«jahon tarixi va manbashunoslik»
Sitorai mohi xosa saroylari
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Sitorai mohi xosa saroylariSHahardan 4 kilometr narida shimol tomonda ikki saroy bor. Ulardan biri Buxoroning eng oxirgi amiri Said Olimxon saroyidir. Bu saroy bir qavatli bo`lib, «G» harfi shaklida qurilgan. Bundan garchi xalq ustalari o`yma ganchkorlikda va devorlarga surat solishda ajoyib mahorat namunalarini ko`rsatgan bo`lsalar-da, amirlarning, meshchanlik did-farosatlari, ularning 6ir 6iriga, zid dabdabali hashamatli suratlarga o`chligi o`z aksini topgan. Amir saroyni bezattirishda Evropa me`morchiligiga taqlid qilgan. Butun shu dabdabayu hashamatlarga taqlid qilib ishlangan surat va naqshlar orasida sitorai mohi xosadagi «Oq saroy» («Oq zal») ga berilgan pardozlar xalq san`atkorlari hunarini ko`z-ko`z qilib turadi. Bu zalni iste`dodli san`atkor usta SHirin Murodov boshliq bir guruh Buxoro ustalari qurgan. Hozirgi vaqtda Sitorai mohi xosaga Buxoro viloyat o`lkashunoslik muzeyi bo`limining ekspozitsiyalari joylashtirilgan. Saroy hududida sanatoriy ochilgan. Sitorai mohi xosada amirning otasi amir Abdulahad qurdirgan ikqinchi saroy ham bor. Bu bino saroy hayotining yodgorligi bo`lib, tamoman boshqacha rejalashtirilgan va bezatilgan. Hozir bu ikkinchi saroyga bolalar sanatoriysi joylashgan. Qo`sh madrasadan janubda, zamonaviy binolar qurilishi olib borilayotgan joyda unchalik katta bo`lmagan baland masjid (XVI asr) qad ko`tarib turibdi. «Baland» nomi masjidning qishki binosi bilan yog`och ustunli ayvoni joylashgan poydevori bilan bo`lganligi uchun berilgan. Imoratning barcha me`moriy boyligi hozirgi paytda uning ichki tomoni hisoblanadi. Oltin suvi yugurtirilgan nafis gulli yaltiroq katakcha toshtaxtachalarda iborat baland och-yashil panel’ kishini zavqlantiradi. Peshtoqchalardagi serhasham o`simlik suratida: bezak IV asrning «guldor» gilamlariga juda o`xshaydi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling