Labihovuz (XVII asr)
Qadimiy Buxoroda savdo maydonlari ko`p bo`lgan. Ulardan biri Labihovuz hozirgacha saqlanib qolgan. Bu maydon shu erdagi katta (uzunligi 42 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr chamasi) hovuz tufayli Labihovuz deb atalgan. Hovuz katta maydonning o`rtasidadir. U 1620 yilda qazilgan. Hozirgi vaqtda hovuz ta`mirlangan va suv quyilgan. Maydonning to`rt tomoni hashamatli me`morchilik inshootlari bilan o`rab olingan. G`arbiy tomonida Devonbegi xonaqosi bor. Labihovuz masjidining sharqiy tomonida Devonbegi madrasasi bor. SHimoliy tomonida esa 1578 yilda qurilgan Ko`kaldosh madrasasts joylashgan. XVII asrning yigirmanchi yillarida qurilgan dastlabki ikki yodgorlik ayniqsa sernaqsh va serhashamdir. Bu erda shaxardagi toqilarning hammasini bir-biri bilan bog`lovchi savdo ko`chasi boshlanardi.
Tim va toqilar (XVI asr)
Buxoroda eng yirik savdo inshootlaridan to`rttasi: Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, Toqi Sarrofon va Abdullaxon timi saqlanib qolgan. Toqilar SHahristonning Labihovuz maydonidan Registon maydonigacha boradigan asosiy savdo ko`chasidagi chorrahalarda qurilgan. Muntazam sakkiz burchakli ichki xonaga mahobatli gumbazning meridional qovurg`alari bor. Toqi Zargaronda o`ttizdan ortiq zargarlik do`koni va ustaxonalar bo`lgan. Bu erda har xil zeb-ziynat buyumlari yasab sotilgan.
o`lkashunoslik muzeyining eksponatlari qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |