Jahon tarixi

bet22/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
kurash olib bordi. Ayni paytda hukumat og‘ir moliyaviy taqchillikka duch
keldi. Mamlakat qishloq xo‘jaligida jiddiy inqiroz ro‘y berdi. 3 yil davom
etgan qurg‘oqchilik oqibatida qishloq aholisi turmush darajasi og‘irlashib
ketdi.
Buning ustiga, barcha dehqonchilik xo‘jaligining 3,4 foizini tashkil etuvchi
latifundiyachilar jami yer maydonining 62 foizidan ko‘piga egalik qilardi.
Dehqonlar yerni bo‘lib berishni talab eta boshladilar. Hatto, dehqonlar
qo‘zg‘aloni ham boshlandi. Shunday sharoitda hukumat latifundiyachilar
yerlarini sotib olish va ularni dehqonlarga bo‘lib berish to‘g‘risida qonun
loyihasini tayyorladi. Biroq bunday islohotni amalga oshirish uchun
hukumatda mablag‘ yo‘q edi.
Ayni paytda hukumat tadbirlari ichki reaksiyani ham g‘azablantirdi.
Hukumat ikki o‘t oralig‘ida qolganligidan foydalangan harbiy kuchlar 1954-
yilning 23-avgustida davlat to‘ntarishi o‘tkazdilar. Chorasiz qolgan Vargas
o‘zini o‘zi otib o‘ldirishga majbur bo‘ldi. Meksikada ham milliy-islohotchilar
hukumati katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Sanoatning qator tarmoqlari
milliylashtirildi. Davlat sektori kengayib bordi. Jami milliy mahsulotda sa-
noatning ulushi 29 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi ham rivojlandi.
1960-yilda bu soha 1940-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mahsulot ishlab
chiqara boshladi.
Hukumat butun choralar bilan mahalliy sarmoyani rag‘batlantirib bordi.
Milliy islohotchilik va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini kafolatlash
birga qo‘shib olib borildi. Ayni paytda agrar islohot ham davom ettirildi.
Bularning oqibatida Meksikada muqim Konstitutsiyaviy tuzum qaror topdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

181
Meksika taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xususiyati — bu armiyaning
ichki siyosiy ahvolga aralashmaganligidir.
Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni, keskinlikni inqilob yo‘li bilan hal
etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR
dagi kabi sotsializm qurish orzusida bo‘lganlar.
Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida
Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qo‘zg‘aloni g‘alaba
bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag‘darildi.
Bu hukumatni ag‘darish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob
rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U o‘z oldiga
Kubani AQSHga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qo‘ydi.
AQSH o‘z navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda
unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qo‘lladi. Bunga javoban F. Kastro
hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan
yaqinlashish yo‘lini tanladi.
Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro
urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar
yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning
rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik g‘oyalarni qabul
qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990-
yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qo‘llamay qo‘ydi. Kuba iqtisodiy
og‘ir ahvolga tushib qoldi.
Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukuma-
tini tashvishga solib qo‘ydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan
o‘z siyosatida o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldi.
1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot
yo‘lidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta
davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u
industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini
kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demok-
ratlashtirilishi, agrar islohot o‘tkazilishi, uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash va
ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining
19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd
dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko‘zda tutildi. Dastur
ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti
takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.
1970-yilda G‘arbiy yarim sharda ikkinchi bo‘lib sotsializm qurmoqchi
bo‘lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq — xalq fronti Chilida hokimiyat
tepasiga keldi. Xalq fronti Chili kommunistik, sotsialistik va radikallar
partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o‘tkazilgan prezidentlik
saylovida Xalq fronti nomzodi S. Alende g‘alaba qozondi. Agar Kubada
qurol kuchi bilan hokimiyatni egallagan kuchlar sotsializm qurgan bo‘lsalar,
Taraqqiyotning
inqilobiy yo‘li
www.ziyouz.com kutubxonasi

182
Chilida S. Alende hukumati Konstitutsiyaviy yo‘l bilan sotsializm qurishga
kirishdi.
Xalq fronti hukumati mamlakatdagi kuchlar nisbatini to‘la hisobga
olmagan holda inqilobiy islohotlarni boshladi. Hatto o‘rta va mayda kor-
xonalar ham milliylashtirila boshlandi. Bu esa aholi o‘rta tabaqalarining
Xalq frontidan yuz o‘girishiga olib keldi.
Bundan tashqari, yirik sarmoyadorlar hukumatga qattiq qarshilik
ko‘rsatdi. Hukumatning siyosatdagi xatosi Xalq fronti ichida kelishmov-
chilik chiqishiga olib keldi. Ayni paytda AQSH S. Alende hukumatiga tazyiq
o‘tkaza boshladi. Chili Qurolli Kuchlari S. Alendeni qo‘llab-quvvatlamadi.
1973-yilda Chili parlamenti S. Alende hukumatini qonundan tashqari, deb
e’lon qildi. Bu esa Chili Qurolli Kuchlari rahbariyati uchun ayni muddao
edi. 1973-yilning 11-sentabrida Qurolli Kuchlar harbiy to‘ntarish o‘tkazdilar.
Mamlakatda general A. Pinochetning harbiy diktaturasi o‘rnatildi (1973—
1990).
Shu tariqa Lotin Amerikasi davlatlarida harbiylarning hokimiyatni
egallashlariga yanada keng yo‘l ochildi. Harbiy diktaturalar iqtisodiyotni
modernizatsiyalash siyosatini yuritdilar. Bu siyosatning mazmuni — davlat
sektorini qisqartirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish
hamda xususiy tadbirkorlik va erkin savdoga keng yo‘l berishdan iborat
bo‘ldi. Ayni paytda proteksionizmdan voz kechildi va chet el sarmoyasi
bilan faol hamkorlik yo‘liga o‘tildi.
Harbiy diktatorlar (Braziliya, Chili, Boliviya, Urugvay, Paragvay va
boshqa mamlakatlarda) o‘z rejalarini izchillik va qattiqqo‘llik bilan amalga
oshira oldilar. Konstitutsiyaviy demokratik tartibga amal qilgan davlatlarda
esa 80-yillargacha modernizatsiyalash avvalgi milliy islohotchilik ruhida
davom etdi. Bular o‘z natijasini bermay qolmadi. 1980-yilda Lotin Amerikasi
davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 1960-yilga nisbatan 3 baravar ko‘paydi.
Ayni paytda Lotin Amerikasi davlatlarining tashqi qarzi ham tez
sur’atlarda ko‘payib bordi. Agar 1970-yilda mintaqa davlatlarining qarzi 20
mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 80-yillarda bu ko‘rsatkich 400 mlrd dollarni
tashkil etdi.
AQSH harbiy to‘ntarishlarga qarshi chiqmadi. Aksincha, ularga mintaqa
davlatlari ichki ishi, deb baho berdi. Chunki harbiylar hukumatlari AQSH
manfaatiga zid siyosat yuritmadilar, aksincha, AQSH bilan mustahkam
ittifoqda bo‘lishga intildilar.
Faqat AQSH prezidenti J. Karter davrida harbiy to‘ntarishlarga muno-
sabat o‘zgardi. Chunki J. Karter inson huquqlari masalasini o‘z siyosatining
asosiy masalalaridan biri, deb e’lon qilgan edi. Demokratiya bor joydagina
inson huquqlari kafolatlanadi. Harbiy to‘ntarishlar esa demokratiyaga zid
hodisadir. AQSH siyosatida harbiy to‘ntarishlarga nisbatan qarashning
o‘zgarishi oxir-oqibatda harbiy diktaturalarning barham topishini muqarrar
qilib qo‘ydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

183
80-yillar davomida harbiy-diktatorlik hukumatlari birin-ketin tarix
sahnasidan keta boshladi. Chunonchi, 1980-yilda Peruda, 1982-yilda
Boliviyada, 1983-yilda Argentinada, 1985-yilda Gvatemala, Gonduras,
Braziliyada va Urugvayda,1989-yilda Salvador va Paragvayda, 1990-yilda esa
Chilida harbiy diktatura barham topdi. Paragvayda general Stresner diktaturasi
35 yil, Chilida A. Pinochet diktaturasi 17 yil davom etdi.
Faqat ikki davlat (Gaiti va Kuba) dan boshqa barcha Lotin Amerikasi
davlatlarida vakillik demokratiyasi qaror topdi. Demokratiyaning qaror
topishi juda katta qiyinchilik bilan kechdi. 1993-yilda Chilida Eduard Frey,
2000-yilda Rikardo Lagos Eskobar, 1999-yilda Venesuelada Ugo Chaves
hukumatlari o‘rnatildi. Yangi hukumatlar davlat korxonalarini chet elga
sotishga majbur bo‘ldilar. Davlatning kapital mablag‘ sarflash hajmi kamaydi.
Ijtimoiy soha xarajatlari qisqartirildi. Ish haqi muzlatildi. Oqibatda aholi
turmush darajasi pasaydi. 1992-yilga kelib mintaqa aholisining 46 foizi
(jami aholi 442 mln kishi edi) kambag‘allik darajasi chegarasidan pastda
yashadi. Narkobiznes va terrorizm kuchaydi.
1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray
boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet
el sarmoyasi ishtirokida qo‘shma korxonalar qurilishi rag‘batlantirila
boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada bo‘lishiga, mayda
tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari
murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy
birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar.
Braziliya va Argentina o‘rtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq
asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda,
mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy
e’tibor bilan qaradilar. 1992—1994-yillar davomida AQSH, Kanada va
Meksika o‘rtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi
bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.
Lotin Amerikasining ba’zi davlatlari ham bu shartnomaga qo‘shilishga
intilmoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
2. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi davlatlari taraqqiyotning
qanday yo‘llaridan bordilar? Ko‘pchilik davlatlar milliy-islohotchilik yo‘lini
tanlaganini qanday izohlagan bo‘lar edingiz?
3. Argentina, Braziliya, Meksikada milliy-islohotchilik hukumatlari amalga
oshirgan tadbirlar haqida so‘zlab bering.
4. Kuba va Chilida sotsializm qurish uchun tanlangan yo‘llarni taqqoslang.
5. Lotin Amerikasi davlatlarida juda ko‘p davlat to‘ntarishlari amalga
oshirilganligini qanday izohlaysiz?
6. Qanday omil bu mintaqada harbiy diktaturalarning birin-ketin qulashiga
sabab bo‘ldi?
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

184
HARBIY DIKTATORLAR FAOLIYATI HAQIDA FIKR YURITING
r
a
l
t
a
k
a
l
m
a
M
i
t
a
y
i
l
o
a
f
r
a
l
r
o
t
a
t
k
i
D
20-§. Buyuk Britaniya
Buyuk britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozo-
nilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shganlar. Ular-
ning davlati Ikkinchi jahon urushi g‘oliblaridan
biri bo‘ldi.
Ayni paytda urush Buyuk Britaniyani ham
iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy
xarajatlari 25 mlrd funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to‘rtdan
bir qismini yo‘qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd
funt sterlingni tashkil etdi.
Faqat AQSHdangina emas, o‘z dominionlaridan ham qarz bo‘lib qoldi.
Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to‘rtdan bir qismidan, savdo
flotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab
chiqarish hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi. Bundan
tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon-
lashtirdi.
U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila
boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan «kuchlar
baravarligi» siyosatini yurita olmay qoldi.
Dominion va mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayishi
Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSHning
yadro va strategik qurollarga ega bo‘lishi Buyuk Britaniyaning strategik
mavqeyiga jiddiy zarba berdi.
To‘g‘ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk davlatlar qatorida qoldi. Biroq
uning xalqaro mavqeyi zaiflashgan edi. Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning
yetakchi davlati roliga da’vo qila olmas edi. Urush g‘olibining bu ahvoliga
U. Cherchill «Zafar va fojia» deb baho bergan edi.
1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parla-
ment saylovi o‘tkazildi. Unda Buyuk Britaniya
tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri
Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar partiya-
si) mag‘lubiyatga uchradi. Hokimiyat jilovi Leyboristlar partiyasi qo‘liga
o‘tdi. Bu partiya parlamentdagi o‘rinlarning uchdan ikki qismini egalladi.
Leyboristlar o‘zlarining saylov oldi dasturini «Kelajakka boqish» deb
ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini
Ikkinchi jahon
urushining Buyuk
Britaniya uchun
oqibatlari
Buyuk Britaniyaning
ichki siyosati
www.ziyouz.com kutubxonasi

185
ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo‘li bilan qurishlarini
e’lon qildilar.
Dasturda sotsializm inqilobning natijasi bo‘lishi kerak emasligi alohida
uqtirilgan edi. Xo‘sh, leyboristlar qanday jamiyatni demokratik sotsializm
deb tushungan edilar? Ularning demokratik sotsializmi farog‘at davlatining
aynan o‘zi edi. 27-iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati
(1945—1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Hukumat jiddiy islohotlar o‘tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki
po‘lat, ko‘mir va gaz, elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa,
fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo‘l transportini milliylashtirdi. Milliylash-
tirish sotib olish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1945—1948-yillarda fuqa-
rolarni ijtimoiy himoya qilish va sug‘urtalashning kompleks kafolatli tizimi
yaratildi. Unga ko‘ra, ishsizlik bo‘yicha, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik
bo‘yicha, kasb kasalligi, bevalik bo‘yicha nafaqa, shuningdek, qarilik
pensiyalari to‘lanadigan bo‘ldi.
10 mln ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan boshlab tekin meditsina
xizmati joriy etildi. Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 1927-yilda qabul
qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi qonun bekor
qilindi. Hukumat ba’zi bir siyosiy islohotlarga ham qo‘l urdi. Chunonchi,
1949-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasi
huquqini qisman cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga
ko‘ra, parlamentning quyi palatasi ma’qullagan qonun loyihasini Lordlar
palatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 yildan 1 yilga tushirildi.
Hukumat «Marshall rejasi»ga ko‘ra, 1948—1950-yillar oralig‘ida 3 mlrd
dollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan
oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch
kelindi. Bunga AQSHning «Lendliz» savdosini to‘xtatgani, eksportdan
keladigan foyda import tovarlari qiymatini ko‘zlangan darajada qoplamasligi,
1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan ka-
maytirishga majbur bo‘linganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga
teng edi. Endi uning qiymati 2,8 dollarga teng bo‘lib qoldi), tashqi qarz
uchun foiz to‘lovlari sabab bo‘ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat
sektorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag‘ talab etmoqda edi.
Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur
mablag‘ga ega bo‘la olmadi. Bu borada berilgan va’dalar to‘la bajarilmadi.
Bu hol 1951-yilning 25-oktabrida o‘tkazilgan navbatdagi parlament saylovida
konservatorlarning g‘alabasini ta’minladi. U. Cherchill yana hukumat tuzdi.
Hukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag‘lubiyat sabablarini hisobga
oldi. Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamlakat-
ni moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturi»ga ko‘ra, bu soha xarajatlarini bir-
muncha qisqartirdi.
Po‘lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi.
Chetdan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln funt sterlingga
www.ziyouz.com kutubxonasi

186
kamaytirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarildi. Eksport
hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo‘ldi. Biroq
bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo‘q. Aksincha, bu mamlakatni
oltin va valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning
iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish dasturi ko‘zlangan natija bermadi.
Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi davom
etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda
iste’fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh-
qardilar. U. Cherchilldan so‘ng A. Iden (1955—1957) va G. Makmillan
(1957—1963)lar hukumatni boshqardilar.
1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy
xarajatlar oshib bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni
sekinlashdi. Oqibatda jahon bozorida mamlakat mavqeyi pasaydi. GFR
uni 3-o‘ringa surib qo‘ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni o‘nglashga
harakat qildi.
Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Milliy
daromadda davlatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi
ko‘tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu
kengash 1961—1965-yillarga mo‘ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi
va hukumat uni tasdiqladi.
Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo‘linmadi. Ijtimoiy sohani
mablag‘ bilan ta’minlash og‘irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan
nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi.
Uinston Cherchill.
www.ziyouz.com kutubxonasi

187
Ayni paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi
hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951—1964-yillar oralig‘idagi
yillarni «bekor o‘tgan 13 yil» deb atadi. Saylovda g‘alaba qilsa, iqtisodiyotning
qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida
rivojlantirish yo‘li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta
tiklashga va’da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi
g‘alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hukumat
tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirishga katta
umid bog‘ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh
yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi.
Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini muqimlashtirish maqsadida,
hukumat ish haqi va narxning o‘sishini «oqilona» cheklab qo‘yish siyosatini
yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo va daromadlar siyosati deb nom oldi.
Dastlab bu tadbir ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, 1966-
yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga
oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o‘sishini
rejalashtirgan bo‘lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyborist-
lar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar. Buning ustiga funt
sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko‘zlangan natijani
bermadi.
Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga
a’zolikka qabul qildirish yo‘lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati
Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog‘langanlikda ayblab,
uning «Umumiy bozor» ga qabul qilinishiga qarshilik ko‘rsatdi. Bu omillar
leyboristlar hukumatining obro‘siga ta’sir etmay qolmadi. 1970-yilning 18-
iyunida o‘tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g‘alaba
qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.
E. Xit hukumati davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida
ijtimoiy sohalar xarajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish
to‘xtatildi. «Narx-navo va daromadlar» siyosati bekor qilindi. Bu mamlakatda
keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki baravar favqulodda holat joriy
qilishga majbur bo‘ldi.
1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi. Qonun tred-yunionlarning huquqini cheklab qo‘ydi. Natijada
hukumat bilan tred-yunionlar o‘rtasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat
yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.
1973—1974-yillar qishida tog‘-kon sanoatida inqiroz yuz berdi. Shunday
sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo‘ldi. 1974-
yilning 28-fevralida bo‘lib o‘tgan parlament saylovida leyboristlar partiyasi
g‘alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi. U «Narx-
navo va daromadlar siyosati»ning yangi variantini qo‘lladi. Bu variant «ijti-
moiy shartnoma» deb nom oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o‘rtasidagi
shartnoma edi. Shartnomaga ko‘ra, tred-yunionlar ish haqini yiliga 5 foiz-
www.ziyouz.com kutubxonasi

188
gacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-navo o‘sishini
to‘xtatib turish majburiyatini oldi.
Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumat-
ning harakatlarini amalda yo‘qqa chiqardi. G. Vilson o‘z ixtiyori bilan iste’fo
berishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini J. Kallagen (1976—1979) egalladi.
Biroq u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda
mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln kishiga
yetdi.
Buning ustiga J. Kallagen hukumati o‘tkir ichki siyosiy muammo —
Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi.
1921-yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o‘rtasida imzolangan shartno-
maga ko‘ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning
aholisi asosan protestantlardan iborat bo‘lib, katoliklar ozchilikni tashkil
etadi. Protestantlar katoliklarni har jihatdan kamsitib keldilar. 1968-yilda
katoliklar o‘z haq-huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada Shimoliy
Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban Buyuk Britaniya
hukumati u yerga harbiy qism kiritdi. Katoliklarning «Irlandiya Respublika
armiyasi» deb ataluvchi yashirin terrorchi tashkiloti ingliz soldatlariga qarshi
terror o‘tkaza boshladi.
Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo‘shish
uchun kurashdi. Bunga javoban protestantlarning yashirin harbiy tashkiloti
ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o‘rnatish uchun yuborilgan
ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan ham ko‘plab
kishilar halok bo‘ldi.
Mamlakatdagi keskin ichki vaziyat leyboristlar mavqeyiga salbiy ta’sir

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling