Jahon tarixi

bet23/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
ko‘rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida bu partiya
mag‘lubiyatga uchradi. G‘alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o‘z lideri
M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.
Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar.
1979—1990-yillar oralig‘idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret
Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro‘
qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini
quyidagi qoidalar tashkil etdi:
a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga
ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun,
tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya
bo‘lishi kerak;
b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo‘lishi lozim.
U xususiy tashabbuslarni aslo bo‘g‘masligi kerak;
d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini o‘zi ta’minlasin. O‘ziga
bog‘liq bo‘lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya
tashkilotlari yordam ko‘rsatadi;
www.ziyouz.com kutubxonasi

189
e) kamomadsiz budjet bo‘lishi kerak; uning
muhim qismini soliqlar tashkil etadi;
f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar
manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya
qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfa-
atlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga
zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi
darkor.
Xo‘sh, M. Tetcher qanday qilib katta obro‘
qozona oldi?
Konservatorlar saylovgacha «To‘g‘ri yon-
dashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar.
Unda Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash,
iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy
vazifa qilib qo‘yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat’iylik bilan
harakat qilishni talab etar edi.
M. Tetcher shunday qildi ham. U davlat budjeti tanqisligiga yo‘l qo‘yib
bo‘lsa ham keng ijtimoiy tadbirlarni zarur mablag‘ bilan ta’minlashdan voz
kechdi.
Muomalada ortiqcha naqd pulning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini
ko‘rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning
pasayishi hamda iqtisodga ko‘proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi.
Natijada ishlab chiqarishni o‘stirish borasida sakrash ro‘y berishiga erishildi.
Mehnat unumdorligi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqildi.
Hukumat kam samarali va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarni saqlab
turish uchun mablag‘ ajratishni to‘xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish
amalga oshirildi. Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd f. s. olib keldi.
Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiyadorlariga aylandi.
Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo‘ldi. Davlat uy-joy
fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln oila imtiyozli ravishda turarjoy sotib
olishga erishdi.
1990-yilga kelib 65 foiz oila o‘zining shaxsiy uy-joyiga ega bo‘ldi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish
va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining
uchdan ikki qismi o‘rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta’minot unga haqiqatan
ham muhtoj bo‘lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln yangi ishchi
o‘rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi,
o‘z navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parlament saylovlarida
konservatorlar partiyasining g‘alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida
hukumatni boshqarishlarini ta’minladi.
Biroq 90-yillarda vaziyat o‘zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab
turib bo‘lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan
qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo‘li bilan
M. Tetcher.
www.ziyouz.com kutubxonasi

190
vaziyatdan chiqmoqchi bo‘ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi.
Shunday sharoitda M. Tetcher o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi. Yangi
bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar
jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko‘zlangan
maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament saylovida Ley-
boristlar partiyasi g‘alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat
tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi.
Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari 1997—1998-yillarda o‘z
parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e’lon qildilar.
Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlar-
ning to‘qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar
o‘rtasidagi munosabatni birmuncha bo‘lsa-da, kelishtirishga erishdi. Biroq
2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni Bler yana
g‘alaba qildi. Ammo vaziyat keskinlashib, 2007-yil iyunda u o‘z o‘rnini
Gordon Braunga bo‘shatishga majbur bo‘ldi.
Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq
yillar davomida bosh rolni o‘ynab keldi. Ikkin-
chi jahon urushidan keyin esa ahvol o‘zgardi. Endi birinchilik AQSHga
o‘tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘rni alohida 3 yo‘nalishda
bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Birinchidan, u xalqaro may-
donda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning
muhim  muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G‘arbning
yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo‘stlik mam-
lakatlari boshlig‘i edi.
Buyuk Britaniya birdaniga AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani
yo‘q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda
Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o‘rnatish AQSH uchun ham
zarur edi. 1945-yilda ingliz — amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga
ko‘ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd dollar qarz beradigan
bo‘ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini
kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqeyi kuchaydi.
Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko‘ra ham katta miqdorda yordam
ko‘rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat
hukmron doiralarini tashvishga solib qo‘ydi.
Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik
berishga majbur bo‘ldi. 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi.
Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi.
1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk
Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni
qurollantirish va uni NATOga tortish to‘g‘risida imzolangan Parij va London
bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. 1957-yilda o‘z hududiga
AQSHning o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi.
Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi.
Tashqi siyosat
www.ziyouz.com kutubxonasi

191
60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu
hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini
qo‘ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini
qisman taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi.
AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo‘llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk
Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan
qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish
to‘g‘risida bitim imzoladi.
1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi.
1973-yilda esa uning a’zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va
Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon
iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o‘ynay boshladi. Buyuk Britaniya
quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik
qurolga ega bo‘lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida
AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan
ham katta e’tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi.
Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda
o‘ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina
o‘z qo‘shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday
qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo‘lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya
uni o‘z imperiyasi tarkibiga qo‘shib olgan edi.
Buyuk Britaniya orolga o‘z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda
bayrog‘ini qayta tikladi. M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini
tiklashga zo‘r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada
o‘zining alohida fikriga ega bo‘ldi.
Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik
bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini
qo‘llab-quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi.
1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo‘shilishi bu
davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon
jiddiy o‘zgarish yuz berganligining isboti bo‘ldi. 2002-yildagi AQSHning
Afg‘onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o‘z
qo‘shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil
iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o‘tkazildi. 60 dan ortiq kishi
halok bo‘ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk
Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok
etib kelmoqda.
1991-yilda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida
diplomatik munosabat o‘rnatildi. 1993-yilning 17—
19-iyun kunlari Buyuk Britaniya  qirolichasining
qizi malika Anna O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi.
Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.
Buyuk Britaniya —
O‘zbekiston
munosabatlari
www.ziyouz.com kutubxonasi

192
Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo‘stlik
ishlari bo‘yicha davlat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi.
Muzokaralardan so‘ng ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasida
hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikkiyoqlama soliq olmaslik
to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.
22—25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk
Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi
Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog‘ida
o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma, o‘zaro rag‘batlantirish va
himoyalash to‘g‘risida hamda ikki davlat o‘rtasida havo yo‘li ochish haqida
bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda
oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln dollar ajratishga qaror
qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi.
Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi
haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq
Buyuk Britaniya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
1997-yildan O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib
ola boshladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari nimalardan
iborat bo‘ldi?
2. Leyboristlarning «Kelajakka boqish» dasturining mazmuni haqida
nimalarni bilib oldingiz?
3. Britaniya mustamlakachilik imperiyasi yemirilmasligi mumkin edimi?
4. Nega leyboristlar konservatorlar hukumatini boshqargan 1951—1964-
yillar oralig‘idagi davrni «Bekor o‘tgan 13 yil» deb atadilar?
5. «Narx-navo va daromadlar siyosati»ning mazmunini tushuntirib bering.
6. Shimoliy Irlandiya muammosi haqida nimalarni bilib oldingiz?
7. «Tetcherizm» ning mazmunini izohlab bering.
8. M. Tetcher davrida ichki siyosatda qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
9. Buyuk Britaniya tashqi siyosatidagi 3 yo‘nalish haqida so‘zlab bering.
10.Buyuk Britaniya va AQSH munosabatlarida o‘ziga xoslik nimalardan
iborat?
11.Vaqtli nashrlardan Buyuk Britaniya — O‘zbekiston munosabatlariga doir
ma’lumotlarni to‘plang.
JADVALNI TO‘LDIRING.
BUYUK BRITANIYA BOSH VAZIRLARI FAOLIYATI
i
m
s
i
g
n
i
n
r
i
z
a
v
h
s
o
B
i
f
i
r
a
h
s
n
a
g
r
u
t
a
d
t
a
y
i
m
i
k
o
H
i
r
a
l
l
i
y
i
t
a
y
i
l
o
a
f
a
v
i
r
u
t
s
a
D
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

193
21-§. Fransiya
Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga juda katta talafot
yetkazdi. Okkupatsiya natijasida 1875-yilda tuzilgan
Uchinchi Respublika barham topdi. Moddiy tala-
fot 1440 mlrd frankni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daromadga nisbatan 62 foiz,
qishloq xo‘jaligi esa 50 foiz kamaydi. Frankning qiymati 6 baravar pasaydi.
100 mingdan ortiq mayda sanoat va savdo korxonalari sindi. Ishsizlar soni
600 mingdan ortdi.
Fransiya mustamlakachilik imperiyasi barham topa bordi. Hindixitoy
uning nazoratidan chiqdi. Suriya va Livan mustaqillikka erishdi. Fransiya
shu darajada kuchsizlangan ediki, u hatto o‘z mustaqilligini o‘zi tiklashga
ham qodir emas edi. Uning mustaqilligi AQSH va Buyuk Britaniya tomoni-
dan tiklandi. Mamlakat iqtisodiyoti AQSH ko‘rsatadigan yordamga bog‘liq
bo‘lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiya tarixi
quyidagi 3 davrga bo‘linadi.
1. Vaqtinchalik rejim davri (1944-yil sentabr —
1946-yillar). 2. To‘rtinchi Respublika davri
(1946—1958). 3. Beshinchi Respublika (1958-yildan hozirgi kungacha) davri.
Vaqtinchalik rejim davri Fransiya mustaqilligi tiklanganidan to mamlakat
Konstitutsiyasi qabul qilinguncha davom etgan. Bu davrda mamlakatni
general Sharl de Goll boshchiligidagi muvaqqat hukumat boshqardi.
Sharl de Goll «Ozod Fransiya» tashkilotining rahbari edi. 1945-yilning
oktabr oyida mamlakat yangi Konstitutsiyasini tayyorlovchi Ta’sis Majlisiga
saylov o‘tkazildi. Saylovda asosan 3 ta siyosiy partiya (Fransiya Kommunistik
Partiyasi, Fransiya Sotsialistik Partiyasi va Xalq Respublikachilar Partiyasi)
eng ko‘p ovoz oldi. Yangi tuzilgan hukumatni yana de Goll boshqardi.
Yangi Konstitutsiya loyihasi atrofida keskin kurash boshlandi.
Har uchala siyosiy partiya ham Fransiyaning parlament respublikasi bo‘lishi
tarafdorlari edi. Sharl de Goll esa AQSH namunasidagi prezidentlik respublikasi
uchun kurashdi. Biroq uning maqsadi amalga oshmadi. Bunga javoban u
iste’foga chiqdi. Va, nihoyat, 1946-yilning 13-oktabrida mamlakat yangi
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dekabr oyida esa kuchga kirdi. Shu tariqa
Fransiyada To‘rtinchi Respublika vujudga keldi.
To‘rtinchi Respublika davrida mamlakatni huku-
mat boshqardi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini
tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida
e’tibor berdi.
1948-yilning o‘rtalarida sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi
darajasiga yetdi. Bu hol 1949-yilda iste’mol tovarlari taqsimoti tizimini
bekor qilishga imkon berdi. Iqtisodiy rivojlanishning samarali choralaridan
To‘rtinchi
Respublikaning
qaror topishi
To‘rtinchi
Respublikaning ichki
va tashqi siyosati
Ikkinchi jahon
urushining Fransiya
uchun oqibatlari
13 — Jahon tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi

194
biri milliylashtirishdir, deb o‘ylagan hukumat xususiy mulk egalaridan bir
yirik korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalar,
ko‘mir konlari, aviatsiya va sug‘urta kompaniyalari, Reno avtomobil zavodi
va boshqalar shular jumlasidan edi. Biroq ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati
GFR va Italiyaga nisbatan past bo‘ldi. Fransiya tashqi siyosatida Yevropa
integratsiyasi masalasi katta o‘rin tutdi. U NATOga a’zo bo‘lib kirdi.
Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati»
ga dastlabki qadam qo‘yildi. 1952-yilda Parijda «Yevropa mudofaa
hamkorligi» haqida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma amalda GFRni
qayta qurollantirish uchun yo‘l ochdi. 1955-yilda GFR NATOga qabul
qilingach, bunga javoban SSSR 1944-yilda imzolangan sovet—fransiya
shartnomasini bekor qildi.
Ayni paytda Fransiya o‘z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlarini
davom ettirdi. Bu — Fransiya hukmron doiralari milliy-ozodlik harakati
qudratini to‘g‘ri baholay olmaganligining oqibati bo‘ldi. Shuning uchun
ham uni kuch bilan bostirishga urindilar. Chunonchi, 1946-yilning dekabr
oyida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Vetnamga qarshi mustamlakachilik
urushini boshladilar. 8 yil davom etgan bu urush 1954-yilda Fransiyaning
mag‘lubiyati bilan tugadi.
Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish
maqsadida urush harakatlarini boshladi. Jazoir amalda Fransiyaning okean
orti o‘lkasiga aylantirilgan edi. Bu yerda 1 mln fransuz yashardi. Ular eng
yaxshi yerlarga egalik qilardi. Jazoirlik fransuzlar bu mamlakatga mustaqillik
berishga mutlaqo qarshi edilar. Qulayotgan Fransiya mustamlakachi
imperiyasini saqlab qolish tarafdorlarining barchasi ular atrofiga to‘planishdi.
Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokko va Tunisga
mustaqillik berishga majbur bo‘lganligi ham tashvishlantirib qo‘ygan edi.
1954-yilda boshlangan urush — Jazoir xalqi ozodlik kurashiga qarshi urush
— eng qonli va shafqatsiz urush bo‘ldi.
Ayni paytda urush mamlakat xazinasi bo‘shab qolishiga olib keldi.
Shunday sharoitda Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar
davlat to‘ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi
fransuz armiyasi 250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar de Gollni
hokimiyatga qaytarishni talab etdilar. Ularning fikricha, de Goll Jazoir-
ning Fransiyaga qaramligini saqlab qolishga qodir yagona shaxs edi.
Fransiyaning boshqa aholisi uchun esa de Goll Fransiyani harbiy diktaturadan
saqlab qoluvchi yagona shaxs edi.
Sharl de Goll hokimiyatga qaytish uchun o‘ziga favqulodda vakolatlar
berilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishga ruxsat etilishi
shartlarini qo‘ydi. Fransiya Milliy Majlisi (parlamenti) bu shartlarga rozi
bo‘ldi va 1958-yilning 1-iyunida de Goll hokimiyatni egalladi. Shundan
so‘ng Milliy Majlis o‘z faoliyatini tugatdi. Shu tariqa To‘rtinchi Respublika
ham barham topdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

195
1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi
Konstitutsiya qabul qilindi. Bu — Fransiya tarixida
Beshinchi Respublikaning vujudga kelishi ham edi.
21-dekabr kuni de Goll Prezident etib saylandi.
Yangi Konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi va, aksincha, Prezident
vakolatlarini kengaytirdi. Fransiya prezidentlik Respublikasiga aylandi. Butun
hokimiyat deyarli Prezident qo‘lida to‘plandi. U davlat hamda ijrochi
hokimiyat boshlig‘i, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni ham edi.
Prezident parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlash va parlamentni
tarqatib yuborib, yangi saylov belgilash huquqiga ega edi. Muhim masalalarni
va o‘zi lozim topgan qonunlarni referendumga qo‘ya olardi. Ichki va tashqi
siyosatga shaxsan rahbarlik qilar edi. Shunday qilib, mamlakatda de Gollning
shaxsiy hokimiyati o‘rnatildi va u o‘z oldiga Fransiyani tiklash vazifasini
qo‘ydi. Shu maqsadda mamlakat iqtisodini modernizatsiyalash amalga
oshirildi. Ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi
tarmoqlari — atom, radio elektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi
vujudga keltirildi.
Modernizatsiyalash jadal sur’atlarda o‘tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga
yetkazildi. Oqibatda Fransiya zamonaviy industrial davlatga aylandi. Asosiy
iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda
5-o‘rinni mustahkam egalladi. Eksport ko‘paydi. Bu unga 60-yillarning
o‘rtalariga kelib barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga
aylanish imkonini berdi.
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi. Fransiya
dehqonlari fermerlarga aylandilar. Mamlakat G‘arbiy Yevropada oziq-ovqat
mahsulotlari eksporti bo‘yicha eng yetakchi davlatga aylandi.
Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yildi. Ularning birinchisi Fransiyaning
buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash
va, nihoyat, uchinchisi — AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar
bo‘shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish
orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda mustamlakalarga mus-
taqillik berish yo‘lidan bordi.
1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu
qit’a xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi. De Goll Jazoirni bundan
buyon itoatda tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning
uchun ham Jazoir Milliy Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning
bu yo‘li o‘ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uchradi. Biroq Fransiya
armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada armiyada isyon boshlashga urinish
barbod bo‘ldi.
1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim
imzolandi. De Goll AQSHning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966-
yilda Fransiyani NATOning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSHning
Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. YEIHga Buyuk
Beshinchi
Respublikaning ichki
va tashqi siyosati
www.ziyouz.com kutubxonasi

196
Britaniyaning a’zo qilinishiga qarshi chiqdi. Chunki de Goll Buyuk Britaniyani
Yevropada AQSH ta’sirini o‘tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan
yaqinlashish yo‘lini tutganning dushmani bo‘lib qolaverdi.
1968-yilning may oyida mamlakatda siyosiy
inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij talabalarining na-
moyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta’lim tizimini tubdan qayta
qurish, ta’lim tizimi xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to‘lash talabi
bilan namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo‘llab-
quvvatladi.
Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O‘ta radikal va o‘ta so‘l
kuchlar esa talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay
boshladilar.
Oqibatda hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 3 mingdan
ortiq talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz minglab
parijliklar de Goll tartibiga qarshi namoyish o‘tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta
davom etgan umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 mln kishi
ishtirok etdi.
Hukumat kasaba uyushmalarining ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling