Jahon tarixi

bet24/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
haftasini qisqartirish kabi talablarini qondirdi. Iyun oyi oxirida ishchilar ish
joylariga qaytdilar. Shu tariqa mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlashtirildi.
Xo‘sh, may inqirozining sabablari nima edi?
Birinchidan,  mamlakat mulkdorlari orasida iqtisodiyotga davlatning
qattiqqo‘llik bilan aralashuvidan norozilik o‘zining yuqori nuqtasiga yetgan
edi.
Ikkinchidan, kasaba uyushmalari mehnat munosabatlarida davlatning
haddan tashqari vasiyligidan qutulishga intilayotgan edi.
Uchinchidan, mamlakatda uning barcha tabaqalari ham de Gollning
AQSHdan uzoqlashish siyosatini ma’qullamas edi.
To‘rtinchidan, hukumat ijtimoiy sohalarga budjet xarajatlarini kamaytirib
yuborgan edi. Bu hol jamiyatda chuqur norozilikni vujudga keltirdi.
Shunday sharoitda ijtimoiy portlash yuz berishi muqarrar, jamiyatning
qaysidir qatlami shu portlashni sodir etishi lozim edi. Bu portlashni talabalar
sodir etdilar. Boshqa qatlam va siyosiy kuchlar esa talabalar noroziligidan o‘z
manfaatlari yo‘lida foydalanishga urindilar. Shuning uchun ham may inqirozi
oxir-oqibatda Fransiya milliy qahramoni, mamlakat Prezidenti de Gollni
iste’fo berishga majbur etdi. 1969-yilning aprel oyida de Goll siyosatdan
ketdi. U 1970-yilda 80 yoshida vafot etdi.
1969-yilning iyunida bosh vazir lavozimida
ishlayotgan J. Pompidu mamlakat Prezidenti etib
saylandi.
U saylovda de Goll partiyasi — «Respublikani himoya qilish ittifoqi»ning
nomzodi sifatida qatnashdi. J. Pompidu ayni paytda de Gollning eng yaqin
Fransiya keyingi
yillarda
May inqirozi
www.ziyouz.com kutubxonasi

197
safdoshlaridan biri ham edi. J. Pompidu siyosatda o‘zi tanlagan yo‘lni «vo-
rislik va muloqot», deb atadi. Bu iboraning birinchisi de Goll siyosatining
davom ettirilishini, ikkinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan ham hamkorlik
qilishni anglatar edi.
Ichki siyosatda J. Pompidu davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini
kamaytirdi. Biroq ijtimoiy himoya sohasi bo‘yicha qonunchilikni kuchaytirdi.
Tashqi siyosatda «muloqot» tamoyiliga amal qildi. Ya’ni AQSH bilan
yaqinlashish boshlandi. 1973-yilda Buyuk Britaniyaning YEIH a’zoligiga
qabul qilinishiga qarshilik qilmadi. Ayni paytda Fransiyaning tashqi
masalalarda mustaqil siyosat yuritish yo‘liga sodiqlikni saqlab qoldi.
1974-yilda J. Pompidu vafot etdi. «Fransiya demokratiyasi uchun
ittifoq» (FDUI) partiyasi nomzodi V. Jiskar d’Esten yangi 7 yillik muddatga
Prezident etib saylandi. Bu davrda mamlakatdagi siyosiy kuchlar va
mamlakatda 4 ta yirik siyosiy partiya faoliyat ko‘rsata boshladi. Sobiq
degollchilar va o‘ng kuchlar «Respublikani quvvatlash birlashmasi» (RQB)
partiyasiga birlashdilar.
Avvalgi partiyalardan Sotsialistik va Kommunistik partiyalar o‘zlarini saqlab
qoldilar. Bu partiyalarning 2 tasi (FDUI va RQB) o‘nglar, 2 tasi esa (FSP va
FKP) so‘llar deb atala boshlandi.
Yangi Prezident d’Esten inqiloblarsiz, islohotlar yo‘li bilan «ilg‘or liberal
jamiyat» qurish g‘oyasini ilgari surdi. Uning prezidentligi davrida minimal
ish haqi eng ko‘p darajada oshirildi. Saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18
yoshga tushirildi.
1981-yilgi prezidentlik saylovida Sotsialistik partiya nomzodi F. Mitteran
(1916—1996) g‘alaba qozondi va mamlakatni 14 yil boshqardi. So‘l kuchlar
hukumati saylovchilarga bergan va’dalarini bajarish maqsadida qator islohotlar
o‘tkazdilar. Chunonchi, ish haqlari oshirildi; ishsizlik va ko‘p bolali oilalarga
yordam ko‘paytirildi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi. Yirik sarmoyalarga
solinadigan soliq miqdori ko‘paytirildi. Ish haftasi 39 soatga keltirildi. Pul
to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili 5 haftaga uzaytirildi. 36 bank va metallurgiya,
elektronika, kimyo, samolyotsozlik, harbiy sanoat sohalarini milliylashtirishga
kirishildi. Umummilliy davlat organlari va vakolatlari qisqartirildi. Mahalliy
hokimiyat organlari vakolatlarini kengaytirish boshlandi.
Biroq, bu tadbirlarni amalga oshirishda tez orada mablag‘ tanqisligiga
duch kelindi. Natijada hukumat islohotni to‘xtatishga va qattiq iqtisod
siyosatiga o‘tishga majbur bo‘ldi. Hayot ortiqcha milliylashtirish ham
yaxshi samara bermasligini isbotladi. Hukumatning noizchil siyosati
jamiyatda o‘ta millatchi kuchlarning ta’siri ortishiga olib keldi. Ular «Milliy
front» (MF) ga birlashdilar. Bu tashkilot irqiy va milliy kamsitishni avj
oldirdi. «Fransiya — fransuzlar uchun» degan shiorni zo‘r berib targ‘ib
etdilar. Ular boshqa mamlakatlardan Fransiyaga ishchi kuchi kelishining
oldini olish, mamlakatda ishlayotgan afrikaliklarni chiqarib yuborishni
talab eta boshladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

198
1986-yildagi parlament saylovida MF hatto
35 ta deputatlik o‘rnini ham egalladi. Shunday
sharoitda sotsialist F. Mitteran o‘ng partiya —
RQB Lideri J. Shirakni bosh vazir etib tayinladi.
Shu tariqa so‘l prezident bilan o‘ng bosh
vazirning odatdan tashqari o‘ziga xos faoliyat
ko‘rsatishi boshlandi. J. Shirak hukumati mil-
liylashtirilgan korxonalarni egalariga qaytara
boshladi. Yirik sarmoyaga solinadigan soliqni
kamaytirdi. Immigratsiyani chekladi. Tashqi
siyosatda yagona Yevropani vujudga keltirish
siyosatini davom ettirdi. 1991-yilda Maastrixt
shartnomasining imzolanishida Fransiyaning
xizmati katta bo‘ldi.
1995-yilning 7-may kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida J. Shirak
g‘alaba qozondi. 1997-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida esa so‘l partiyalar
g‘alaba qozondi. Bosh vazir lavozimini Sotsialistik partiya vakili egalladi.
Yana o‘nglar bilan so‘llarning o‘ziga xos odatdan tashqari birgalikda faoliyat
ko‘rsatishi boshlandi.
Fransiya hukumati ichki siyosatda neokonservatizm yo‘lidan qat’iy
bormoqda. J. Shirak prezidentlik muddatini 7-yildan 5-yilga tushirish haqida
qonun qabul qilinishiga erishdi. 2007-yil may  oyidagi saylovlar natijasida
N. Sarkozi prezidentlik lavozimini egalladi va ko‘p o‘tmay sohalarni rivojlan-
tirish bo‘yicha 16 ta komissiya tuzdi. Tashqi siyosatda Yevropaning tobora
birlashuvi uchun intilmoqda. 2007-yil may oyidan boshlab N. Sarkozi
mamlakat Prezidentidir.
Bugungi Fransiya dunyoning eng taraqqiy etgan 7 industrial davlatidan
biri. Aholisining katta qismi shaharda yashaydi. Qishloq xo‘jaligi bilan aholining
atigi 6 foizi shug‘ullanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha
dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Aholisining 85 foizi yollanma
mehnat vakillari (ishchilar, xizmatchilar, texnik ziyolilar)dan iborat.
Fransiya o‘zining ilmiy-texnika yutuqlari — zamonaviy aviatsiya, o‘ta
tezyurar poyezdlari, mashhur «Reno», «Sitroyen» va «Pejo» avtomobillari,
ilg‘or kemasozlik sanoati bilan haqli sur’atda faxrlansa arziydi.
1992-yil fevral oyida Fransiya bilan O‘zbekiston
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1993-
yil oktabrida Prezident Islom Karimov rasmiy vizit
bilan Parijda bo‘ldi. Tashrif davomida bir qancha
shartnoma va bitimlar imzolandi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari
o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risidagi bitim
respublikamizda neft, yengil sanoat hamda banklar faoliyati sohalarida samarali
hamkorlik sari yo‘l ochdi. «Ron pulen» kimyo firmasi, «Kredi kommersial
de frans», «Nasional de pari» banklari, «El-akita» firmasi va boshqalar
Fransiya —
O‘zbekiston
munosabatlari
Fransua Mitteran.
www.ziyouz.com kutubxonasi

199
Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlashda
katta hissa qo‘shdi.
Undan tashqari respublikamiz chorvadorlari, sog‘liqni saqlash xodimlari
(Bofur-ipsen internatsional dorichilik shirkati bilan), arxeologlari, rassomlari,
teatr arboblari, adabiyotchilar fransiyalik hamkasblari bilan yaqin aloqa
o‘rnatganlar. Fransiyada «Temuriylar» nomli jurnal nashr etib kelinadi.
1994-yil aprelda Fransiya Prezidenti F. Mitteran rasmiy tashrif bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi
bosqichga ko‘tardi.
1996-yil aprelida Parijda YUNESKO rahbarligida buyuk bobokaloni-
miz Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib
o‘tdi. Bu sohadagi ulkan xizmatlari uchun YUNESKO Bosh direktori
F. Mayor «Do‘stlik» ordeni, Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren «Shuhrat»
medali bilan taqdirlandi.
Tantanalar jarayonida I. A. Karimov Fransiya Prezidenti Jak Shirak
bilan uchrashdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning kelajagi belgilab
olindi.
Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida yana bir qator shartnomalar
imzolangan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib
bormoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ikkinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Fransiyada 5 marta Respublika e’lon qilinganligini qanday izohlaysiz?
3. Nima uchun 1946-yilda de Goll mutlaq hokimiyat egasi bo‘la olmadi?
4. To‘rtinchi Respublika qay tariqa vujudga keldi? Bu davrda Fransiya
ichki va tashqi siyosatidagi asosiy voqealarni qayd eting.
5. 1958-yil may inqirozi qay tariqa yuz berdi va qanday oqibatlarga olib
keldi?
6. De Gollning shaxsiy hokimiyat tartibi qay tariqa barham topdi va uning
sabablari nimalardan iborat edi?
7. De Goll tashqi siyosatidagi 3 asosiy vazifani qayd eting va ular qay
tariqa amalga oshirildi?
8. Fransiyada o‘nglar va so‘llarning o‘zaro hamkorlikda kelishib, siyosat
yuritish fakti nima bilan izohlanadi?
9. Vaqtli nashrlardan Fransiya — O‘zbekiston munosabatlariga doir
ma’lumotlarni to‘plang.
JADVALNI TO‘LDIRING. FRANSIYA PREZIDENTLARI FAOLIYATI
r
a
l
t
n
e
d
i
z
e
r
P
i
t
q
a
v
k
i
l
n
o
r
m
k
u
H
i
r
a
l
h
s
i
n
a
g
l
i
q
n
u
h
c
u
t
a
k
a
l
m
a
M
?
www.ziyouz.com kutubxonasi

200
22-§. Germaniya Federativ Respublikasi
Germaniya Ikkinchi jahon urushida tor-mor
etildi. Uning hududi deyarli kultepaga aylandi.
Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daraja-
ning uchdan bir qismiga tushib qoldi. Sharqiy
Prussiyaning SSSRga berilishi, Polsha chegara-
sining Oder va Neyse bo‘ylab o‘tishi oqibatida bu hududlarda yashovchi 9
mln dan ortiq nemislar Germaniya ichkarisiga ko‘chirildi. Bu hol uningsiz
ham og‘ir bo‘lgan uy-joy muammosini yanada keskinlashtirib yubordi. Mam-
lakat sanoat korxonalari g‘olib davlatlar uchun to‘lanishi zarur bo‘lgan tovon
hisobiga ko‘chirib ketila boshlandi.
Aholi turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Eng og‘iri, Germaniya
davlat mustaqilligini yo‘qotdi. Uning hududi 4 g‘olib buyuk davlat (AQSH,
SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiya) okkupatsiya zonalariga bo‘lindi.
Hokimiyat g‘olib davlatlar harbiy ma’muriyati qo‘liga o‘tdi. Bu ma’muriyatni
okkupatsiya qiluvchi qo‘shin bosh qo‘mondoni boshqardi.
Butun Germaniyaga taalluqli masalalarni esa to‘rt Bosh qo‘mondondan
iborat Nazorat Kengashi hal etardi. Kengash qarori konsensus asosida qabul
qilinardi.
1945—1949-yillar Germaniya tarixida okkupatsiya
tartibi hukm surgan davr hisoblanadi. Shunday
sharoitda ham Germaniyada demokratik hayot
tiklana boshladi. Germaniya taqdiriga befarq qaramaydigan siyosiy kuchlar
yangi sharoitda jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun kurashdilar.
Dastlab fashistlar qattiq ta’qib etgan ikki siyosiy partiya — Germaniya
Kommunistik partiyasi va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi — yashirin
sharoitda ishlash holatidan chiqdi.
Ayni paytda yangi siyosiy partiyalar ham vujudga keldi. Chunonchi,
1945-yilda Xristian demokratlar ittifoqi (XDI) tuzildi. Unga mashhur siyosiy
arbob K. Adenauer rahbarlik qildi. Keyinroq XDI ning Bavariya bo‘limi —
Xristian sotsialistlar ittifoqi (XSI) tuzildi. Xristian demokratlar fashizmga
qarshi ekanliklarini, Germaniyani qudratli mustaqil davlatga aylantirish
bosh maqsadlari ekanligini bayon qildilar. Ayni paytda fuqarolar farovonligini
ta’minlash, ishchilarga korxonalarni boshqarishda ishtirok etish imkoniya-
tini yaratish haqida va’da berdilar.
Bular fuqarolarning ko‘pchiligi, ayniqsa, dindorlar tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi. G‘arbiy okkupatsiya zonasida «Erkin demokratik partiya»
(EDP) ham tuzildi. XDI—XSI va GSDP eng yirik partiyalarga aylandi.
Sharqiy okkupatsiya zonasida (SSSR zonasi) 1946-yilda GKP va GSDP
birlashdi. Bu yangi partiya Germaniya yagona sotsialistik partiyasi deb atal-
di. Okkupatsiya tartibi davrida, ayni paytda, Birlashgan nemis kasaba
uyushmasi (BNKU) ham tuzildi.
Ikkinchi jahon
urushining
Germaniya uchun
oqibatlari
Germaniya
1945—1949-yillarda
www.ziyouz.com kutubxonasi

201
«Sovuq urush» ning boshlanishi Germaniya taqdi-
riga ta’sir etmay qolmadi. Potsdam konferensiyasi
qarorlari bajarilmadi. Germaniya muammosi
AQSH va SSSR manfaatlari keskin to‘qnashgan muammoga aylandi. Bu
to‘qnashuv Germaniyaning bo‘linib ketishini muqarrar qilib qo‘ydi. Yangi
sharoitda AQSH Germaniyani G‘arbning ishonchli tayanchiga aylantirishga
intildi. Shuning uchun ham SSSRning kechagi ittifoqchilari Germaniyaning
iqtisodiy qudratini susaytirish maqsadidan voz kechdilar.
G‘arbiy Germaniyadan tovon evaziga sanoat korxonalarini olib chiqib
ketish to‘xtatildi. (U atigi 5 foizga bajarilgan edi, xolos.) «Marshall rejasi»
ishlab chiqilayotganida AQSH unga G‘arbiy okkupatsiya zonalarini
qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. Chunki, endi G‘arb uchun iqtisodiy jihatdan
qudratli Germaniya nihoyatda zarur edi.
Tovon to‘lashning to‘xtatib qo‘yilishi SSSR va uning kechagi ittifoq-
chilari o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Buning ustiga, G‘arb
davlatlari o‘zlarining okkupatsiya zonalarini birlashtirdilar va unda 1948-
yilning 20-iyunida separat pul islohoti o‘tkazdilar.
Reyxs marka o‘rniga nemis markasi joriy etildi. G‘arbiy okkupatsiya
zonasida yashayotgan aholining har biriga eski 60 markani yangi 60 markaga
aylantirishga ruxsat etildi. Qolgan har 100 eski markani 6,5 yangi markaga
almashtirish mumkin edi.
Buning natijasida muomaladagi pul hajmi kamayishiga erishildi. Bu
esa, o‘z navbatida, inflatsiyani to‘xtatish imkonini berdi. Shu tariqa iqtisodiy
hayotni tiklash uchun zarur sharoit yaratildi. Pul islohoti o‘tkazilishiga
javoban SSSR G‘arbiy Berlinni qamal qildi. Shu bahonada G‘arb davlatlari
o‘z zonalarida Germaniya davlatini tezroq tuzishga harakat qildilar.
1948-yilning sentabr oyida o‘lka parlamentlari saylagan parlament kengashi
chaqirildi. Germaniya Federativ Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi.
Ushbu Konstitutsiya 1949-yil 8-may kuni qabul qilindi. Konstitutsiyani
hokimiyat tasdiqlagach, 23-maydan boshlab kuchga kirdi.
Konstitutsiya G‘arbiy Germaniyani demokratik, federativ davlat, deb
e’lon qildi. Davlat hududi 10 ta o‘lkaga bo‘lindi. Ularning har biri o‘z
Konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hamda sud hokimiyatlariga
ega edi.
Boshqarish shakliga ko‘ra GFR parlament Respublikasi bo‘lib qoldi.
Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) Federal parlament deb ataldi.
U ikki palatali edi. Quyi palata — bundestag 4 yilga saylangan. Yuqori
palata — bundesrat esa o‘lka parlamentlari tayinlaydigan vakillardan iborat
bo‘ldi. Bonn shahri mamlakat poytaxti deb belgilandi. Davlat boshlig‘i prezi-
dent edi. Biroq uning huquqlari cheklandi. U davlat va millat birligi ramzi
bo‘lib qoldi, xolos. 1949-yilning avgustida bundestagga birinchi saylov o‘tka-
zildi. Unda XDI—XSI va GSDP deyarli bir xil o‘rin egalladilar. 7-sentabr
kuni bundestag GFR Konstitutsiyasini tasdiqladi. 20-sentabr kuni XDI—
Germaniyaning
bo‘linib ketishi
www.ziyouz.com kutubxonasi

202
XSI partiyasi EDP bilan koalitsion hukumat tuzdi. Mashhur siyosiy arbob,
XDI nomzodi 75 yoshli K. Adenauer kansler etib saylandi.
Uzoqni ko‘ra biluvchi, voqelikni real baholay oluvchi, dono siyosatchi
K. Adenauer Yevropa integratsiyasi yo‘lida juda katta ish qildi. Germaniya-
ning bu integratsiyada o‘z o‘rni bo‘lishiga erishdi. Germaniya kelajagini
G‘arb dunyosi bilan uzviy bog‘liq ekanligini ham hammadan ko‘proq va
yaxshiroq angladi. 21-sentabr kuni GFRning tashkil topganligi rasman
e’lon qilindi.
SSSR okkupatsiya zonasi bo‘lgan Sharqiy Ger-
maniyada ham yangi davlat tuzishga zo‘r berib
kirishildi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada
Germaniya Yagona Sotsialistik partiyasi, XDI, Li-
beral-demokratik partiya hamda Dehqonlar
partiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
Bu partiyalar va jamoat tashkilotlari Nemis Milliy Kengashini sayladilar.
Bu Kengash sessiyasi 1949-yilning 7-oktabrida Sharqiy Germaniya hududida
Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.
Hukmron partiya (GYASP) syezdi 1952-yilda GDRda sotsializm
asoslarini qurish haqida qaror qabul qildi. Afsuski, bu sovet namunasidagi
sotsializm edi. Shu tariqa Germaniyaning hududiy bo‘linishi sodir bo‘ldi.
Oradan ko‘p o‘tmay GFR AQSH ittifoqchisiga, GDR esa SSSR ittifoqchisiga
aylandi.
K. Adenauer hukumati ichki siyosatining bosh
vazifasi mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash edi.
Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida
iqtisodiyotning «Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo‘jaligi» modeli tanlandi.
Bu model markazida tadbirkorning shaxsiy tashabbusi va erkin raqobat
turar edi. Davlatning vazifasi asosan xususiy xo‘jalik subyektlarining faoliyat
yuritish shakli va qoidalarini belgilab berishdan va ularga qanchalik amal
qilinayotganligi ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat bo‘lardi.
Ayni paytda bu model davlatning, birinchidan, kuchli ijtimoiy siyosat
yuritishini ham nazarda tutar edi. Hukumat tanlagan yo‘l GFR iqtisodiy
taraqqiyotining gurkirab rivojlanishining asosiy omili bo‘ldi.
Ikkinchidan, AQSH hukumati va sarmoyadorlari GFRga katta iqtisodiy
yordam ko‘rsatdilar. Chunonchi, birgina «Marshall rejasi» doirasida
1948—1949-yillarda 1,4 mlrd dollar miqdorida yordam ko‘rsatildi. Bu  mablag‘
korxonalarni ilg‘or texnika va texnologiya bilan qayta ta’minlash imkonini
berdi.
Uchinchidan,  harbiy xarajatlarning deyarli yo‘qligi iqtisodiyotga zarur
mablag‘ sarflashga imkon berdi.
Va nihoyat, nemis xalqi yuksak vatanparvarlik va tadbirkorlik xislatlarini
namoyon etdi. Bu omillar tez orada o‘z samarasini ko‘rsatdi. 1950-yilning
Germaniya
Demokratik
Respublikasining
tashkil etilishi
GFRning ichki va
tashqi siyosati
www.ziyouz.com kutubxonasi

203
oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi 1936-yilgi darajaga yetdi. 1960-yilga
kelib esa 2,5 baravar o‘sdi. 1950—1975-yillarda gaz ishlab chiqarish 60 mln
kub metrdan 19,7 mlrd kubmetrga, po‘lat 14 mln tonnadan 54 mln tonnaga,
avtomobil 306 mingdan 4 mln donaga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi ham yuksak
sur’atlarda rivojlandi. G‘alla hosildorligi 40 sentnerdan oshdi. 50-yillarning
o‘rtalariga kelganda GFRda oziq-ovqat muammosi to‘la hal etildi.
1950—1964-yillar oralig‘ida jami milliy mahsulot 3 baravar ko‘paydi.
GFR butun Germaniyaning urushdan oldingi darajasidan ko‘p mahsulot
ishlab chiqardi. Eksportning importdan doimo yuqori bo‘lishi katta miqdorda
valuta zaxirasi to‘plashga imkon berdi. Bu borada dunyoda AQSHdan
so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqdi. Flin, Tissen, Siteks va boshqalarning harbiy-
sanoat konsernlari o‘z kapitallarini urush davridagiga nisbatan 3—4 baravar
ko‘paytirdilar. GFR iqtisodiyotidagi bu mislsiz o‘zgarishlar «german
mo‘jizasi» deb nom oldi.
Ayni paytda hukumat kuchli ijtimoiy siyosat ham yuritdi. Natijada
mehnatga qobiliyatli aholi amalda ish bilan deyarli to‘la ta’minlandi. Korxona
ishchilariga arzon narxli — xalq aksiyalari sotildi. Xalq turmush darajasi
keskin yaxshilandi.
K. Adenauer hukumati tashqi siyosatda G‘arb davlatlari, birinchi
navbatda, AQSH bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi. 1951-yilda uning
hududida okkupatsiya tartibi bekor qilindi. 1954-yilda GFRga 12      divi-
ziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat
armiyaga ega bo‘lishga ruxsat etildi. Shu tariqa harbiy sanoat oyoqqa tura
boshladi.
1955-yilda GFR NATOga a’zo bo‘ldi. 1956-yilda bundesverni (GFR
armiyasini) «Qurollarning yangi turlari bilan qurollantirish» hamda «Umumiy
majburiy harbiy xizmat haqida» qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar
bundesverga NATOning zarbdor kuchiga aylanishiga imkon berdi. 1958-
yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (YEIH) ga a’zo bo‘ldi. YEIHga a’zo
bo‘lgan barcha davlatlar sanoat mahsulotining 44 foizini ishlab chiqardi.
K. Adenauer hukumati ayni chog‘da Sharqqa nisbatan tan olmaslik siyosatini
qo‘lladi. Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyin tarkib topgan chegara
o‘zgarishlarini tan olmadi. GDRni sovet okkupatsiyasi zonasi, deb hisob-
ladi. 1955-yilda e’lon qilingan «Xalshteyn doktrinasi» ga ko‘ra, GFR GDR
ni tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani to‘xtatishini ma’lum
qildi.
Bu qoida faqat SSSRga tatbiq etilmadi. Chunki K. Adenauer SSSR
bilan munosabatning o‘ta yomonlashuvi GDRni GFRga qo‘shib olishga
imkon bermasligini yaxshi tushunar edi. 1961-yilning avgust oyida GDR
hukumati Berlin shahrining sharqiy qismini g‘arbiy qismidan ajratib turuv-
chi devor qurishga majbur bo‘ldi. Bu devor tarixga «Berlin devori» nomi
bilan kirdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

204
Bu davrda GDRda sotsialistik jamiyatning inqirozi boshlangan edi. Mavjud
tuzumga qarshi qo‘zg‘olonlar ham ko‘tarildi. Ular GDR hududiga joylashti-
rilgan sovet armiyasining kuchi bilan bostirildi.
Ko‘plab aholi G‘arbiy Berlin orqali GFRga qochib o‘ta boshladi. Buning
oldini olish maqsadida GDR rahbarlari, yuqorida qayd etilganidek, «Berlin
devori» ni qurganlar. Bu hodisa har ikki nemis davlati o‘rtasidagi munosa-
batni yanada keskinlashtirdi.
K. Adenauer siyosatida norozilik kuchaydi. Natijada 1963-yil oktabrda
87 yoshli davlat rahbari iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lyudvig Erxard
egalladi. Lekin iqtisodda pasayish ro‘y berdi. Yaponiya GFRni taraqqiyotda
quvib o‘tdi. Norozilik kuchayib, 1966-yil oktabrda Erxard iste’fo berdi.
20 yillik hukmronlikdan so‘ng 1969-yilda XDI—
XSI partiyasi parlament saylovida mag‘lubiyatga
uchradi va hokimiyat jilovini topshirishga majbur
bo‘ldi. GSDP EDP (Erkin demokratlar partiyasi) bilan hamkorlikda yangi
hukumat tuzdi. Sotsial-demokrat V. Brandt (1913—1992) kansler lavozimini
egalladi va uni 1974-yil mayigacha boshqardi. Xo‘sh, XDI—XSI saylovda

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling