Jahon tarixi

bet21/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bu esa hokimiyat tepasiga AQSH qudratini bor ko‘lami bilan namoyish
etuvchi shaxsning kelishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. 1980-yilda o‘tkazilgan
prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan respublikachilar nomzodi R. Reygan
ana shunday shaxs edi. Hukumatning iqtisodiy siyosati «reyganomika» deb
nom oldi. «Reyganomika» ning mazmuni nimalardan iborat edi?
— yirik korxonalardan olinadigan soliqlar kamaytirildi;
— ijtimoiy sohalarga budjetdan ajratiladigan xarajatlar kamaytirildi;
— bankdan olingan kreditlar uchun to‘lanadigan foizlar miqdori oshirildi;
— harbiy xarajatlar keskin darajada oshirildi (u 1980-yildagi 130 mlrd
dollardan 1987-yilda 282 mlrd dollarga yetdi);
— davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kamaytirildi.
Ishsizlar soni ikki baravar oshdi. Ayni paytda inflatsiya to‘xtatildi. 1983-
yildan iqtisodiy ko‘tarilish boshlandi. Buning natijasida ishsizlar soni 10
mln kishidan 7 mln ga tushdi. R. Reygan hukumati kasaba uyushmalariga
nisbatan keskin siyosat qo‘lladi. Aeroportlar dispetcherlarining ish tashlashi
www.ziyouz.com kutubxonasi

173
qo‘pol sur’atda bostirildi. Ularning kasaba uyushmasi tarqatib yuborildi. Ish
tashlash ishtirokchilari ishdan bo‘shatildi. 1988-yilgi prezidentlik saylovida
yana bir respublikachi — J. Bush g‘alaba qozondi. U R. Reygan siyosatini
davom ettirdi. 1992 va 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat B. Klinton
g‘alaba qozondi. Bunga uning jamiyatdagi illatlarni — kambag‘allik chegarasidan
past darajada yashashni (ular AQSH aholisining 12,5 foizini tashkil etardi);
turarjoyi yo‘qlarni (12 mln amerikalik uy-joyga ega emas edi), narkoma-
niya, jinoyatchilik va shu kabilarni — keskin kamaytirish haqidagi va’dalari
va bu borada jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirganligi tufayli erishdi. Soatiga
to‘lanadigan minimal ish haqi 5 dollardan kam bo‘lmasligi belgilandi. U
bergan va’dalarining barchasini ham bajara olmadi. 1994-yilda AQSH
Kongressining har ikki palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallab olgan
respublikachilar B. Klinton taklif etgan qonun loyihalarini rad etish yo‘lidan
bordilar.
2000 va 2004-yillarda AQSHda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida res-
publikachi kichik J. Bush g‘alaba qozondi. J. Bush ta’limni insonparvarlash-
tirish orqali irqiy kamsitish illatlariga to‘la barham berishni o‘z ichki
siyosatining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Iqtisodni boshqa davlatlar hisobiga
ko‘tarish yo‘lini tutdi. 2008-yilgi saylovda demokrat B. Obama g‘alaba qozondi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH tashqi
siyosatda SSSRni tiyib turish yo‘lini tanladi.
Xalqaro munosabatlarda sovuq urushning vujudga
kelishida SSSR bilan barobar darajada aybdor davlatga aylandi.
«Trumen doktrinasi» va «Marshall rejasi» SSSR bilan AQSH va ularning
ittifoqchilari munosabatlari qanchalik keskinlashuviga sabab bo‘lganligini
avvalgi mavzulardan bilib oldingiz.
AQSH Germaniya masalasida SSSR bilan o‘zaro manfaatli to‘xtamga
kela olmadi. Oxir-oqibatda Germaniya ikkiga bo‘linib ketdi. AQSH NATO
harbiy-siyosiy ittifoqini tashkil etishning tashabbuskori bo‘ldi. O‘sha
davrdayoq AQSH hukmron doiralari o‘z oldilariga SSSRni qurollanish
poygasiga tortib, uni iqtisodiy jihatdan holdan toydirish maqsadini qo‘ygan
edilar. AQSHda gigant harbiy-sanoat kompleksi vujudga keltirildi.
AQSHning xohishiga qarama-qarshi o‘laroq, 1949-yilda Xitoyda
kommunistlar hokimiyat tepasiga keldilar. Buning natijasida AQSH Uzoq
Sharqdagi asosiy tayanchi Chan Kayshini yo‘qotdi. 1950-yilda AQSH Koreya
urushiga aralashdi. Bu urushda 142 ming nafar amerika askari halok bo‘ldi.
Bu butun ikkinchi jahon urushi davomida berilgan qurbonning yarmiga
teng edi. Prezident D. Eyzenxauer sovuq urushni yanada kuchaytirgan
doktrinasini e’lon qildi. Unda «yalpi qasos olish», SSSRga birinchi bo‘lib
yadro zarbasi berish maqsadlari o‘z ifodasini topgan edi.
Ayni paytda D. Eyzenxauer Koreya urushini to‘xtatdi va bu masalada
SSSR bilan kelishuvga bordi. Biroq ikki davlat o‘rtasida qurollanish poygasi
yanada avj oldi. 1952-yilda AQSH vodorod bombasi yaratgan bo‘lsa, SSSR
AQSHning tashqi
siyosati
www.ziyouz.com kutubxonasi

174
1953-yilning 20-avgustida bunday bombani sinovdan o‘tkazdi. 1957-yilning
avgust oyida 10 ming km dan ortiq masofaga ucha oladigan qit’alararo
ballistik raketani yaratdi. Shu yilning 4-oktabrida esa birinchi bo‘lib Yerning
sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. 3 oydan so‘ng AQSH ham o‘zining sun’iy Yer
yo‘ldoshini uchirdi. 1960-yilning 1-mayida SSSR hududiga AQSH josus
samolyotining uchirilishi amerika-sovet munosabatlarini yanada keskin-
lashtirib yubordi. Prezident D. Eyzenxauer dunyo jamoatchiligi e’tiborini
bu hodisa uchuvchining xatosi tufayli yuz berdi, deb chalg‘itishga urindi.
Biroq Prezidentning bu da’vosi faktlar asosida inkor etildi.
Aslida bu hodisa xalqaro huquq me’yorlarining qo‘pol sur’atda buzilishi
edi. 1960-yilning 16-may kuni Parijda buyuk davlatlar rahbarlari oldindan
rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvga to‘plandilar. SSSR rahbariyati
D. Eyzenxauerdan 1-may voqeasi munosabati bilan kechirim so‘rashni talab
etdi. Biroq AQSH prezidenti kechirim so‘rashdan voz kechdi. Norozilik
belgisi sifatida SSSR rahbari N. Xrushyov Parijdan jo‘nab ketdi. Shu tariqa
oliy darajadagi uchrashuv barbod bo‘ldi. Prezident J. Kennedi SSSR bilan
munosabatda kelishuv yo‘lini izladi. SSSR rahbariyati bu intilishni AQSH
ning ojizligi sifatida qabul qildi.
Ayni paytda J. Kennedi Kubada F. Kastro hukumatini ag‘darishga harakat
qildi. U bu vazifani kubaliklarning qo‘llari bilan amalga oshirishga intildi.
Shuning uchun ham kubalik isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi.
Kubani himoya qilish maqsadida SSSR Kuba hududiga o‘z yadroviy
raketalarini joylashtirdi. Ana shu omilgina J. Kennedini F. Kastro hukumatini
ag‘darish niyatidan qaytishga majbur etdi. Prezident L. Jonson J. Ken-
nedining qurollanish poygasini avj oldirish siyosatini davom ettirdi.
Hindixitoyda kommunistlar ta’sirining kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida L. Jonson 1965-yilning fevral oyida Shimoliy Vetnamni
bombardimon qilishni boshlash haqida buyruq berdi. AQSH Vetnamga
550 ming askar tashladi. Urush cho‘zilib ketdi.
Biroq AQSH armiyasi Vetnam xalqining irodasini yenga olmadi. Ayni
paytda Vetnamga SSSR va XXR zarur yordam ko‘rsatdilar. Vetnam urushi
AQSHning xalqaro obro‘siga katta putur yetkazdi. Prezident R. Nikson
Vetnam urushining istiqbolsizligini anglab yetdi. Shuning uchun ham u
urushni to‘xtatishga qaror qildi. 1973-yilning 27-yanvarida Parijda Vetnamdagi
urushni to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
AQSH Vetnamdan o‘z armiyasini olib chiqdi. AQSH bu urushda jami 58
ming soldat yo‘qotdi. Biroq endi AQSH Vetnamdagi urushni vetnamlik-
larning qo‘li bilan davom ettirish siyosatini yurita boshladi.
R. Nikson davrida AQSHning Kubaga nisbatan siyosatida ham o‘zgarish
yuz berdi. Chunonchi, AQSH hukumati Lotin Amerikasi davlatlarining
Kuba bilan qanday munosabatda bo‘lishi masalasiga aralashmasligini
ma’lum qildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

175
Sovet — Àmerika munosabatlarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchi
marta AQSH prezidenti R. Nikson bilan SSSR rahbari L. Brejnev o‘rtasida
bir necha bor oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazildi. Har ikki tomon tinch-
totuv yashash tamoyillariga amal qilishga kelishdilar. Natijada strategik
qurollarni cheklash haqida muhim shartnomalar imzolandi.
70-yillarning oxiridan boshlab amerika-sovet munosabatlari keskinlashdi.
Bu xalqaro keskinlikning yumshashi davri tugashi bilan bog‘liq edi.
Chunonchi, AQSH Yaqin Sharq muammosini SSSRning ishtirokisiz hal
etishga intildi. J. Karter Misr va Isroil o‘rtasida 1978-yilda Kemp-Devid
separat shartnomasining imzolanishiga erishdi.
Eronda 1978-yilning noyabrida islom inqilobining g‘alaba qilishi AQSH
ni qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Chunki bu inqilob uni Eron shohidek
tayanchdan mahrum etdi. 1979-yilning dekabr oyida SSSR Afg‘onistonga
armiya kiritgach, amerika-sovet munosabatlari yanada keskinlashdi. SSSR
ning chet davlatlar ichki ishlariga qo‘pol aralashuvi siyosatiga qarshi AQSH
1980-yilgi Moskva yozgi Olimpiada o‘yinlarini boykot qilish tashabbusi
bilan chiqdi. G‘arb davlatlarini SSSRga g‘alla sotmaslikka undadi. Prezident
Reygan SSSRga nisbatan juda keskin siyosat yuritdi. SSSRning Sharqiy
Yevropa davlatlari hududiga raketa joylashtirishiga javoban G‘arbiy
Yevropaning 5 davlati hududiga o‘zining raketalarini joylashtirish bilan
javob qaytardi. «Strategik mudofaa tashabbusi» deb nomlangan dasturni
amalga oshirishga kirishishini e’lon qildi.
Ayni paytda AQSH Amerika davlatlari ichki ishlariga qo‘pol tarzda
aralasha boshladi. Chunonchi, mustaqil siyosat yurita boshlagan Grenada-
ga qarshi harbiy hujum uyushtirdi va uning qonuniy hukumatini ag‘dardi.
1985-yilga kelib SSSR rahbariyati tashqi siyosatda keskinlikni yumshatish
tomon o‘zgarish boshlagach, amerika-sovet munosabatlarida keskinlik bi-
roz yumshadi. Chunonchi, bu ikki davlat o‘rtasida yadro qurollarini ka-
maytirish, o‘rtacha olislikka uchadigan raketalarni yo‘qotish to‘g‘risida tarixiy
hujjatlar imzolandi.
AQSH xalqaro miqyosda o‘zga davlatlarni xalqaro me’yorlarga amal
qilishga majbur etish siyosatini ham yuritgan. Bu jahon jamoatchiligi
tomonidan ijobiy baholangan. Chunonchi, 1990-yilda AQSH va uning
ittifoqchilari Iroqqa Quvaytni bosib olgani uchun qattiq zarba berdilar.
Quvaytning suvereniteti tiklandi. 90-yillarning ikkinchi yarmida AQSH
Bolqonda tinchlikni tiklash ishiga katta hissa qo‘shdi.
NATO qurolli kuchlari yordamida Yugoslaviya rahbariyati xalqaro
huquq me’yorlarini tan olishga majbur etildi. Xalqaro terrorizm,
narkomafiyaga qarshi kurashda, qashshoqlikda yashayotgan xalqlarga
insonparvarlik yordami ko‘rsatilishida AQSH faol ishtirok etib kelmoqda.
XXI asr boshida AQSH rahbariyati xalqaro maydonda AQSHning mutlaq
yetakchi davlat bo‘lib qolishini o‘zining asosiy maqsadi, deb e’lon qildi.
Prezident J. Bush ma’muriyati R. Reygan ilgari surgan strategik mudofaa
tashabbusini amalga oshirishga kirishdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

176
AQSH 2001-yil 11-sentabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistondagi tolibonlar
hukumatini ag‘darib tashladi. Iroqda Saddam Husayn diktaturasiga barham
berdi. Bu bilan Yaqin Sharq neftining katta qismini qo‘lga kiritdi. B. Obama
tashqi siyosatni biroz yumshatdi.
1992-yilda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida
diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston
jahonning yetakchi davlati bo‘lgan AQSH bilan
uzoq muddatli va keng ko‘lamda munosabatlarni rivojlantirishni o‘z tashqi
siyosatining ustuvor strategik yo‘nalishi deb hisoblaydi.
1995-yilda AQSH mudofaa vaziri U. Perri O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri AQSHda bo‘lib qaytdi. Bu tashriflar
O‘zbekistonning NATO bilan aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyatga
ega bo‘ldi. O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus vzvodi AQSHga
jo‘natildi. U yerda NATOning «Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik» dasturi doira-
sida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda qatnashdi.
1996-yilning 23—28-iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti I. Karimov
rasmiy tashrif bilan AQSHda bo‘ldi. I. Karimov va B. Klinton siyosiy, iqtisodiy
va xavfsizlik sohalarida hamkorlik masalalariga alohida e’tibor berdilar. AQSH
prezidenti Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash
borasida O‘zbekiston yetakchi o‘rinda turganligini e’tirof etdi.
2001-yilning 11-sentabrida xalqaro terrorizm AQSHda mudhish jinoyat
sodir etdi. Terrorchilar o‘zlari egallab olgan samolyotda Nyu-York shahrida
joylashgan «Xalqaro savdo markazi» binosini vayron qildilar. Natijada
minglab kishilar halok bo‘ldi. Milliardlab dollarlik moddiy zarar yetkazildi.
Ikkinchi samolyotda AQSH mudofaa vazirligi binosiga hujum qilindi.
AQSH prezidenti qarorgohi — Oq uyga hujum qilishga yo‘naltirilgan
samolyot mo‘ljalga yetib bora olmadi. Bu mudhish jinoyatni xalqaro terrorchi
«Al-Qoida» tashkiloti uyushtirgan edi. Bu tashkilot qarorgohi Afg‘onistonda
joylashgan edi. AQSH rahbariyati bu jinoyatni xalqaro terrorizmning
AQSHga nisbatan agressiyasi deb baholadi.
AQSH hukumati Afg‘onistonning tolibon hukumatidan «Al-Qoida» va
boshqa terrorchi tashkilotlar faoliyatini taqiqlab qo‘yishni hamda tashkilot
rahnamosi Usoma ben Ladenni AQSHga topshirishni talab qildi. Biroq
tolibon hukumati bu talabni bajarmadi. Shundan so‘ng AQSH terrorchilarga
qarshi harbiy harakat boshlashga qaror qildi. Xalqaro hamjamiyat, uning
teng huquqli bir a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi ham AQSHning
bu qarorini qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa xalqaro terrorizmga qarshi xalqaro
koalitsiya Afg‘oniston hududida joylashib olgan xalqaro terrorchilarni tor-
mor etdi. O‘zbekiston ham munosib hissa qo‘shdi. Bu haqda AQSH
Senatining rahbarlaridan biri J. Liberman bunday degan edi: «Biz O‘zbekis-
tonning yordamisiz terrorchilar ustidan g‘alaba qozona olmagan bo‘lar edik».
O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurash ishiga qo‘shgan hissasi
uning xalqaro obro‘sini oshirib yubordi. AQSH prezidenti J. Bushning
AQSH — O‘zbekiston
munosabatlari
www.ziyouz.com kutubxonasi

177
I. Karimovni AQSHga taklif etganligi buning e’tirofi bo‘ldi. I. Karimov 2002-
yilning 11-mart kuni rasmiy vizit bilan AQSHga keldi.
Ikki prezident uchrashuvi chog‘ida J. Bush I. Karimovga Amerika xalqini
eng og‘ir kunlarda qat’iyatlik bilan qo‘llab-quvvatlaganligi uchun yana bir
bor chuqur minnatdorchilik bildirdi. Ayni paytda O‘zbekiston ko‘rsatgan
yordamni AQSH hukumati va xalqi unutmasligini ta’kidladi.
Safar davomida AQSH — O‘zbekiston aloqalariga doir bir necha hujjatlar
imzolandi. Ularning ichida Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma
alohida ahamiyatga egadir. Shu tariqa, AQSH — O‘zbekiston o‘rtasida
sheriklik munosabati vujudga keldi. AQSH jamoasi tashkilotlari xalqaro
terrorizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun I. Karimovni «Xalqaro
miqyosdagi buyuk davlat arbobi» mukofoti bilan taqdirladilar. Safar 14-
mart kuni nihoyasiga yetdi. Har ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy aloqalar va
hamkorlik kengayib bordi. O‘zbekistonda 300 dan ortiq Amerika —
O‘zbekiston qo‘shma korxonalari ishlamoqda. Ular orasida Zarafshon vo-
diysidagi (Navoiy viloyati) Muruntovda AQSHning Nyumont-Mayning
korporatsiyasi alohida o‘rin tutadi.
Bundan tashqari mamlakatimiz hududida AQSHning 28 ta kompaniya,
firma va banklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar
ayirboshlash hajmi 2001-yilda 300 mln AQSH dollaridan oshdi. Bu —
AQSH O‘zbekistonning jahon davlatlari bilan savdosida 5-o‘rinda turadi,
deganidir.
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning boshlarida
AQSH qurollanish poygasida g‘alaba qildi. Iqtisodiy taraqqiyotda ulkan
yutuqlarga erishdi. Tashqi siyosatda murakkab yo‘lni bosib o‘tib, «kom-
munistik tuzum»ni barbod qildi. SSSRni parchalab yubordi va dunyodagi
eng qudratli davlatga aylandi. Yer sharining turli mintaqalarida o‘z ta’sirini
kuchaytirish uchun harakat qilmoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. AQSH ichki siyosatida liberalizm va konservatizm nimani anglatadi?
3. O‘ylab ko‘ring-a: nega AQSHda saylovchilar har ikki siyosiy partiya
(Respublikachilar partiyasi va Demokratlar partiyasi) ga ham deyarli bir
xilda ishonch bilan qarashadi?
4. Urushdan keyingi yillarda «AQSH ichki siyosatining asosiy muammolari»
jadvalini tuzing.
5. Urushdan keyingi yillarda AQSH tashqi siyosatining asosiy vazifalari
nimalardan iborat bo‘ldi?
6. AQSH va SSSR munosabatlari xalqaro ahvolga qay darajada ta’sir
ko‘rsatgan?
7. Amerika — O‘zbekiston munosabatlari haqida so‘zlab bering.
?
12 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

178
URUSHDAN KEYINGI AQSH PREZIDENTLARI FAOLIYATI
HAQIDA JADVALNI TO‘LDIRING
r
a
l
t
n
e
d
i
z
e
r
P
i
t
a
y
i
l
o
a
F
19-§. Lotin Amerikasi davlatlari
Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari
iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta’sir
ko‘rsatdi.  Buning sababi — urush tufayli bu
mintaqa davlatlari xomashyosiga bo‘lgan talab-
ning yanada oshib ketganligida edi. Talabning
oshishi, tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham ko‘tarib
yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoati ham tez sur’atlar bilan rivoj-
lana boshladi. Bu esa, o‘z navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishi-
ga olib keldi.
Ikkinchidan, urush G‘arbiy Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasidagi
mavqeyini pasaytirib yubordi. Bu esa, o‘z navbatida, mintaqada AQSH
ta’sirining kuchayishiga olib keldi. Mintaqa davlatlari iqtisodiyoti AQSH
monopoliyalari ta’siriga tushib qoldi. Chunonchi, AQSH bu mintaqa davlat-
lari iqtisodiyotiga 100 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Bu — boshqa
barcha davlatlar kiritgan sarmoyadan 20 baravar ko‘p edi. Mintaqada
AQSHning harbiy-siyosiy mavqei ham kuchayib bordi. Urush yillarida
AQSH bu mintaqada 90 dan ortiq harbiy-havo va harbiy-dengiz baza
(qarorgoh)larini tashkil etishga erishdi.
Bundan tashqari, AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga turli xil mazmundagi
iqtisodiy, siyosiy va harbiy shartnomalarni qabul qildira oldi.
Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo‘li
xususida uch katta siyosiy guruh o‘rtasida shiddatli
kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik,
milliy islohotchilik va inqilobiy yo‘llari tarafdor-
lari o‘rtasidagi kurash edi.
Konservatorlik yo‘li mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar
yo‘li edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har
qanday o‘zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi.
Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo‘lib
keldi. Biroq Ikkinchi jahon urushidan so‘ng latifundiyachilikning qulashi
muqarrar bo‘lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta’sirida
hukumatning agrar islohot o‘tkazishga majbur bo‘lganligi, ikkinchidan, milliy
sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «o‘z-
garish» yuz berganligi sabab bo‘ldi.
Ikkinchi jahon
urushining Lotin
Amerikasi davlatlari
uchun oqibatlari
Taraqqiyot
yo‘llarining
tanlanishi
www.ziyouz.com kutubxonasi

179
Demografik o‘zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi.
Natijada Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining
soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.
Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko‘chdi. Lotin
Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yo‘li
turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo‘lini
tanladi.
Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy
burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lida birlashishga
da’vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.
Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u
peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchalik Argentina prezident-
ligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D. Peron
1943-yilning 4-iyunida o‘tkazilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyat
tepasiga keldi.
U argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar
hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo‘lida jipslashishga chaqirdi.
Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish
zarurligini ta’kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida o‘zlarining himoya-
chisi va homiysini ko‘rdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat
umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi bo‘ldi.
1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovda g‘ala-
ba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Chu-
nonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta’minoti va haq to‘lanadigan
ta’til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan
yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el
kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo‘lini qo‘lladi. Temir yo‘l,
aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab chiqildi.
Milliy sarmoya rag‘batlantirildi. Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni
Argentinaning o‘zida ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat tarmog‘ini
yaratish siyosati yuritildi.
Biroq 50-yillarning o‘rtalariga kelib vaziyat o‘zgardi. Eksport tovarlarining
narxi pasayishi davlat daromadining pasayishiga olib keldi. Mamlakatda
iqtisodiy o‘sish sur’ati ham pasaydi. Uni yuqori darajada saqlab turish uchun
mablag‘ yo‘q edi. Valuta zaxirasining katta qismi chet elliklarga qarashli
kompaniyalarni sotib olishga sarflab qo‘yilgan edi.
Bu hol boshlangan keng miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni
chuqurlashtirish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Natijada mamlakatda chuqur
norozilik kelib chiqdi. Bundan D. Peronning muxoliflari ustalik bilan
Milliy islohotchilik
www.ziyouz.com kutubxonasi

180
foydalandilar. Ular 1955-yilning sentabr oyida davlat to‘ntarishi uyushtirdilar.
D. Peron mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.
Milliy islohotchilik tarafdorlari Braziliyada ham katta o‘zgarishlarni
amalga oshirdilar. Bu islohotlar prezident Vargas nomi bilan bog‘liqdir.
1945-yilda mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri va yashirin ovoz berishni nazarda
tutuvchi saylov haqidagi qonun qabul qilindi. Braziliyaning parlament de-
mokratiyasiga qaytish demokratik kuchlarning katta siyosiy yutug‘i edi.
50-yillarda Braziliya agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi.
Milliy demokratik kuchlar mamlakat boyliklariga faqat Braziliyaning o‘zi
egalik qilishi uchun kurashdilar. 1953-yilning 3-oktabrida Vargas neft sanoati
masalasida muhim dekretni imzoladi. Unga ko‘ra, mamlakat neft boyligi
aksiyalarining 51 foiziga davlat, 49 foiziga esa mamlakat xususiy kompa-
niyalari egalik qiladigan bo‘ldi.
Shu tariqa chet el sarmoyasi neft sanoatidan siqib chiqarildi. Neft
konlarini topish, uni qazib olish, qayta ishlash va sotish davlat monopoliyasi,
deb e’lon qilindi. Bu hodisa milliy islohotchi kuchlarning katta g‘alabasi
edi.
Vargas hukumati elektr energiya sanoatini ham milliylashtirish uchun

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling