Jahon tarixi

bet19/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo‘yishni
taklif etgandi.
Afg‘oniston
muammosi
Yaqin Sharqdagi
vaziyat
www.ziyouz.com kutubxonasi

157
Shuningdek, muxolifat kuchlari buyuk davlatlar va chegaradosh davlat-
lar ishtirokida Afg‘oniston muammosini hal etishga qaratilgan xalqaro
uchrashuv o‘tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998-yilda Toshkentda
o‘tkazildi. U tarixga «6+2» guruhi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkma-
niston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya)
nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston muxolifat kuchlari
vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg‘oniston muammosi
bo‘yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat «6+2» guruhiga
a’zo davlatlar hamda Afg‘onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun
tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o‘tashi mumkin edi. Biroq ichki
muxolifat o‘rtasidagi nihoyatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini
amalga oshirishga imkon bermadi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda bo‘lib
o‘tgan terrorchilik harakatidan keyin Afg‘onistonga AQSH boshchiligida
hujum boshlandi va tolibonlar ag‘darib tashlanib, Muhammad Karzay bosh-
chiligida yangi dunyoviy hukumat tuzildi.
To‘g‘ri, Afg‘oniston muammosi tezda hal etiladiganlardan emas. Chunki
bu 20 yildan ortiq davr mobaynida to‘plangan muammodir.
O‘zbekiston 1992-yilning fevral oyida dunyoda
tinchlikni mustahkamlashni hamda inson huquq-
larini himoya qilish ishiga katta hissa qo‘shayotgan
nufuzli Xalqaro tashkilot — Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti
(YEXHT) ga, 1992-yilning 2-martida esa BMT a’zoligiga qabul qilindi. Bu
tarixiy voqea O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan
munosib o‘rin olishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1993-yilning sentabr
oyida bo‘lib o‘tgan BMTning 48-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti I. A. Karimov birinchi bor ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasi bilan
O‘zbekistonni yana bir bor dunyoga tanitdi.
O‘zbekiston tez orada jahondagi 105 davlat a’zo bo‘lgan Qo‘shilmaslik
harakatiga qabul qilindi. I. A. Karimov 1995-yilda BMTning 50-yilligi
munosabati bilan uning yubiley sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Prezident o‘z nutqida davlat arboblari va siyosatchilari diqqatini milliy
xavfsizlik masalasini hozirgi kun talab va ehtiyojlari nuqtayi nazaridan qayta
ko‘rib chiqishga da’vat etdi. O‘z fikrini BMT Xavfsizlik Kengashi 187
davlatning tashvishlarini, muammolari va taqdirini hal etishga qodir bo‘lma-
yotgani, uning dunyo barcha muammolarini qamrab ololmayotgani faktlari
bilan asosladi. Shuning uchun ham Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari
sonini va uning faoliyat maydonini kengaytirish lozimligini, shuningdek,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy salohiyati va xalqaro obro‘-e’tibori yuqori bo‘lgan
Yaponiya va GFR ni BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga qabul
qilishni taklif etdi.
Ayni paytda I. A. Karimov BMT Bosh kotibining vakolatlarini kengay-
tirish masalasini ham ko‘tarib chiqdi. Ma’lumki, BMT qanchalik nufuzli
tashkilot bo‘lmasin, u yer yuzi aholisi butun tashvishini nazorat qila olmaydi.
O‘zbekiston xalqaro
munosabatlarda
www.ziyouz.com kutubxonasi

158
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. A. Karimovning BMT BA
48-sessiyasidagi chiqishi.
Shuni nazarda tutgan holda
I. A. Karimov dunyodagi qator
mamlakatlararo va mintaqalararo
xalqaro tashkilotlarni ham BMT
doirasiga kiritishni taklif etdi.
Shunday qilinsa, xalqaro tashki-
lotlar yangi tizimi vujudga kelgan
va ular yordamida xalqaro muam-
molar samaraliroq hal etilishiga
yo‘l ochilgan bo‘lar edi.
1993-yil yanvarda Toshkentda
besh davlat ishtirokida «Markaziy
Osiyo Hamdo‘stligi» tashkil etildi.
Mart oyida esa bu davlatlar «Orol
muammosi bo‘yicha» birgalikdagi
harakat bitimini imzoladilar. 1996-
yilning 21-iyunida Florensiya
(Italiya) shahrida Yevropa Ittifoqi
bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik
va hamkorlik haqida bitim imzo-
landi.
O‘zbekiston mintaqaviy iqtiso-
diy tashkilot — EKO a’zoligiga
qabul qilindi. Bundan tashqari,
mamlakatimiz Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘laydigan «Yevropa —
Kavkaz — Osiyo» transport yo‘li — TRASEKA loyihasida ishtirok etmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston NATOning «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida
faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston NATOga a’zo bo‘lib kirmaydi. Biroq u bilan hamkorlik
qiladi. Buning sababi davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash,
mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni mumkin qadar
kengaytirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Shuning uchun O‘zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan tinch-
totuv yashash, do‘stlik, birodarlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni
rivojlantirish, ekstremizm va terrorchilikka qarshi birgalikda kurash g‘oyasini
ilgari surmoqda.
1999-yilning 18—19-noyabr kunlari Turkiyaning
Istambul shahrida Yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkilotining oliy darajadagi sammiti
bo‘lib o‘tdi. Sammit Yevropada Xavfsizlik Xartiyasini muhokama qildi.
Sammitda birinchi bo‘lib so‘zga chiqqan I. A. Karimov jahon jamoat-
chiligini tashvishlantirayotgan diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm,
mintaqaviy mojarolar masalasiga alohida e’tibor berdi va bu haqda bunday
YEXHT Istambul
sammiti
www.ziyouz.com kutubxonasi

159
dedi: «Bugungi kunda xalqaro maydonda «sovuq urush» ko‘rinishlari
o‘rnini bir-biri bilan birlashib, tobora keng ko‘lamli va hujumkor mohiyat
kasb etayotgan ashaddiy millatchilik va separatizm, diniy ekstremizm va
xalqaro terrorizm kabi illatlar egallayotganini isbotlab o‘tirishning hojati
yo‘q...
Bugungi kunda biz radikal kayfiyatdagi markazlarning diniy eks-
tremizm va terrorizmni tarqatishga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi rejalariga,
mintaqa davlatlarini o‘zlari tanlagan demokratik, huquqiy va dunyoviy
taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinishi hollariga duch kelmoqdamiz.
Buni Tojikistondagi voqealar, yaqinda Toshkentda yuz bergan portlashlar,
bosqinchilar guruhlarining mustaqil Qirg‘iziston janubiga surbetlarcha bostirib
kirishi hamda barchaga ma’lum boshqa faktlar isbotlab turibdi».
I. A. Karimov Istambul sammitida Xavfsizlik Xartiyasi loyihasi yuzasidan
quyidagi takliflarni bildirdi: Birinchidan, YEXHTning mintaqaviy xavfsizlik,
jumladan, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllan-
tirishda yanada faolroq bo‘lishi; ikkinchidan, YEXHTning xalqaro ziddiyat-
larning oldini olishga qaratilgan xalqaro organ sifatidagi vazifalarini aniq
belgilash, shuningdek, uning iqtisodiyot va ekologiya sohalarida tutgan o‘rnini
mustahkamlash; uchinchidan,YEXHT tizimini isloh qilish. Islohotning
maqsadi — YEXHTni bugungi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar oqimiga moslash-
tirish, bu tashkilotni hayot keltirib chiqarayotgan yangi-yangi muammolarni
hal etishga ko‘proq jalb etish.
Ayni paytda I. A. Karimov Istambul sammitida xalqaro terrorizmga qarshi
kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘ydi. Bu markazning
asosiy vazifasi terrorizm ko‘rinishlari bilangina emas, eng avvalo, xalqaro
terrorizmni mablag‘ bilan ta’minlayotgan, qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-
yarog‘larni joylarga jo‘natayotgan manbalarga qarshi kurash bo‘yicha qabul
qilingan qarorlarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha faoliyatlarni muvofiqlash-
tirishdan iborat bo‘lishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Istambul sammiti dunyoga O‘zbekiston so‘zining qudratini, uning siyosiy
irodasini va jahon taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
namoyish etdi.
1996-yil Shanxayda, 1997-yil Moskvada bo‘lib
o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston
va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida harbiy
sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli
kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 2001-yil iyun oyida
Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga
to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi. O‘zbekiston Prezi-
dentining taklifi bilan «Shanxay forumi» Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
(SHHT) deb o‘zgartirildi.
Shanxay hamkorlik
tashkiloti
www.ziyouz.com kutubxonasi

160
2002-yilda Sankt-Peterburgda, 2003-yilda Moskvada SHHT sammitlari
bo‘lib o‘tdi. Toshkentda mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasini
ishga tushirishga qaror qilindi. 2004-yil iyunda Toshkentda, 2005-yil Ostonada
navbatdagi sammit bo‘lib o‘tdi. Unda xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik
bo‘yicha masala ko‘rildi. Butun dunyoda yadroviy, kimyoviy, biologik,
elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilikning bazalarini
yo‘qotish, odamlar ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan
markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Tashkilot
kengaymoqda.
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshidagi xalqaro
munosabatlarda BMTning roli oshdi. Yevropada integratsiya jarayoni
kuchaydi. Sotsializm qo‘rg‘oni yemirildi. Ko‘pgina yangi davlatlar xalqaro
hamjamiyatning teng huquqli a’zolari bo‘lib qoldilar. AQSH dunyoning yakka
hukmron, qudratli davlatiga aylandi. Lekin qurollanish, narkobiznes, ekologik,
sog‘liqni saqlash, inson huquqlarini himoya qilish muammoligicha qolmoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 1919-yilgi Parij tinchlik konferensiyasi qarorlarini 1945-yilgi Potsdam
konferensiyasi qarorlari bilan taqqoslang.
2. Nyurnberg jarayoni haqida qanday xulosaga keldingiz? Bugungi kunda ham
insoniyatga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolmasligiga misollar keltiring.
3. «Sovuq urush» vujudga kelmasligi mumkin edimi? O‘z fikringizni asoslab
bering.
4. Marshall rejasi qanday reja va nega SSSR uni qabul qilmagan?
5. NATO va Varshava harbiy-siyosiy bloklari haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. XX asrning mintaqaviy mojarolari, ularda AQSH va SSSRning tutgan
o‘rni  haqidagi faktlarni taqqoslang.
7. Jahon Tinchlik Kengashi qay tariqa vujudga kelgan edi? Kopengagen
Kongressi haqida nimalarni bilib oldingiz?
8. Qo‘shilmaslik harakati qanday harakat?
9. XX asrning 70-yillarida xalqaro keskinlikning yumshashiga imkon bergan
omillarni sanang. Keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayotdagi
muhim voqealar jadvalini tuzing.
10.Nega XX asr 70-yillarining oxiriga kelib xalqaro ahvol yana keskin-
lashgan? Bu keskinlikning yuzaga kelishida SSSR va AQSHning o‘rniga
baho bering.
11.XX asr 80-yillar 2-yarmidan boshlab SSSR tashqi siyosatida qanday
o‘zgarish yuz berdi?
12.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) qay tariqa vujudga keldi?
13.«Sovuq urush» davri tugagan bo‘lsa-da, nega dunyo hamon mo‘rtligi-
cha qolmoqda?
VAQTLI MATBUOT MATERIALLARI ASOSIDA «O‘ZBEKISTON XALQARO
MUNOSABATLARDA» MAVZUSIDAGI JADVALNI TO‘LDIRING
:
i
t
a
x
y

o
r
r
a
l
t
o
l
i
k
h
s
a
t
î
r
a
q
l
a
x
n
a
g
l

o
b
o
z

a
n
o
t
s
i
k
e
b
z

O
.
1
.
2
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

161
17-§. Ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arb
davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi
o‘ziga xos xususiyatlar
Tarix va geografiya fanlarida «Sharq» va «G‘arb»
tushunchalari bir xil ma’noni anglatmaydi.
Geografiyada Sharq Quyosh chiqish tomonini,
G‘arb esa Quyosh botish tomonini anglatsa, tarixda bu ikki tushuncha mutlaqo
boshqa ma’no kasb etadi. Ayni paytda ular turli tarixiy davrlarda turlicha
mazmunga ham ega bo‘lgan.
Masalan, «Sharq» so‘zi dastlab noxristian olamga nisbatan ishlatilgan.
Keyinchalik esa bu so‘z mustamlaka hududlarga nisbatan qo‘llanildi. «Sovuq
urush» yillarida esa «Sharq» so‘zi SSSR va uning ittifoqchilariga, «G‘arb»
so‘zi esa AQSH va uning ittifoqchilariga nisbatan ishlatildi.
Keyinchalik «Sharq» so‘zi iqtisodiyoti bozor munosabatlariga
asoslanmagan totalitar davlatlarga nisbatan, «G‘arb» so‘zi esa iqtisodiyoti
bozor munosabatlariga asoslangan demokratik davlatlarga nisbatan ishlatildi.
Yer yuzida bugungi kunda 190 dan ortiq davlat bor. Mutaxassislarning
fikricha, ulardan atigi 75 tasi iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan
demokratik davlat hisoblanadi.
G‘arbning Ikkinchi jahon urushidan keyingi taraq-
qiyotining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri,
G‘arbda farog‘at davlatining vujudga kelganligi edi.
Bunday davlat XX asrning 50-yillarida qaror topdi. 60—70-yillarda esa ravnaq
topdi va yanada mustahkamlandi.
«Farog‘at davlati» nima o‘zi? Farog‘at davlati — bu, bozor iqtisodiyotini
saqlagan holda, o‘z fuqarolari uchun farovon hayot va shu hayotni ta’minlashga
qodir ijtimoiy ta’minot darajasini kafolatlaydigan demokratik davlatdir.
Insoniyat bunday davlatni XX asrning 50-yillarida yarata oldi. Buning
sababi — aynan shu davrga kelganda ilg‘or, sog‘lom fikrli kishilar,
siyosatchilar fuqarolarning ijtimoiy himoyasi masalasi, huquq erkinligini,
binobarin, davlat ana shu huquqning amalda ro‘yobga chiqishini kafolatlashi
zarurligini to‘la anglab yetganliklari edi.
Xo‘sh, qanday omillar farog‘at davlatini qurishga imkon bergan?
Bu omillarning birinchisi — Ikkinchi jahon urushidan keyin yangidan
boshlangan demokratik harakatning kuchli to‘lqini edi. Demokratik kuchlar
chuqur ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishini talab qildilar. Ikkinchidan, farog‘at
davlatining qaror topishida «sovuq urush» ham katta rol o‘ynadi. G‘arb
siyosatchilari o‘z davlatlari hududida qo‘poruvchi kommunistik g‘oyalarning
ildiz otishini aslo istamaganlar.
Fuqarolarni qo‘poruvchi kommunistik g‘oyalar ta’siridan himoya qilish-
ning eng samarali vositasi adolatli va farovon jamiyat qurish edi. Farog‘at
davlati o‘z-o‘zidan qurilib qolmas edi, albatta. Chunki bunday davlat
«Farog‘at davlati»ning
vujudga kelishi
Sharq va G‘arb
tushunchalari haqida
11 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

162
fuqarolar ijtimoiy himoyasiga juda katta mablag‘ sarflashni zaruratga
aylantirar edi. Bunday mablag‘ga ega bo‘lish hamda ishlayotgan fuqarolarga
yuqori ish haqi to‘lash uchun davlatning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishi
zarur edi.
50-yillarining boshlarida G‘arbiy Yevropa davlat-
lari ishlab chiqarishning urushdan oldingi dara-
jasini asosan tikladilar. 50—60-yillarda esa iqtiso-
diyotning yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erish-
dilar.
Xo‘sh, qanday omillar iqtisodiyotning yuksak sur’atlarda rivojlanishini
ta’minladi?  Birinchidan, AQSH va G‘arbning boshqa davlatlari Ikkinchi
jahon urushi davridayoq va urushdan keyin Yevropada moliyaviy va pul
beqarorligi vujudga kelishining oldini olish choralarini ko‘rgan edilar. Xusu-
san, Xalqaro valuta fondi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashkil
etildi.
Ikkinchidan,  «Marshall rejasi» beqiyos katta rol o‘ynadi. Unga ko‘ra,
AQSH 1948—1952-yillar oralig‘ida G‘arb davlatlariga 13 mlrd dollar miqdori-
da yordam ko‘rsatdi.
Uchinchidan, xalqaro savdo uchun qulay sharoit yaratildi. Bu proteksi-
onizm va boj to‘siqlarini amalda bartaraf etish edi. Masalan, faqat AQSH
ning o‘zi olib kelinadigan tovarlar uchun to‘lanadigan bojni 50 foizga
kamaytirdi. Bu hol xalqaro savdo gurkirab rivojlanishiga olib keldi. Chu-
nonchi, 1948—1960-yillar oralig‘ida xalqaro savdoning yillik o‘rtacha o‘sish
sur’ati 6 foizni, 1960—1973-yillar oralig‘ida esa 9 foizni tashkil etdi. Yevropa-
ning o‘zida davlatlararo savdo hajmi 1950—1970-yillar davomida 18 mlrd
dollardan 129 mlrd dollarga yetdi. Shu tariqa tashqi savdo iqtisodiy
taraqqiyot manbayiga aylandi.
To‘rtinchidan, xalqning intellektual quvvatiga alohida e’tibor berilib,
ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiya o‘z vaqtida joriy etildi.
Sanoat texnika va texnologiya asosida qayta qurildi. Qishloq xo‘jaligi to‘la
mexanizatsiyalashtirildi. Qishloq xo‘jaligida tom ma’noda inqilob — bio-
texnologiya va kimyolashtirish amalga oshirildi.
Beshinchidan, neftdan yoqilg‘i o‘rnida keng miqyosda foydalanishga
o‘tildi. U iqtisodiy hayotning asosiy harakatlantiruvchi vositasiga aylandi.
Buning ustiga uning bahosi juda arzon edi. Bir barrel (159 litr) neftning
narxi atigi 1,5 dollar edi.
Oltinchidan, G‘arb davlatlarida davlat iqtisodiyotni tartibga solish
siyosatini yuritdi. Bu siyosat aralash iqtisodiyotni vujudga keltirish orqali
amalga oshirildi. Iqtisodiyotda xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik faoliyati
va davlat mulki uyg‘unligiga erishildi.
Yettinchidan, iqtisodiyotning yuksak darajada rivojlanishi masalasi
hukumat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iqtisodiyotni sarmoyalash har
tomonlama rag‘batlantirildi.
G‘arb davlatlari
iqtisodiyoti gurkirab
rivojlanishining
sabablari
www.ziyouz.com kutubxonasi

163
Yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar 1975-yilga kelib G‘arb davlatlarining
hammasida mustahkam ijtimoiy ta’minot tizimi to‘la qaror topishiga olib
keldi. Davlat bevalar, yetimlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, kambag‘allik
chegarasidan past darajada yashayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatilishini
tashkil etishni o‘z zimmasiga oldi. Mehnat qilayotganlarning 52 foizidan 67
foizigacha bo‘lgan qismi ishsizlikdan; 48 foizidan 94 foizigacha qismi baxtsiz
hodisalardan; 72 foizidan 100 foizigacha qismi kasallik tufayli mehnatga
vaqtincha yaroqsizlikdan sug‘urta qilindi.
Pensiya yoshiga yetganlarning 80—100 foizi pensiya ta’minoti oladigan
bo‘ldi. Davlat budjetining 28 foizidan 60 foizigacha qismi ijtimoiy xarajatlarga
ajratildi. Ishlayotgan xodimlarga yuqori ish haqi to‘lana boshlandi. Bular
aholining iste’mol quvvatini oshirdi. Masalan, birgina Fransiyada har 1000
nafar ishchiga 636 dona avtomobil, 769 dona televizor, 844 dona muzlatgich
to‘g‘ri keldi. Davlat mehnat munosabatlari masalasini qonun bilan tartibga
soldi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarda ish bilan band bo‘lish, ishga yollash va
ishdan bo‘shatish kabi masalalarda ishchilarning zarur huquqlari kafolatlandi.
Shu tariqa G‘arbda yetuk industrial jamiyat qurilishiga erishildi.
G‘arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish
jarayoni G‘arbning XX asr ikkinchi yarmidan
keyingi taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xusu-
siyati edi.
Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni
birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Bel-
giya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fransiya) ko‘mir va
po‘lat bo‘yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u «Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati»ga aylantirildi. (U «Umumiy bozor» deb ham
ataladi.) 1993-yil Maastrixt shartnomasi bilan Yevropa hamjamiyati (Yevropa
Ittifoqi) deb atala boshladi.
1957-yilda imzolangan Rim shartnomasiga ko‘ra, bu olti davlat o‘zaro
savdoda boj to‘siqlarini tugatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona
bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. 1973—1995-yillar oralig‘ida Buyuk
Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981); Portugaliya va
Ispaniya (1986); Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995); 2004-yilda Vengriya,
Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya,
2007-yilda Bolgariya va Ruminiya ushbu hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar.
Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu davlatlarda
500 mln ga yaqin kishilar yashaydi. Norvegiyada bu masalada 2 marta
umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, lekin u hali Yevropa Ittifoqiga  a’zo
bo‘lganicha yo‘q. Nomzodlar: Makedoniya, Xorvatiya.
1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YEIH doirasida
erkin harakat qilishiga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlar olib tashlandi. 1993-
yilda Yevropani birlashtirish yo‘lida yana bir katta qadam qo‘yildi. Shu
Yevropada birlashish
(integratsiya)
jarayoni
www.ziyouz.com kutubxonasi

164
yilning dekabr oyida Gollandiyaning Maastrixt shahrida YEIH ning 12
a’zosi yagona Yevropani vujudga keltirish to‘g‘risida shartnomalar imzoladilar.
Shartnomalar quyidagi 3 guruhdan iborat edi:
— Yevropaning yagona pulini (Yevro) joriy etish;
— Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish;
— Yevropa Komissiyasini tasdiqlash.
Yevropa siyosiy ittifoqi kengashi dastlabki bosqichda G‘arbiy Yevropa
davlatlarining tashqi va mudofaa siyosati masalalarini muvofiqlashtirishga,
bu sohalarda yagona yo‘nalish asoslarini ishlab chiqishga, kelgusida esa yagona
tashqi va harbiy siyosat yuritishiga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. Hozirda raisi
N. Sarkozi.
Yevropa Komissiyasi YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning sog‘liqni saqlash,
xalq ta’limi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga
solish bilan shug‘ullanuvchi muassasa vazifasini o‘tashi lozim edi. YEH
a’zolari bo‘lgan davlatlar hukumatlari bu sohalar bo‘yicha vakolatlarini
Yevropa Komissiyasiga topshirishi belgilab qo‘yildi.
To‘g‘ri, barcha shartnomalar ham amalda ularning yaratuvchilari o‘ylagan
darajada bajarilayotgani yo‘q. Biroq, eng asosiysi, yagona Yevropani bunyod
etish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. 1999-yilning dekabr oyida
YEHning a’zolari (ularning soni 15 ta) qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror
qabul qildilar. Uning vazifasi — harbiy inqirozlar yuz bergan hududlarda
tinchlikni saqlashdan iborat, deb belgilandi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2002-yil 1-yanvardan yangi pul birligi —
«yevro» muomalaga kiritildi. Yevropa Ittifoqining asosini sobiq Yevropa
iqtisodiy uyushmasi, Yevratom, Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (2002-
yildan o‘z faoliyatini to‘xtatdi) tashkilotlari tashkil etadi. 2007-yil Lissabon
bitimiga ko‘ra, murakkab tizim tugatiladi va xalqaro huquq subyekti bo‘lgan
Yevropa Ittifoqi yagona statusga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2007-yilda Yevropa
liderlari Fransiya, Italiya va Ispaniya yangi O‘rtayer dengizi ittifoqi tashkiloti
tuzilganligini e’lon qildilar.
Yevropa Kengashi — xalqaro va davlatlararo
tashkilot. U 1949-yil 5-mayda tashkil etilgan.
Dastlab unga 10 ta davlat a’zo edi. Yevropani birlashtirishda bu kengash
katta rol o‘ynadi. Hozirgi kunda Yevropaning deyarli barcha davlatlari, shu
jumladan, Sharqiy Yevropa davlatlari va Rossiya Federatsiyasi ham bu tash-
kilotning a’zolaridir. Yevropa Kengashining oliy organi — Tashqi ishlar

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling