yanada
mustahkamladi.
Qurollanish poygasi
va «sovuq urush»
10 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

146
Ikki eng buyuk davlat o‘rtasida munosabatlarning
tobora keskinlashib borishi oqibatida ikki harbiy-
siyosiy ittifoq vujudga keldi.
Ularning birinchisi AQSH va uning ittifoqchi-
larini birlashtirgan Shimoliy Atlantika shartnomasi — NATO deb ataldi.
Bu ittifoq 1949-yilning 4-aprelida Vashington shahrida 12 davlat ishtirokida
tuzildi (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Belgiya, Daniya,
Islandiya, Italiya, Lyuksemburg, Gollandiya, Norvegiya, Portugaliya). AQSH
generali D. Eyzenxauer uning qo‘mondoni etib tayinlangan.
1949-yilning 1-oktabrida kommunistik Xitoy Xalq Respublikasining
tashkil topishi, 1950-yilda esa SSSR bilan Xitoy o‘rtasida «Do‘stlik, ittifoqlik
va o‘zaro yordam to‘g‘risida» shartnoma imzolanishi AQSHni qattiq tash-
vishga solib qo‘ydi. XXRning tashkil topishi bilan «jahon sotsializm tizimi»
shakllanishi nihoyasiga yetdi. 1955-yilda GFR NATOga a’zo etib qabul
qilindi. Hozirgi davrda NATO ga Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Ispaniya, Latviya,
Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Chexiya, Estoniya
kabi davlatlar a’zodirlar. Sharqiy Yevropa davlatlari (SSSR, Polsha, Vengriya,
Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, GDR) 1955-yilning 14-mayida o‘zla-
rining harbiy-siyosiy ittifoqi — Varshava shartnomasi tashkilotini tuzdilar.
Shunday qilib, dunyo, shu jumladan, Yevropa ikkiga bo‘lindi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Koreyaning shi-
molini SSSR, janubini esa AQSH armiyasi ishg‘ol
etdi. Germaniya bo‘linganidak, bu yerda ham bir davlat ikkiga bo‘lindi va
ikki hukumat tuzildi. 1949-yilda SSSR va AQSH Koreyadan o‘z armiyalarini
olib chiqib ketdilar. 1950-yilning 25-iyunida Shimoliy Koreya armiyasi
chegarani buzib o‘tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSH ushbu masa-
laning BMT da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani
agressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.
Xalqaro kuchlar 15-sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular
Shimoliy Koreya armiyasi harakatini to‘xtatdi hamda Janubiy Koreya
hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSH harbiy kuchlari
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so‘ng Xitoy
Xalq Respublikasi o‘z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi.
SSSR ning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo‘lib
qoldi. Shundan so‘nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini
to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 1953-yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko‘ra,
har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo‘lgan holatida (38-parallel
kenglikda) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarimorolida urush to‘xtadi. Biroq
mamlakat ikkiga bo‘linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy
Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o‘rnatdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng buyuk davlatlar
Falastinda yahudiylarning o‘z davlatiga ega
bo‘lishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlay boshladi.
Koreya urushi
Yaqin Sharq mojarosi
Dunyoning va
Yevropaning ikkiga
bo‘linishi
www.ziyouz.com kutubxonasi

147
Ayni paytda BMT ham 1947-yil 29-noyabrda Falastinda ikkita davlat
tashkil etilishi (Isroil va Falastin) haqida qaror qabul qildi. Dunyoning turli
burchaklaridan ming-minglab yahudiylarning Falastinga ko‘chib kelishi arab
va yahudiylar o‘rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948-yil 14-mayda Isroil davlati
(yahudiylar davlati) tashkil etildi-yu, lekin Falastin davlati tashkil etilmay
qoldi. Bu esa birinchi arab — isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin
hududi Isroil tomonidan bosib olindi. 1949-yilda BMT urush harakatlari-
ning to‘xtatilishiga erishdi. Biroq Falastin — Isroil janjali davom etdi.
1947-yilda Buyuk Britaniya Hindistonga musta-
qillik berishga qaror qildi. Biroq inglizlar Hin-
distondan chiqib ketish oldidan uni diniy belgiga
ko‘ra ikkiga — Hindiston va Pokistonga — bo‘lib yubordilar. Shu tariqa
keyinchalik qator qurolli to‘qnashuvlarga olib kelgan Hindiston — Pokiston
mojarosiga zamin yaratildi. Bu mojaroda SSSR Hindiston tarafini ola
boshladi.
Tez orada Hindixitoyda ham qarama-qarshilik o‘chog‘i vujudga keldi.
Bunga SSSR va XXR ning yer yuzi mintaqa xalqlari milliy-ozodlik urushini
qo‘llab-quvvatlashi hamda ularni o‘z ta’sir doiralarida saqlab turishga
intilishlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, 1945-yil 2-sentabr kuni Vetnam De-
mokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Hokimiyat tepasiga
kommunistlar kelishdi. Bu hol Fransiyani tashvishga solib qo‘ydi. U o‘z
mustamlakachilik tartiblarini tiklash maqsadida Vetnamga qarshi urush
harakatlarini boshladi. Laos va Kambojada mustamlaka tartibini tikladi.
Hindixitoy xalqlari fransuz mustamlakachilariga qarshi ozodlik urushi
boshladilar. Bu urush 1954-yilda g‘alaba bilan yakunlandi.
1954-yilning aprel-iyul oylarida Jenevada Hindixitoyda tinchlik o‘rna-
tishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Fransiya Hindixitoy
davlatlarining mustaqilligini tan oldi va o‘z qo‘shinlarini bu hududdan
olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ayni paytda Vetnam 2 davlatga
(Shimolda Vetnam Demokratik Respublikasi, janubda — Vetnam Res-
publikasi) bo‘lindi. Bu davrda AQSH yer sharining turli nuqtalarida o‘z
ta’sir doirasini kuchaytirish uchun jon-jahdi bilan harakat qilardi. Shu
maqsadda u 1951-yilda ANZYUS (Avstraliya, Yangi Zelandiya va AQSH
ishtirokida), 1954-yilda SEATO (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Pokiston, Tailand, Filippin ishtirokida), 1955-
yilda SENTO (Eron, Turkiya, Pokiston va Iroq ishtirokida) harbiy-siyo-
siy bloklarini tuzdi. AQSH kommunistlar hukmronligidagi yagona Vet-
nam davlati vujudga kelishiga aslo toqat qila olmas edi. 1964-yilning
avgust oyida VDRning harbiy-dengiz kuchlari Tonkin qo‘ltig‘iga kirgan
AQSH harbiy kemalariga hujum qildi. AQSH bu voqeani o‘ziga qilingan
agressiya, deb baholadi. AQSH samolyotlari VDR hududini bombardi-
mon qilishni boshladi. 1965-yildan boshlab esa AQSH qurolli kuchlari
Hindiston va
Hindixitoydagi ahvol
www.ziyouz.com kutubxonasi

148
VDRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Biroq AQSH armiyasi
Vetnam xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Urush harakatlari 8 yil
davom etdi. AQSH Vetnam xalqining irodasini buka olmadi. Nihoyat,
1973-yilning yanvar oyida Parijda Vetnamda urushni to‘xtatish va tinchlikni
tiklash to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. AQSH Vetnamdan o‘z qo‘shinlarini
olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. U qo‘llab-quvvatlayotgan Janubiy Vetnam
hukumati 1975-yilda quladi. 1976-yilning 2-iyulida Vetnam yagona davlatga
birlashdi. Bu hodisa AQSHning Hindixitoydagi jiddiy mag‘lubiyati edi.
50-yillarda Yaqin Sharq G‘arbning buyuk davlat-
lari va SSSR o‘rtasidagi keskin qarama-qarshilik
maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarini, AQSH esa Isroilni qo‘llab-
quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952-yilda amalga oshirilgan
inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo‘lgan monarxiya ag‘darildi.
1956-yilda esa Misr Suvaysh kanalini milliylashtirdi. Bunga chiday olmagan
Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Fransiya va Isroil
ham qatnashdi. BMT va SSSRning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to‘xtatib
qolindi. Shu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada
Buyuk Britaniya va Fransiyaning pozitsiyalariga katta putur yetdi. Ayni paytda
Yaqin Sharqda SSSR ning obro‘si ko‘tarildi. 1958-yilda Iroqda monarxiya
ag‘darildi. Shunday sharoitda Eyzenxauer doktrinasi ilgari surildi. Unga ko‘ra,
Yaqin Sharqda endi AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rnini to‘ldirish
kerak edi. Bu hodisa SSSR ning G‘arb davlatlari bilan munosabatlarini yanada
keskinlashtirib yubordi. «Sovuq urush» vasvasasi kuchaydi.
50-yillarning ikkinchi yarmida SSSR turli tuzum-
dagi davlatlarning tinch-totuv yashashi mumkinligi
g‘oyasini ilgari  surdi. Bu g‘oyaning puch
emasligini isbotlash maqsadida o‘z armiyasining
sonini 2 mln kishiga qisqartirdi va SSSR — AQSH rahbarlarining oliy
darajadagi uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Va, nihoyat,
1960-yilning may oyida SSSR rahbari N. S. Xrushyov va AQSH prezidenti
D. Eyzenxauerning uchrashuvi o‘tkazilishiga kelishildi. Biroq bu uchra-
shuv amalga oshmay qoldi. Bunga AQSH 1-may kuni SSSR hududiga
josus samolyoti uchirishi sabab bo‘ldi. Josus samolyot Sverdlovsk osmonida
urib tushirildi. Uchuvchi G. Pauers tiriklayin asir olindi. AQSH ig‘vogarligi
fosh bo‘ldi.
1961-yilda SSSR va AQSH munosabatlarini nihoyatda keskinlashtirib
yuborgan voqea sodir bo‘ldi. Bu Berlin devorining qurilishi voqeasi edi.
Devor Sharqiy Berlinni G‘arbiy Berlindan ajratib tashladi. Tez orada dunyoni
yadro urushi halokati yoqasiga olib kelib qo‘ygan voqea ham sodir bo‘ldi.
Bu voqea tarixga «Karib inqirozi» nomi bilan kirgan. Bu inqiroz qay tariqa
yuz berdi? 1959-yilning yanvar oyida Kubada amerikaparast hukumat
ag‘darildi. Hokimiyat tepasiga F. Kastro boshchiligida vatanparvar kuchlar
Yaqin Sharq inqirozi
SSSR — AQSH
munosabatlarining
yanada keskinlashuvi
www.ziyouz.com kutubxonasi

149
kelishdi. F. Kastro Kubada sotsializm qurilishini e’lon qildi. Tabiiyki, AQSH
shundaygina biqinida Kubaga o‘xshash sotsialistik davlatning vujudga kelishiga
toqat qila olmas edi. SSSR rahbariyati esa Kuba inqilobini sotsializmning
butun dunyo bo‘ylab tarqalishi, deb baholadi. Shuning uchun ham Kubani
qo‘llab-quvvatladi.
1961-yilning aprel oyida AQSH Kubaga qarshi emigrantlar isyonini
uyushtirdi. Bu Karib inqirozini keltirib chiqardi. Kuba rahbari F. Kastro
yordam so‘rab SSSR ga murojaat qildi. SSSR rahbariyati yashirin ravishda
Kuba hududiga o‘rtacha olislikka uchadigan va atom bombasi bilan
ta’minlangan raketalarni joylashtirdi. Bundan xabar topgan AQSH
ma’muriyati Kubaga nisbatan dengiz qamalini uyushtirdi. Dunyo yadro
urushi yoqasiga kelib qoldi. N. S. Xrushyov va AQSH prezidenti J. Kennedi
1962-yilning 28-oktabrida oxir-oqibatda o‘zaro kelishuvga erishdilar. Unga
ko‘ra, SSSR Kubadan o‘z raketalarini olib chiqdi. AQSH esa Kubaga
bostirib kirmaslikka so‘z berdi hamda Turkiyadan raketalarini olib chiqib

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling