Jahon tarixi

bet18/41
Sana25.02.2017
Hajmi
#1261
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
ketdi.
«Karib inqirozi» buyuk davlatlarni yadro qurollari masalasida ehtiyotko-
rona siyosat yuritishga majbur etdi. Buning aks sadosi o‘laroq, 1963-yilning
15-avgustida Moskvada SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasida «Atmos-
ferada, fazoda va suv ostida yadro qurollari sinovini taqiqlash to‘g‘risida»
shartnoma imzolandi. Biroq bu shartnoma ular o‘rtasidagi dushmanlik
munosabatini zarracha kamaytirgan emas. Aksariyat, mintaqaviy mojarolar
SSSR — AQSH munosabatlarini yanada keskinlashtirib yuborgan. Bunday
mintaqaviy yirik mojaro 1967-yilda ro‘y bergan arab-isroil urushi edi. Atigi
olti kun davom etgan bu urushda Isroil armiyasi Misr, Iordaniya va Suriya
armiyasini tor-mor keltirdi. Isroil bu davlatlar hududlarining bir qismini
bosib oldi.
Yangi urush xavfining kuchayishi tinchlik taraf-
dorlarining birlashishini taqozo etgan. Mashhur
fan va adabiyot arboblari tashabbusi bilan tinchlik
tarafdorlarining xalqaro harakati vujudga keldi. 1948—1949-yillarda ko‘pgina
mamlakatlarda tinchlik uchun kurashchilarning milliy qo‘mitalari tashkil
etildi. 1949-yilning aprel oyida Parij shahrida tinchlik tarafdorlarining bi-
rinchi butunjahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni kutib turmay-
dilar, tinchlikni kurash bilan qo‘lga kiritadilar» shiori ostida o‘tdi. Tinchlik
uchun kurash turli irq va millatlarga, siyosiy va diniy qarashlarga mansub
millionlab kishilarni birlashtirdi. Kongress Jahon Tinchlik Kengashini (JTK)
tuzdi. Kengash doimiy qo‘mitasi raisligiga atoqli fransuz atomchi olimi,
fashizmga qarshi kurash ishtirokchisi F. Jolio-Kyuri saylandi. Doimiy qo‘mita
1950-yilda mashhur Stokgolm chaqirig‘ini qabul qildi. Bu atom qurolini
taqiqlash haqidagi chaqiriq edi. Bu chaqiriqni 500 mln dan ortiq odam
imzoladi. JTK 1951-yilda buyuk davlatlar o‘rtasida «Tinchlik pakti» ni
imzolash to‘g‘risida murojaat qabul qildi. Uni 600 mln dan ortiq kishi
Tinchlik uchun
kurash
www.ziyouz.com kutubxonasi

150
imzoladi. 1955-yilda esa «Atom urushini» tayyorlashga qarshi jahon xalqlariga
murojaat qabul qildi. Uni 650 mln dan ortiq kishi imzoladi. Bu murojaat
barcha mamlakatlarda atom quroli zaxiralarini yo‘qotishni va uni ishlab
chiqarishni darhol to‘xtatishni talab qilgan edi. Keyinchalik yadro quroli
xavfi xususida xalqaro shartnomalarning imzolanishida, tinchlik harakati-
da JTK ham muhim rol o‘ynagan. 1986-yil oktabrda Kopengagen shahrida
(Daniya) tinchliksevar kuchlarning xalqaro tinchlik yiliga bag‘ishlangan
jahon kongressi o‘tkazildi. Kongress «Tinchlikni va insoniyat kelajagini
saqlab qolaylik» shiori ostida o‘tdi. Kongress ishida jahonning 136 mamla-
katidan 2,5 mingga yaqin delegat qatnashdi. Kongress «Kopengagen
chaqirig‘i» nomli hujjatni qabul qildi. Unda yadro quroli poygasini to‘xtatish,
kosmosda yadro quroli bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik talab etilgan edi.
1961-yil 1—6-sentabr kunlari Belgrad shahrida
Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konferensiyasi
bo‘lib o‘tdi.
Bu konferensiya tufayli «Qo‘shilmaslik harakati» deb atalgan harakat
vujudga keldi. Xo‘sh, bu qanday harakat edi? Bu — turli tizimdagi
davlatlarning tinch-totuv yashashi tarafdori bo‘lgan, mustamlakachilikning
batamom va abadiy barham topishi uchun kurashadigan, harbiy-siyosiy
bloklarga qo‘shilmaydigan, ularni qoralaydigan, yadro qurolining taqiqlanishi,
dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi.
Qo‘shilmaslik harakatining vujudga kelishida Hindiston, Yugoslaviya,
Misr tashabbuskor bo‘ldi. Ularni buyuk davlatlar o‘z o‘rtalaridagi mojarolarga
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo‘r berib
intilayotganligi qattiq tashvishlantirgan edi. Qo‘shilmaslik harakati qatnash-
chilari kuchaygan xalqaro keskinlik va qurollanish poygasi uchun AQSH
va SSSRning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.
60-yillardan boshlab sovet — xitoy munosabatlari
keskinlasha bordi. Xitoy rahbariyati SSSRning
kichik ukasi bo‘lishni istamay qo‘ydi. Ular mustaqil
siyosat yuritishga intildilar. Dunyo shu davrgacha
ikkiga bo‘lingan bo‘lsa, Xitoy rahbarlari «Uchinchi dunyo nazariyasi»ga
katta e’tibor bilan qaray boshladilar. Uchinchi dunyo deyilganda Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlari
tushunilar edi. XXR rahbariyati ana shu dunyoning liderligiga da’vo qilib
chiqdi. SSSR — Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi.
Oxir-oqibatda bu 1969-yilda sovet — xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuvga
olib keldi.
AQSH esa Vetnamda olib borayotgan urushning istiqbolsizligini anglab
yetdi. Bu omillar SSSR va AQSHni o‘zaro munosabatlardagi keskinlikni
yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshashi uchun asosiy
omil bo‘ldi. Ikkinchidan, xalqaro keskinlikning yumshashida GFRning o‘sha
davrdagi rahbari V. Brandtning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baholay
Qo‘shilmaslik
harakati
Xalqaro keskinlikning
yumshashi
(1969—1979-yillar)
www.ziyouz.com kutubxonasi

151
olishi ham katta rol o‘ynadi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to‘g‘ri
baholay oldi. Chunonchi, u SSSRni harbiy kuch bilan mag‘lubiyatga
uchratishning imkoni yo‘qligini, NATOning bunga qodir emasligini to‘g‘ri
baholadi. Bundan tashqari, Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan
omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan paytda portlashi mum-
kin edi. Shunday sharoitda V. Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchi-
lari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga qaror qildi.
Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o‘z ifodasini topgan?
1969-yilda SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash
haqida muzokaralar boshlandi. 1970-yilda yadro qurolini tarqatmaslik
to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo‘shildi.
1970-yil 12-avgustda SSSR — GFR, GFR — Chexoslovakiya, Polsha —
GFR o‘rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustah-
kamlash ishiga beqiyos katta hissa qo‘shdi. Shartnomaga ko‘ra, GFR
Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning
buzilmasligini tan oldi. Ayni paytda GFR va GDR o‘rtasida o‘zaro muno-
sabatlar asosi haqidagi shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis
davlati bir-birini tan oldilar. 1972—1974-yillarda oliy darajada o‘tkazilgan
sovet-amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSH o‘rtasida yadro qurolini
tarqatmaslik, yadro quroli sinovlarini to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma va
strategik qurollarni cheklash to‘g‘risida muvaqqat bitim (SQCH-1) imzo-
landi.
Xalqaro munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik
va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30-
iyul — 1-avgust kunlari Xelsinki (Finlyandiya) shahrida 35 davlat (shu
jumladan, AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
bo‘yicha kengash o‘tkazdilar. 1-avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti
imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o‘z davlatlari tashqi siyosatda
quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:
— davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o‘zgalar suverenitetini
hurmat qilish;
— kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
— chegaralar buzilmasligi;
— davlatlarning hududiy birligi;
— nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
— ichki ishlarga aralashmaslik;
— inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash;
— teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari hal etishi;
— davlatlararo hamkorlik;
— xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.
1979-yilda SQCH-2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd
etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat
silliq yo‘ldan ketgan ekan-da, degan xulosa chiqmasligi zarur. Bu yillar
www.ziyouz.com kutubxonasi

152
(70-yillar) da ham dunyo mintaqaviy siyosiy mojarolardan, urushlardan xoli
bo‘lmagan.
1971-yilda Hindiston — Pokiston davlatlari o‘rta-
sida yana urush boshlandi. Bunga Pokistonda
boshlangan bo‘linish jarayoni bahona bo‘ldi.
Pokiston G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘linar edi. Ularni Hindiston hududi
ajratib turardi. Sharqiy Pokistonda aholi ko‘p bo‘lsa-da, uni G‘arbiy Pokiston
vakili boshqarar edi. Bu hodisa keskin norozilik keltirib chiqardi. Sharqiy
Pokiston keng muxtoriyat talab eta boshladi. Biroq hukumat bunga rozi
bo‘lmadi. Natijada Sharqiy Pokistonda separatchilar harakati kuchaydi.
Hindiston separatchilarga yordam uchun o‘z armiyasini yubordi. Buning
oqibatida Sharqiy Pokiston ajralib chiqdi va u yerda mustaqil Bangladesh
davlati tashkil etildi. Bu urushda SSSR Hindistonni qo‘llab-quvvatladi.
1973-yilning oktabr oyida navbatdagi arab-isroil
urushi yuz berdi. Uni Isroilning Yaqin Sharq
muammosini tinch yo‘l bilan hal etishni istamasligi, arablarning esa 1967-
yilgi mag‘lubiyat uchun qasos olishga intilishlari keltirib chiqardi. Urush
Misr armiyasining Isroilga to‘satdan hujum qilishi bilan boshlandi. Birinchi
bor arab quroli Isroilga zarba bera boshladi. Biroq Isroil tez orada o‘zini
o‘nglab oldi. Misr va Suriya armiyasini chekinishga majbur etib, Qohira va
Damashq shaharlariga bevosita tahdid sola boshladi. BMT Xavfsizlik
Kengashining qat’iy talabi bilan urush harakatlari to‘xtatildi. Urush arab
davlatlari harbiy qudratining o‘sganligini namoyish etdi. Ayni paytda Yaqin
Sharq muammosini kuch bilan hal etish mumkin emasligini ham isbotladi.
AQSHning faol aralashuvi bilan Yaqin Sharq muammosini ikki tomonlama
shartnomalar imzolash orqali hal etishga kirishildi. Xususan, 1975-yilda
Sinay yarim orolida Isroil va Misr qo‘shinlarini ajratish to‘g‘risida shartnoma,
1978-yilda esa bu ikki davlat o‘rtasida Kemp-Devid shartnomasi imzolandi.
Unga ko‘ra, Misr va Isroil o‘rtasidagi urush holati barham topdi. Isroil bosib
olgan Misr yerlarini qaytarib berdi. 1979-yilda Misr—Isroil tinchlik
shartnomasi ham imzolandi. Biroq Yaqin Sharq muammosining asosiy ma-
salalari — Isroil bosib olgan arab davlatlari hududlarini qaytarib berish va
Falastin arab davlatini tuzish hal etilmadi.
70-yillardan boshlab Amerika — Xitoy yaqinlashuvi
boshlandi. Chunonchi, 1971-yilda AQSH Prezi-
dentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi
G. Kissinjer maxfiy ravishda Pekinda qabul qilindi. 1972-yilda esa AQSH
Prezidenti R. Nikson Xitoyga rasmiy safar bilan bordi. Bu xalqaro siyosiy
hayotning eng shov-shuvli voqeasi bo‘ldi.
AQSH — Xitoy munosabatlarining yaxshilanish jarayoni boshlandi. 1979-
yilda bu ikki davlat o‘rtasida elchilar darajasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
AQSH—Xitoy munosabatlarining yaxshilana borishi SSSRni tashvishga
solib qo‘ydi. Buning ustiga Janubi-Sharqiy Osiyoda sovet-xitoy munosa-
Arab — Isroil urushi
Xitoy xalqaro
munosabatlarda
Hindiston — Pokiston
urushi
www.ziyouz.com kutubxonasi

153
batlari keskinlashib bordi. Bunga Vetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR)
rahbariyatining SSSR tarafida turishi, VSRning 1979-yilning yanvar oyida
Kambojadagi xitoyparast «Qizil kxmerlar» hukumatini ag‘darib tashlashi sa-
bab bo‘ldi. Xitoy VSRga qarshi harbiy harakat boshladi. SSSR, do‘stlik
to‘g‘risidagi shartnomaga ko‘ra, VSRni qo‘llab-quvvatladi. Tez orada Xitoy
urush harakatlarini to‘xtatdi va qo‘shinlarini Vetnamdan olib chiqib ketdi.
70-yillarning oxiridan boshlab xalqaro munosabat-
larda yana keskinlik davri boshlandi. Xo‘sh, bu-
ning sababi nimalardan iborat bo‘lgan edi? 70-
yillarda dunyoning turli nuqtalarida shunday voqealar yuz berdiki, ayrim
siyosatchilar ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri SSSRning g‘alabasi, AQSHning esa
mag‘lubiyati, deb baho berdilar. Chunonchi, 1974-yilda Efiopiyada (Afrika
qit’asida) monarxiya ag‘darildi. Hokimiyat tepasiga marksizm-leninizm
ta’limotiga amal qiluvchi siyosiy guruh keldi. Bu guruh Efiopiyada sotsializm
qurishni o‘zining maqsadi, deb e’lon qildi. 1975-yilda Portugaliya mus-
tamlakachilik imperiyasi quladi. Natijada kechagi mustamlakalar bo‘lmish
Angola va Mozambikda inqilobiy-demokratik hokimiyat o‘rnatildi. Ular,
birinchi navbatda, SSSRga tayana boshladilar. 1978-yilda SSSRning ara-
lashuvi bilan Afg‘onistonda davlat to‘ntarishi o‘tkazildi. Uning tashkilotchilari
bu voqeani «inqilob» deb atadilar va maqsadlari SSSR nusxasidagi sotsializm
qurish ekanligini ma’lum qildilar. 1979-yilda Nikaraguada AQSHparast
hukumat ag‘darildi. Xuddi shu yili Eronda AQSHning O‘rta Sharqdagi
tayanchi — shoh hokimiyati ag‘darildi. AQSH hukmron doiralari bu voqea-
larga AQSHning mag‘lubiyati deb qaradilar. O‘ta o‘ng kuchlar esa bu
voqealar hukumat noqobilligining va Moskva aralashuvining oqibati, deb
jar soldilar.
Tabiiyki, bunday sharoitda xalqaro keskinlikning yumshashi bundan keyin
ham davom etishi mumkin emas edi. Ikkinchidan, SSSR 70-yillarda o‘z
tashqi siyosatida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ularning eng asosiysi
SSSRning Sharqiy Yevropadagi mavqeyini G‘arbga tan oldirish bo‘ldi. Bu
hol, shubhasiz, SSSRning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana mustahkamladi.
Endi SSSR xalqaro miqyosda, o‘z xohishicha, Xelsinki Yakuniy akti talablari
ruhiga zid ravishda harakat qila boshladi. Chunonchi, 70-yillarning ikkinchi
yarmida o‘z ittifoqchilari bo‘lgan Sharqiy Yevropaning ba’zi davlatlari hudu-
dida o‘rtacha olislikka uchadigan yangi tipdagi (SS-20) raketalarini
joylashtirdi. (Bu raketalarning har biri bir vaqtda uchtadan yadro bombasini
mo‘ljalga yetkazish imkoniga ega bo‘lgan.) Bundan maqsad — G‘arbiy
Yevropa davlatlariga tazyiq o‘tkazish edi.
SSSRning bu qadamini G‘arb davlatlari, birinchi navbatda, AQSH keskin
qoraladi. 1979-yilning dekabr oyida NATO bu davlatlardan raketalarini
olib chiqib ketishni SSSRdan talab qildi. Ayni paytda, bu talab bajarilma-
sa, 1983-yilda G‘arbiy Yevropaning 5 davlati (Buyuk Britaniya, GFR,
Belgiya, Gollandiya va Italiya) hududiga AQSHning o‘rtacha olislikka
Xalqaro ahvolning
qayta keskinlashuvi
www.ziyouz.com kutubxonasi

154
uchadigan raketalari joylashtirilishini ham ma’lum qildi. Shu tariqa o‘rtacha
olislikka uchadigan raketalar xususida keskin kurash boshlandi. Bu oxir-
oqibatda Yevropada keskinlikning yumshashi jarayonini barbod qildi.
1979-yilning dekabr oyida Afg‘onistonga SSSR armiyasining kiritilishi
xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirib yubordi. SSSR armiyasi kiritilgach,
Afg‘onistonda fuqarolar urushi yangi pallaga kirdi. BMT Bosh Assambleyasi
SSSRdan Afg‘onistondagi armiyasini olib chiqib ketishini talab qildi. 1980-
yilgi Moskva yozgi Olimpiada o‘yinlarini ko‘p davlatlar boykot qildilar.
AQSH Senati SQCH-2 shartnomasini tasdiqlashni rad etdi. SSSRga g‘alla
sotishni to‘xtatdi. AQSH keskinlikni yumshatish siyosatidan voz kechdi va
qayta qurollanishni avj oldirdi.
1983-yilda AQSH prezidenti R. Reygan «Strategik mudofaa tashabbusi»
rejasini ma’lum qildi. Bu reja raketaga qarshi qurolni qisman kosmosga
joylashtirishni nazarda tutar edi. Bu reja amalga oshsa, raketadan mudofaa-
ning mavjud tizimi butunlay yaroqsiz holga kelar edi. Bundan tashqari,
1983-yildan boshlab AQSH Yevropa davlatlari hududiga o‘z raketalarini
joylashtirishni boshladi. Bu hol SSSRning strategik ahvolini nihoyatda
murakkablashtirdi. Chunki AQSHning bu raketalari SSSR hududini ni-
shonga olar edi. SSSRning Sharqiy Yevropa davlatlari hududiga joylashtirgan
raketalari esa AQSH hududiga yetib bora olmas edi. SSSRning xalqaro
obro‘siga katta putur yetdi. 1979-yildan boshlab Yaqin Sharqda tashabbusni
AQSH o‘z qo‘liga oldi. Endi Yaqin Sharq muammosini SSSRning
ishtirokisiz hal etishga kirishildi.
Shunday qilib, xalqaro munosabatlar keskinlashib ketdi.
Sovet davlati rahbariyati 80-yillarning ikkinchi
yarmida qurollanish poygasining yangi bosqichiga
mamlakat iqtisodiyoti bardosh bera olmasligini
anglab yetdi. Shuning uchun SSSR rahbariyati
tashqi siyosat yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 1985-yilda SSSR
rahbari M. S. Gorbachyov SSSRning kollektiv xavfsizlik tamoyillariga ta-
rafdorligini va xalqlarning taraqqiyot yo‘lini tanlashda suveren huquqlarini
hurmat qilishini e’lon qildi. Tashqi siyosatdagi bu o‘zgarish «yangi siyosiy
tafakkur» iborasida o‘z ifodasini topdi. SSSR rahbariyati tezda gapdan amaliy
ishga o‘tdi. 1985—1988-yillar oralig‘ida 4 marta oliy darajada sovet-amerika
uchrashuvi o‘tkazildi. 1987-yilda SSSR va AQSH o‘rtasida o‘rtacha va
qisqa olislikka uchadigan raketalarni tugatish to‘g‘risida shartnoma imzo-
landi. 1989-yilda SSSR Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi.
Shu yili M. S. Gorbachyovning Xitoyga safari uyushtirildi. Buning natija-
sida sovet-xitoy munosabatlarini yaxshilashga asos solindi. SSSR tashqi
siyosatida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlar 1989-yilda Sharqiy Yevropa
(SSSR ittifoqchilari) davlatlarida ro‘y bergan inqiloblar tufayli jiddiy sinovdan
o‘tdi. SSSR bu inqiloblarni bostirishga harakat qilmadi. Kechagi ittifoqchilar
SSSR vasiyligidan qutuldilar. SSSR, hatto, 1990-yilning 3-oktabrida ikki
SSSR tashqi
siyosatidagi
o‘zgarish
www.ziyouz.com kutubxonasi

155
nemis davlatining birlashishiga ham to‘sqinlik qilmadi. Aksincha, Germaniya
birlashgandan so‘ng 1990-yilning 9-noyabrida SSSR va GFR o‘rtasida
yaxshi qo‘shnichilik, sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma
imzolandi. SSSR Sharqiy Yevropadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib keta
boshladi. AQSH va uning ittifoqchilari 1991-yili Iroqning o‘zboshimchali-
giga qarshi harbiy kuch ishlatganida SSSR o‘z ittifoqchisi Iroqni qo‘llab-
quvvatlamadi. 1990-yilning noyabrida Parijda Yevropada oddiy qurol-yarog‘
va qurolli kuchlar sonini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi qatnashchilari bo‘lgan davlatlar
Yevropa uchun Parij Xartiyasini qabul qildilar. Unda davlatlararo munosa-
batlarning Xelsinki tamoyillari tasdiqlandi. Shu tariqa «sovuq urush» barham
topa bordi. 1991-yilda SSSRning qulashi bilan «sovuq urush» tugadi.
Lekin AQSH — Rossiya ziddiyatlari davom etmoqda.
XX asrdagi so‘nggi o‘n yillikning eng yirik voqeasi
SSSRning qulashi bo‘ldi. 1991-yil 8-dekabrda
Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Minsk
shahridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yubo-
rilganligini e’lon qildilar. Buning sababi — aynan shu uch davlat 1922-
yilning 30-dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda bu uch
davlat rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ni tashkil etgan-
liklarini ham ma’lum qildilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana
sakkiztasi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MDH haqidagi
shartnomani imzoladilar. Dunyo hamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq
SSSRning qonuniy vorisi, deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi sobiq SSSR
imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o‘rnini egalladi. SSSR
tarqalib ketgach, uning yadro qurollari to‘rt davlat (Ukraina, Belorussiya,
Rossiya va Qozog‘iston) hududida qoldi. Xalqaro hamjamiyat ularning yagona
Rossiyada to‘planishi choralarini ko‘rdi va bunga erishdi.
SSSRning qulashi jahondagi siyosiy vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Dunyoning ikkiga bo‘linishi barham topdi. AQSH dunyoning yagona «o‘ta
buyuk» davlati bo‘lib qoldi. AQSH prezidenti J. Bush o‘z xalqini «sovuq
urush» da erishilgan g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.
90-yillar xalqaro hayotda ko‘p millatli davlatlar-
ning parchalanishi va milliy davlatlarning vujudga
kelishi bilan ham ajralib turadi. Chunonchi,
Chexoslovakiya va Yugoslaviya bo‘linib ketdi. Chexoslovakiya 1993-yilning
1-yanvarida Chexiya va Slovakiya davlatlariga ajraldi. Yugoslaviya bo‘lin-
guniga qadar 6 respublikadan iborat edi.
1991-yil iyun oyida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya o‘z mustaqil-
ligini e’lon qildilar. 1992-yilning yanvar oyida Bosniya va Gersegovina
ajralib chiqdi. Serbiya va Chernogoriya esa Yugoslaviya Ittifoqi (YuI)
Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligining
tashkil etilishi
Milliy davlatlarning
vujudga kelishi
www.ziyouz.com kutubxonasi

156
davlatini tuzdilar. Yugoslaviyaning parchalanish jarayoni yana davom etdi.
Xususan, Chernogoriya YuI tarkibidan ajrab chiqdi. Kosovoda yashovchi
albanlar esa mustaqil Kosovo davlati tuzilganligini e’lon qildilar.
Yaqin Sharq muammosining asosiy masalasi —
Falastin arab davlatini tashkil etish va Isroil bosib
olgan arab yerlarini qonuniy egalariga qaytarib
berish hamon hal etilmay kelinmoqda.
Falastin arab davlatini tashkil etishga quyidagi uchta katta muammo g‘ov
bo‘lib turibdi:
— 1,5 mln dan ortiq arab qochoqlarini avvalgi yashash joylariga
qaytarish;
— Falastin davlatining poytaxti muammosi;
— Falastinliklar Quddus shahrini o‘z davlatining poytaxti bo‘lishini istay-
dilar. Isroil esa uni o‘z davlatining poytaxti, deb e’lon qilgan. Uzoq
muzokaralardan so‘ng bu shaharni ikkiga bo‘lishga kelishildi, Isroildagi
o‘ta o‘ng kuchlar va Falastinning ekstremist tashkilotlari shaharning bo‘lini-
shiga aslo rozi bo‘lmayotirlar va bunday bo‘linishiga butun choralar bilan
qarshilik ko‘rsatmoqdalar;
— Isroildagi o‘ta o‘ng millatchi va Falastindagi ekstremistik kuchlarning
barcha muammolarni kuch yordamida hal etishga urinayotganliklari.
Ularning ikki tomonlama har qanday kelishuvga qarshiligi. Shu tariqa Yaqin
Sharq muammosi hamon o‘z yechimini to‘la topganicha yo‘q. Lekin 2005-
yilga kelib G‘azo sektoridan 8,5 ming yahudiylarning ko‘chib ketishi vaziyatni
biroz iliqlashtirdi.
Afg‘onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi.
1996-yilda Afg‘onistonning katta qismida tolibonlar
hokimiyati o‘rnatildi. Ular Afg‘onistonni islom davlatiga aylantirdilar. Toli-
bonlarga qarshi kuchlar «Shimoliy alyans» (ittifoq)ga birlashdilar. Tolibon
va Shimoliy alyans o‘rtasida qirg‘inbarot urushi olib borildi.
Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar hokimiyatini tan oldilar va
unga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatdilar.
Afg‘onistondagi holat nafaqat bu davlatning, balki uning qo‘shnilari,
qolaversa, jahon hamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg‘oniston hududi
ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasi, diniy ekstre-
mizm va fanatizm, terrorchilik o‘lkasi bo‘lib qoldi. Binobarin, Afg‘oniston
muammosi yalpi xavfsizlikka ham jiddiy tahdid solayotgan muammoga
aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston muammosini hal etishga doir qator
takliflarni ilgari surdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
1993-yildayoq BMT e’tiborini Afg‘oniston muammosiga qaratgan edi va,

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling